Turk tilidagi adabiyotlarda mustaqil Oʻzbekiston tarixining yoritilishi


Download 14.83 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi14.83 Kb.
#1277993
Bog'liq
Taqriz


Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi
Sharqshunoslik Instituti 1 kurs tayanch doktoranti
Toshev Solejon Axmatjonovich
“Turk tilidagi adabiyotlarda mustaqil
Oʻzbekiston tarixining yoritilishi” nomli maqolasiga


Taqriz
Mustaqillik davriga kelib xorijiy tarixshunoslik ilk bor ilmiy maqsadlarda mafkuraviy cheklashlardan xoli tarzda oʻrganila boshlandi. Shundan kelib chiqib xorijda, xususan Turkiyada O‘zbekiston tarixiga oid ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy adabiyotlarni tizimli oʻrganish, ulardagi ilmiy qarash va mulohazalarni tahlil etish dolzarb hisoblanadi.
XX asrning oxirlarigacha Turkiyada turkiy xalqlar va Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar juda oz edi. Sovet inqirozidan so‘ng Turkiyaning turk dunyosi bilan aloqalarga e‘tibor va ilmiy qiziqish kuchaydi. Bu sohada mutaxassislar yetishtirish uchun turkiyot institutlari ish boshladi. Bu soha faqat turkiy davlatlardan kelganlar va turkiyshunoslarni qiziqtiradigan sohadan umumiy tadqiqotchilarning ham faoliyat maydoniga aylandi. Bu tadqiqotchilar o‘ziga xos ilmiy qarashlari bilan masalalarga oldingidan farqli nuqtai nazar bilan yondashdilar.
Zamonaviy turk tarixshunosligida O‘zbekiston tarixini yoritilish masalasini o‘rganishni o’ziga maqsad qilib olgan yosh tadqiqotchini esa xorijiy tarixshunoslik har doim dolzarb bo‘lib kelganini nazarda tutib qo’llab-quvvatlash va tegishli ilmiy maslahatlar berish, yo’l-yo’riq ko’rsatish lozim deb o’ylayman. Maqolada manba va tadqiqotlardan unumli foydalanilgan, ilmiy muammo ular yordamida ochib berishga harakat qilingan. Kichik bo’lsada tadqiqot aniq ilmiy muammo va uning yechimini topishga qaratilgan. Xulosalar hamda yakuniy fikrlar tiniq bayon etilgan. Ayrim juz’iy kamchiliklar, imlo xatolari mavjudligi, turk tilidagi matnlarni tarjima qilishdagi kamchiliklarga qaramasdan maqolani nashrga tavsiya qilaman.
Taqrizchi: Oʻz.F.A. Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi tarix fanlari bo‘yicha PhD. Feruza Jumaniyozova
Download 14.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling