Turkiy tilari tansifidagi marfologik tamoyilar


Download 14.9 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi14.9 Kb.
#1730194
Bog'liq
TURK TILARI TANSIFIDAGI MARFOLOGIK TAMOYILAR


TURKIY TILARI TANSIFIDAGI MARFOLOGIK TAMOYILAR
Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi — tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishiga koʻra guruhlarga ajratish; tillarni tipologik tasniflashning bir turi. Bu tasnifga koʻra, tillarning quyidagi turlari ajratiladi: amorf (oʻzak) tillar, maye xitoy, bamana, annam, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalklarining talay tillari. Bu tillarning lugʻat tarkibi, asosan, bir boʻgʻinli soʻzoʻzaklardan iborat boʻlib, ularda turlanish, tuslanish xususiyatlari yoʻq. Shu bois ushbu tillarda soʻz yasovchi affikslar, yordamchi soʻzlar vazifasini bajaruvchi yuklamalargina mavjud. Oʻzak tillarda soʻz tartibi muhim ahamiyat kasb etadi. Tillarning morfologik tasnifit. dunyo tillarini muayyan morfologik xususiyatlariga koʻra guruhlash, ularning umumiy chizmasini yaratish jihatlaridan muhim, shu bois u hozir ham oʻz eʼtiborini yoʻqotmagan. Agglyutinativ tillar (turkiy, bantu, moʻgʻul, finugor tillari)da soʻzlar oʻzak va unga birikib keladigan affikslardan iborat boʻladi hamda soʻzning morfologik tuzilishi (oʻzak va affiks) aniq ajralib turadi. Bunda har bir affiks bir maʼno, vazifa bilan qatnashadi. Masalan, turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek tilida yasama soʻzlar va soʻz shakllari asosga muayyan izchillik bilan affikslar qoʻshish orqali hosil qilinadi va bunda affikslarning har biri uz maʼnosi bilan qatnashadi: terimchilarimizga. Flektiv tillar affikslarning oʻzak bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday tillarda grammatik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadi: masalan, arab tilida kitob (birlik) — kutub (koʻplik) yoki rus tilida друг - drug (birlik) — друзья - druzya (koʻplik), ularga hindevropa va som tillari oilalari kiradi. Flektiv tillar sintetik va analitik tillarga ham ajratiladi. Sintetik tillarda grammatik maʼnolar (gapda suzlarning uzaro munosabati) shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi (mas., rus, nemis tillari). Analitik tillarda esa grammatik maʼnolar soʻz shakllari (shakl yasovchi qoʻshimchalar) vositasida emas, balki yordamchi soʻzlar, suz tartibi, ohang yordamida ifodalanadi (mas., ingliz, fransuz, ispan tillari). Polisintetik tillar (masalan, shim. Amerika indeyslari tillari)da asosiy nutq birligi suzgapdir. Tasnif etilgan tillar orasiga qatʼiy chegara koʻyib boʻlmaydi, chunki bir tilda uchraydigan ayrim til hodisalari boshqalarida ham uchrab qolishi mumkin. Mas., Okeaniya tillarini ham amorf tillar, ham agglyutinativ tillar sifatida tavsiflash mumkin. Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungus manjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qad. zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda.

Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan. Sharqiy Osiyo, Janubiy va Gʻarbiy Sibir, VolgaKama havzasi, Shimoliy Kavkaz, Zakavkazye va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad.dan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilmaxildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Mas., V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shim.sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); o l toy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyiuraloldi (tatar va bos
Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling