Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning roli


Download 83.31 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi83.31 Kb.
#1632264
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri bosh

Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning roli


Reja:
1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari.
2. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari.

3.Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning roli


Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.


Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.
Mulkchilik munosabatlari va ulardan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarning mohiyatini quyidagi shartli misol yordamida yaqqolroq tasavvur etish mumkin (1-jadval).



Holatlar



Tasarruf etish

Egalik qilish

Foydalanish

Ishlab chiqarish natijasini o’zlashtirish

Birinchi

Zamindor

Zamindor

Zamindor

Zamindor

Ikkinchi

Zamindor

Zamindor

Ishchi

Zamindor

Uchinchi

Zamindor

Ijarachi

Ijarachi

Zamindor-ijarachi

To’rtinchi

Zamindor

Ijarachi

Ishchi

Zamindor-ijarachi




Download 83.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling