7.5. TUZLAR GIDROLIZI
1. Gidrolizga uchraydigan tuzlarni aniqlang. 1.osh tuzi; 2.kaliy sulfid; 3.kaliy nitrit; 4.kaliy permanganat; 5.natriy atsetat;
A) 2,3,5 B) 2 va 3 C) 2,4,5 D) 2,3,4 E) 1,3,4,5
2. Gidrolizga uchraydigan kimyoviy birikmalar qatorini aniqlang.
A) tuzlar, asoslar, kislotalar B) uglevodlar, oqsillar, asoslar
C) murakkab efirlar, tuzlar, oqsillar D) kislotalar, tuzlar, yog‘lar
E) asoslar, yog‘lar, uglevodlar
3. Qaysi tuz eriganda muhit neytral bo‘ladi?
A) ammoniy sulfat B) rubidiy sulfid C) rubidiy karbonat
D) rubidiy sulfat E) rubidiy sulfit
4. Qaysi juft tuzlar suvda eriganda, muhit neytral bo‘ladi?
A) seziy xlorid, ammoniy xlorid B) rubidiy nitrat, seziy sulfat
C) ammoniy karbonat, potash D) kaliy sulfit, rubidiy nitrat
5. Quyidagilarning qaysi biri tuproqning kislotaligini kamaytiradi?
A) kaliy nitrat B) natriy nitrat C) kalsiy karbonat
D) ammoniy nitrat E) kaliy sulfat
6. Quyidagilardan qaysi biri tuproqning kislotaliligini oshiradi?
A) natriy nitrat B) potash C) ammoniy nitrat
D) natriy xlorid E) natriy sulfat
7. Alyuminiy karbidning gidroliz reaksiyasi tenglamasining koeffitsientlar yig‘indisini hisoblang. A) 20 B) 13 C) 16 D) 18 E) 10
8. Faqat kation bo‘yicha gidrolizda qatnashadigan tuzlarni tanlang.
1)ammoniy xlorid; 2)ammoniy karbonat; 3)ammoniy sulfat; 4)bariy nitrat; 5)alyuminiy xlorid; 6)kaliy nitrat; 7)natriy nitrat; 8)kaliy yodid;
A) 1,2,3 B) 1,3,5 C) 5,6,7 D) 4,6,7 E) 6,7,8
9. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchraydi?
1) BaSO4; 2) K2S; 3) ZnCl2; 4) KCl; 5) (CH3COO)2Zn;
A) 1.2.3 B) 3.4.5 C) 1.2.4 D) 1.3.4 E) 2.3.5
10. Barcha tuzlarni 1) kuchli asos va kuchli kislota; 2) kuchli asos va kuchsiz kislota; 3) kuchsiz asos va kuchli kislota; 4) kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan deb taqsimlash mumkin. Ulardan qaysilari to‘liq gidrolizga uchraydi? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 E) 2 va 3
Do'stlaringiz bilan baham: |