Turli tipdagi nasoslarning tuzilishlari, elementlari, ularning asosiy ko‘rsatgichlarini o‘rganish va tavsiflarini qurish


Download 67.78 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi67.78 Kb.
#1431329
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashgulot 2 soat


2-Amaliy mashg’ulot. Turli tipdagi nasoslarning tuzilishlari, elementlari, ularning asosiy ko‘rsatgichlarini o‘rganish va tavsiflarini qurish

Suyuqliklarni xaydash uchun mo‘ljallangan gidravlik mashinalar nasoslar deyiladi.


Nasoslar yuritgichning mexanik energiyasini xarakatlanuvchi suyuqlikning mexanik energiyasiga aylantirib, suyuqlikni ma’lum balandlikka ko‘tarish, gorizontal tekislikda uni talab etilgan masofaga uzatish yoki berk tizimda aylantirish uchun xizmat qiladi.
YUqorida qayd etilgan vazifalarni birini bajargan xolda nasoslar barcha xolatlarda xam 1.1 – rasmda ko‘rsatilgandek suv ta’minoti va kanalizatsiya shartlariga muvofiq ravishda nasos stansiyalari jixozlari tarkibiga kiradi.


Mazkur sxemada nasosni xarakatga keltirish uchun elektr tarmog‘ini ulangan elektr yuritgichdan foydalaniladi. Bunda suv yoki boshqa ishchi suyuqlik, nasos bilan quyi xavzadan so‘rilib, bosim quvuri orqali yuqori xavzaga, yuritgich energiyasini suyuqlik energiyasiga aylantirish xisobiga uzatiladi. Nasosdan keyingi suyuqlik energiyasi xar doim nasosdan oldin bo‘lgan energiyasidan katta bo‘ladi.


Nasos stansiyasi jixozlarining tarkibini, tuzilishining o‘ziga xosliklarini, shuningdek ish rejimini o‘zgarish doirasini aniqlovchi asosiy ko‘rsatgichlarga, nasos hosil qiladigan bosim, uzatish quvvati va foydali ish koeffitsienti kabi ko‘rsatkichlar kiradi.
Bosim metrlarda o‘lchanadigan, nasosdan oldin va undan keyin bo‘lgan kesimlardagi suyuqlikning solishtirma energiyasi farqini ifodalovchi kattalikdir.nasos xosil qiladigan bosim, suyuqlikni ko‘tarish bo‘yicha eng baland yoki xaydash bo‘yicha eng uzoq masofani aniqlaydi (1.1 – rasmda mos ravishda va ).
Uzatish, ya’ni vaqt birligida bosim quvuriga nasos uzatadigan suyuqlik xamji, odatda yoki da o‘lchanadi.
Quvvat, talab etilgan bosimni xosil qilish va quvurlar bo‘yicha suyuqlik xarakatda bo‘lganda barcha energiya yo‘qolishlarni engish uchun nasos sarflaydigan quvvatdir. Kilovatt (kVt) larda o‘lchanadigan nasos quvvati, xarakatga keltiruvchi yuritgichni va nasos stansiyasining yig‘indi (o‘rnatilgan) quvvatini aniqlaydi.
Foydali ish koeffitsienti (FIK), nasos yordamida yuritgich mexanik energiyasini xarakatdagi suyuqlikning energiyasiga aylantirish bilan bog‘liq bo‘lgan energiya yo‘qolishini xisobga oladi. FIK nasosning qolgan ko‘rsatkichlari (bosim, uzatish, quvvat) o‘zgarganda, nasosdan foydalanishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.
Nasoslarni paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, ulardan dastavval faqat suvni ko‘tarish uchun foydalanganligini ko‘rsatadi. Xozirgi kunda shaxarlarni, sanoat korxonalarni va elektr stansiyalarini suv ta’minoti va kanalizatsiyasidan tashqari, nasoslar erni sug‘orish va quritish energiyani gidroakkumulyasiyalash, materiallarini transportlash uchun qo‘llaniladi.
Issiqlik elektr stansiyalar qozonxonalarni ta’minot nasoslari, kema nasoslari, neft, ximiya, qog‘oz, oziq – ovqat va boshqa sanoat tarmoqlari uchun mo‘ljallangan nasoslar mavjud.
Ishlash prinsipi bo‘yicha nasoslar ikki turga bo‘linadi: dinamik va xajmiy (1.2 – rasm).
Dinamik nasoslarda, suyuqlik doimiy xajmga ega bo‘lgan va uzatish xamda olib ketish moslamalari bilan jihozlangan kamerada ta’sir kuchi ostida xarakatga keladi. Suyuqlikka ta’sir etadigan kuchning turiga ko‘ra dinamik nasoslar o‘z navbatida parrakli va ishqalanishli nasoslarga bo‘linadi.
Xajmli nasoslarning ishlash prinsipi, suyuqlikni kamera xajmining kamayishi xisobiga siqib chiqarishiga asoslangandir. Kamera xajmining davriy ravishda o‘zgarishi ishchi qismining ilgarilanma – qaytish yoki aylanma xarakati xisobiga sodir bo‘ladi. Bunda kamerani xaydaladigan suyuqlik bilan galma – gal to‘ldirilib bo‘shatilishi, nasosning kirish va chiqish quvurchalarining klapan moslamalari bilan ta’minlanadi.



Download 67.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling