“Uchdan keyin kech” asari


Download 1.13 Mb.
Sana08.01.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1083797

“Uchdan keyin kech” asari


Har bir bolada bir daho yashirin. Uning kim bo’lib voyaga yetishi esa kattalarning munosabati, tarbiyasi mahsulidir.
Yaponiyalik muhandis va tadbirkor Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" kitobi koʻplab tillarga tarjima qilingan va bolalarni beshikdanoq tom maʼnoda rivojlantirishga intilayotgan ota-onalat uchun haqiqiy vositaga aylandi. U erta rivojlanishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi va bolalarning intellektual merosiga ular tugʻilgan paytidan boshlab va hatto undan oldin ham gʻamxoʻrlik qilishga chaqiradi. Kitob nashr etilganidan beri ota-onalar dunyosi 3 ta boʻlimga boʻlingan: baʼzilari Masaru Ibuka hech qanday aqlli narsa yozmagan deb hisoblasa, boshqalari „Uchdan keyin kech“ — bu uning faqat kitobi va qolganlari esa bu kitobni umuman oʻqimaganlar toifasiga kira boshlaydi.
Yaponiyalik Masaru Ibukaninig“Uchdan keyin kech”nomli bola tarbiyasiga bag’ishlangan asari nashrdan chiqan. Quyida shu asardagi ayrim qimmatli fikrlarni taqdim etamiz:
  • Uch yoshgacha asosan miyaning orqa qismi shakllanadi, to’rt yoshdan bu murakkab jarayonga “peshona bo’limlari” deb ataluvchi qism qo’shiladi;
  • Hissiyotlar asosida qilingan xulosa bilimga bog’liq emas, aksincha, bilim hissiyotlar uchun to’siq bo’lishi mumkin;
  • Muhimi ta’lim va tashqi muhit, genlar emas;
  • Yosh bolaga arifmetikadan ko’ra algebrani o’rganish osonroq;
  • Uch oylik chaqaloq ham Baxtni baholay oladi;
  • “So’qir vazirlar qurshovidagi ahmoq qirol”, — deb kimdir yangi tug’ilgan chaqaloq va uning har bir istagiga boysunadigan ota-onasini ta’riflab yozgan edi;
  • Ota-onaning maqsadi bolaning asabiylashish sababini bartaraf etish, uni bostirish bo’lmasligi kerak; ( Buni hukumat va xalq munosabatlariga bog’lasa ham bo’larkan:)
  • Farzandlaringiz qobiliyatlari rivoji maqtov va jazolash usullaridan qanchalik foydalana olishingizga bog’liq;
  • Qiziqish xohish- istaklarni uyg’otadi, keyin istakning o’zi insonni yuksaltiradi;
  • Musiqa qalbni yumshatadi va fe’l-atvorni yaxshilaydi. Musiqa insonni go’zal qiladi;
  • Sakkiz oydan boshlab go’dak qo’llarida qalam ushlay oladi. Unga rangli qalamlar tutqazing;
  • Men bolaga juda kata o’lchamdagi qog’ozni berardim, toki uning ustida emaklab chiza olsin. Bir o’lchamdagi qog’oz ijoddan mahrum va hayotiy bardoshga ega bo’lmagan bir qolipdagi odamni tarbiyalaydi;
  • Bolaning atrofida ortiqcha o’yinchoqlar bo’lishi bolani ezib qo’yadi va fikrini jamlash qiyin kechadi;
  • Men ularga hech qachon tayyor o’yinchoqlar sotib olmayman. Ularga qismlar to’plamini beraman va ulardan o’zlari o’yinchoq sotib olishlari mumkin;
  • 639 mushakdan 400 tasi piyoda yurganda ishtirok etadi;
  • Bola tarbiyasi vaqt va pul masalasi emas.
  • O’z hayotini yengillashtirish uchun “kichik bolalarni ishlatish zulm” deb hisoblaydigan ota-onalar o’z farzandlarini mehnatdan mahrum qiladilar;
  • Har kuni bolani parvarish qilishingiz unga ta’lim berayotganingizning o’zidir;
  • 639 mushakdan 400 tasi piyoda yurganda ishtirok etadi;
  • Bola tarbiyasi vaqt va pul masalasi emas.
  • O’z hayotini yengillashtirish uchun “kichik bolalarni ishlatish zulm” deb hisoblaydigan ota-onalar o’z farzandlarini mehnatdan mahrum qiladilar;
  • Har kuni bolani parvarish qilishingiz unga ta’lim berayotganingizning o’zidir;
  • Ota go’dakdan dahoni yetishtirishi mumkin, ammo faqatgina ona ruhiy va jismoniy qobiliyatlari uyg’un bo’lgan komil insonni tarbiyalay oladi;
  • Musavvit Manabe Hiroshi bolani dunyoga keltirib, tarbiyasini o’z holicha tashlab qo’yish holatini “abort” deb nomlaydi;
  • Ota-onalarning majburiyati – o’z farzandlariga kengroq imkoniyat berish, kim bo’lishini o’zi hal qilishi kerak. Ota –ona emas, farzandning o’zi kelajagining xo’jayinidir;
  • Farzandni tarbiyalash o’zini doimiy ravishda tarbiyalash demakdir.


Bola o’qimishli bo’lishi uchun ota-ona ham qo’liga kitob olishi kerak
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling