Turk tilidagi adabiyotlarda mustaqil Oʻzbekiston tarixining yoritilishi


Download 39.89 Kb.
bet1/3
Sana28.02.2023
Hajmi39.89 Kb.
#1237043
  1   2   3

Turk tilidagi adabiyotlarda mustaqil Oʻzbekiston tarixining yoritilishi

Sovet Ittifoqining parchalanishi va Markaziy Osiyoda mustaqil Respublikalarning vujudga kelishi Turkiyada yangi tashkil topgan mustaqil davlatlarga bo‘lgan ilmiy qiziqishning ortishiga va ushbu davlatlarga oid ilmiy tadqiqotlar va nashrlarning soni oshishiga sabab bo’ldi.


Markaziy Osiyo tarixi dastlab faqat turkiy davlatlardan Turkiyaga kelgan olimlar va turk milliyatchi ruhadagi tarixchilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, 1990 yillardan boshlab turli ilmiy qarashlar va ilmiy yo‘nalishlarga ega bo‘lgan olimlar ham bu sohaga tadqiqot olib borganlar. Bularga misol sifatida Bushra Ersanli, Gunay Goksu O‘zdog‘anlarni aytishimiz mumkin. Bu olimlar o`ziga xos ilmiy qarashlari va nuqtai nazarlari bilan Markaziy Osiyo tarixining dolzarb masalalarga farqlicha yondashdilar.
Bushra Ersanlining “Tarixni o’rganishda kimlik siyasati: Turkiyadan Markaziy Osiyogagacha”1 kitobida Turkiya, Markaziy Osiyo respublikalari va Kavkazdagi tarix taʼlimi, milliy oʻzlik va siyosiy kuch oʻrtasidagi munosabatlarga bagʻishlangan maqolalari jamlangan. Bushra Ersanli ushbu kitobdagi maqolalari bilan tarixni o‘rganishda davlatning mafkuraviy munosabatini tahlil qiladi. Turkiyadan tortib Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Turkmanistongacha boʻlgan keng geografiyada tarix ta’limi va siyosat masalasini qiyosiy yondashuv asosida yoritgan.
Bushra Ersanli, Gunay Goksu O‘zdog‘anlar tomonidan hammualliflikda yozilgan “Mustaqillikning birinchi yillari (O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston)” kitobda mustaqil davlat sifatida jahon sahnasiga chiqqan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonning mustaqillikka erishgan dastlabki yillaridagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar va o‘zgarishlar, Sovuq urush davri tugashidan keyin Markaziy Osiyo Respublikalarining Turkiyada ko'proq qiziqish doirasiga aylanishi, bu respublikalardagi so‘nggi bir necha yil ichida sodir bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar tahlil qilingan.2 Mazkur asarda asosan Markaziy Osiyo respublikalardagi o’zgarishlarga Turkiyaning ta’siri va Markaziy Osiyo respublikalardagi o’zgarishlarning Turkiya uchun ahamiyati kabi masalar ustuvorlik qiladi.
Yana bir Turkiyalik tarixchi olim Kemal Karpat o‘zining 2003 yilda nashr etilgan “Turkiya va Markaziy Osiyo3” nomli kitobida 1950-2000 yillardagi Turkiya - Markaziy Osiyo aloqalari va Turkiyaning sovet siyosatiga munosabatini qalam ostiga olgan. Asarda bir tomondan Turkiyaning 1950 yildan keyingi tashqi siyosati(Sovet Ittifoqiga nisbatan siyosati)ga baho berilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, davrning umumiy xalqaro munosabatlari doirasida Yaqin Sharqdan Markaziy Osiyogacha choʻzilgan geografiyada ikkinchi jahon urushidan keyin sodir boʻlgan mafkuraviy, siyosiy va institutsional oʻzgarishlar tahlil qilingan. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi etnik, din, millatchilik, siyosiy tuzum kabi jarayonlar, mintaqa respublikalarining jahon tizimi bilan integratsiyalashuvi va bu kontekstda Turkiya va Eronning o‘rni haqida keng ko‘lamli qarashlar taqdim etilgan.
Markaziy Osiyo tarixshunosligi va turkiy jumhuriyatlar tarixi mavzularida muhim tadqiqotlar olib borgan Yunus Emre Gurbuz4 O`zbekiston, Qirg’iziston va Qozoqistondagi tarix fani darsliklarining milliy tafakkurning shakllanishidagi roli, XVI asrda qozoq va o`zbeklarda migratsiyaning bu ikki xalq tarixida ifodalanishi, mustaqil O’zbekistonda milliy tafakkurning yangidan shakllanishi, mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyin yigirma yillikda O`zbekiston va Qirg`izistondagi o`zgarishlar, mustaqil respublikalarida tarixshunoslikning qayta shakllanishi kabi masalarni o‘z ilmiy tadqiqotlarida yoritdi.
Rossiya va Markaziy Osiyo tarixi bo`yicha mutaxassis Anar Somunjuog‘lu o‘zining “Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyotlarining o‘tish va taraqqiyot strategiyalari”5 nomli kitobi va mintaqa davlatlardagi iqtisodiy jarayonlarlarga bag‘ishlab yozgan maqolalarida 1991 yildan so`ng Rossiya va mustaqil turkiy jumhuriyatlardagi o`zgarishlarni tahlil qilgan. Ushbu tadqiqotda oʻtish davridagi iqtisodiyotning nazariy infratuzilmasi Qozogʻiston va Oʻzbekiston respublikalari misolida koʻrib chiqilgan.
Marmara universiteti professori Fahri Solak tomonidan tayyorlangan “Turkiston va Kavkaz bibliografiyasi (tezislar, kitoblar, maqolalar)” nomli bibliografiyada Turkiston va Kavkaz xalqlari tarixi, madaniyati, adabiyotiga oid 1928 yildan 2007 yilgacha chop etilgan turk tilidagi adabiyotlar, dessertatsiyalar va ilmiy maqolalari roʻyxati keltirilgan. Uch asosiy bo'limdan iborat adabiyotlar ro'yxatida Turkiyada ishlab chiqarilgan dessertatsiyalar, turk tilidagi kitoblar va turkcha maqolalar sarlavhalari ostida jami 12538 ta ilmiy tadqiqot va nashrlar ro'yxatga olingan bo'lib, ulardan 1540 tasi dessertatsiyalar, 2746 tasi kitoblar va 8252 tasi maqoladan iborat.6 Shundan mustaqil O’zbekiston tarixiga oid 40 ta dessertatsiya, 18 ta kitob, 200 ta maqola kiritilgan. Bibliografiyadagi ma’lumotlarga tayanib aytish mumkinki, 1928-yildan Turkiyada Turkiston va Kavkazga oid nashrlar yildan yilga o’sib borgan. 1920 yillarni oxirida jami tadqiqotlar soni 123 tani tashkil etgan bo‘lsa, 1930-yillar oxirida 176 ta, 1960-yillarda 782 ta, 1970-yillarda 282 taga yetgan. 1980-yillarda sodir bo'lgan ichki va tashqi o'zgarishlar bilan bu jarayon yanada tezlashishi natijasida nashrlarning umumiy soni 1500 dan oshgan. Mintaqa bilan bog'liq asosiy qiziqish va tadqiqotning keskin ortishi 1990-yillarning boshlarida xalqaro maydondagi o'zgarishlar va ilgari Sovet Ittifoqi tarkibida bo'lgan Turkiy Respublikalar mustaqillikka erishishi sabab bo‘ldi. Bunung natijasida 1990-yillarda tadqiqot va nashrlar sonining olti mingga yaqinlashgan.
Turkiyada Markaziy Osiyoshunoslik tadqiqot natijalari har o‘nyillikda monografiya shaklida chop etish an’anasi shakllangan. 2016 yilda Abdulvahap Kara va Fahri Solak muallifligida yozilgan “Mustaqilliklarining 25 yilliklarida Turk Jumhuriyatlari” monografiyasi shunga misol bo‘ladi. Mintaqa respublikalarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlari monografiyaning alohida bo‘limlarida yoritilgan. 1991 yildan 2016 yilgacha bo'lgan 25 yillik davrda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkmanistonning boshidan kechirgan jarayonlarni baholash maqsadida tayyorlangan kitobda bu davlatlarning yaqin tarixi, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti hamda Turkiya bilan aloqalarini ochib berishga harakat qilingan.
Kitob 7 bo’limdan iborat bo’lib 5 ta mustaqil Turk Respublikalari va Rossiya Federatsiyasiga bag’ishlangan. Turk dunyosida so‘nggi 25 yil ichida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar yanada kengroq shaklda taqdim etilgan. Kitobning oxirgi bo‘limi Turk dunyosi davlatlarining hamkorlik tadqiqotlariga bag'ishlangan. Shu nuqtai nazardan, sovuq urush davrida o‘nlab yillar davomida bir-biridan ajralib qolgan qardosh davlatlarning har sohada o‘zaro hamkorlik qilishi muqarrar edi. Biroq, bu hamkorlik har doim ham ko'ngildagidek rivojlanmagan. Bu tabiiy hol, chunki har bir davlatning hamkorlikka oid o‘ziga xos tushunchasi, turli istiqbollari va geosiyosiy pozitsiyalari mavjud. Vaqt o'tishi bilan bu farqlar kamayib hamkorlik jarayoni jadallashgani ko'rinsada, mavjud holatga ko'ra hali kerakli darajada emasligi va hamkorlik ko’lamini va doirasini kengaytirish kerakligiga urg‘u berilgan.
O‘zbekiston Respublikasiga bag’ishlangan bo‘lim Ahmet Kanlidara tomonidan yozilgan bo’lib Mustaqil O’zbekistonning 25 yillik tarixiy taraqqiyot xususiyatlari tahlil qilingan. O’zbekistonning mustaqillikga erishish jarayonlari, mustaqillikdan keyingi voqealar, tashqi siyosat, Rossiya bilan aloqalar, AQSh bilan munosabatlar, Xitoy bilan munosabatlar, Turkiya bilan aloqalar, mamlakat iqtisodiyoti, madaniy hayot, lotin alifbosiga o‘tish, yangi tarixshunoslik, matbuot va o’zbek adabiyoti, O'zbekistondagi Madaniyat markazlari kabi mavzular yoritilgan.
1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston mustaqillikka erishganligi, bu Respublikalarning mustaqilligini birinchi bo‘lib Turkiya Respublikasi tan olganligiga alohida urg’u berilgan. Oʻtgan 25 yil ichida Turkiya va O’zbekiston respublikalari oʻzlarining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlari bilan dunyo miqyosida eʼtirofga sazovor boʻldi va katta yutuqlarga erishdi, Turkiya bilan ham doʻstona munosabatlarni rivojlantirdi. Bundan tashqari, ushbu qardosh davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida TÜRKSOY, TURKPA (Turkiyzabon parlamentlar assambleyasi), Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash), Turkiy tillar akademiyasi va Turk dunyosi munitsipalitetlari ittifoqi (TDBB) samarali faoliyat olib borayotganligi haqida firkr yuritilgan. 7
--------------------------------------------------------------------------------------------
Zehra Mumju muallifligida tayyorlangan “
Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling