Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.11.2020
Hajmi0.86 Mb.
#151197
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari m.blok va l.fevr tadqiqotlari misolida.


1

 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

XALQ TA’LIM VAZIRLIGI 

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

                                                                                           UDK 94(4/9) 

SUYUNOV FURQAT BOYXO’ROZOVICH 

TARIX FANI METODOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI 

( M.BLOK VA L.FEVR TADQIQOTLARI MISOLIDA). 

 

5A110601 – “Ijtimoiy gumanitar fanlar o’qitish metodikasi” 

Magistr akademik ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya 



 

 

 

 

 

 

                                     Ilmiy rahbar:                             f.f.d., dots R.Rajabov 

 

                                 

                                                     

                                                

                                                  Navoiy 2016-yil 

2

 

 



                                          M U N D A R I J A 

Kirish………………………………………………………………………...…3-15 

1 Bob. Zamonaviy tаrix ta’limining  metodologik muammolari 

1.1.  Tarix  fani  metodologiyasidagi  ijobiy  o’zgarishlarning  tarix  ta’limini 

samaradorligini taminlashdag o’rni ………………………………………...…15-25 

1.2.  Mustaqillik  yillarida  tarix  ta’limi  metodologiyasidagi  ijobiy  siljishlar.  Tarix 

fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar………………………..25-33 

  

2 Bob.

 

XX аsrning birinchi yarmida tarix fani 

2.1. XX asrning birinchi yarmida tarix fanining metodologik muammolari….33-42  

2.2.  “Annallar”  maktabi.  Mark    Blokning    “Таrix  apologiyasi  yoki  tarixchining 

kasbi” аsarida tarix fani metodologiyasi muammolari………………………...42-54



 

3 Bob. L.Fevrning ilmiy tadqiqotlarida tarix fanining metodologik 

muammolari 

3.1. Lyusen Fevrning tarixiy metodologik qarashlari…………………………54-70 

3.2.  L. Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar……………71-82 

Xulosa…………………………………………………………………………82-85 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………..85 

 

 

 

 

 


3

 

 



                                             KIRISH. 

Kirib  kelgan  XXI  asr  insoniyatning  taraqqiyotida  yangi  yuqori 

texnologiyalari,  axborot  texnologiyalari  davri  bo’lib  insoniyat  taraqqiyotida  tub 

burilishlarni  asosi  bo’ladi.  Bu  yangi  davr  ta’lim  sohasiga  ham  o’zining  ta’sirini 

o’tkazadi  ta’lim  tizimi  doimiy  ravishda  jamiyatning  talab  va  ehtiyojlarini 

qondirishga  xizmat  qilgan.  Hozirgi  kunda  bizning  jamiyatimiz  ham  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  taraqqiyot  yo’lidan  bormoqda  bozor 

munosabatlariga  asoslangan  jamiyat  yuqori  texnologiyalar  va  axborot 

texnologiyalariga  asoslangan  taqdirdagina  ko’zlangan  natijaga  erishadi.  Shu 

sababli  hozirgi  kunda  milliy  fanimiz  oldida  jahon  fani  yutuqlarini  tahlil  qilish 

o’zlashtirish  hamda  uni  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qildirish  dolzarb 

hisoblanadi.  

Yangi  sharoitda  jamiyatda  yuz  berayotgan,  tub  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy 

o’zgarishlar  tarix  fanining  sifat  o’zgarishlarini  talab  qiladi  O’tgan  asrning  90-

yillaridan  tarix  fanida  uzoq  vaqt  hukm  surgan  metod  va  metodologiyadan  voz 

kechildi.  Hamda  bu  sohada  yangi  metod  va  metodologiyani  tadqiq  etish  amalga 

oshirish  boshlandi.  Bizning  milliy  tarix  fanimiz  uzoq  vaqt  jahon  tarix  fani 

metodologiyasidan 

ajralib 

qoldi. 


Hozirgi 

kunda 


globallashuv 

va 


integratsiyalashuv  jarayoni  jadal  borayotgan  bir  davrda  O’zbekiston  suveren 

davlat  sifatida  jahon  hamjamiyatida  dadil  qadamlar  bilan  kirib  bormoqda. 

Zamonaviy  ishlab  chiqarish  texnologiyalari,  jahon  fani  erishgan  yutuqlarni 

o’zlashtirish  mamlakatimizning  barqaror  rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir  qiladi.  Biz 

boshqa fanlar kabi jahon tarix fani erishgan yutuqlarni o’rganishimiz va ulardan 

tarixiy  tadqiqot  metodologiyasida,  tarixni  o’rganishda  unumli  foydalanishimiz 

hayotiy zaruriyat bo’lib qoladi. 

Shu  jihatdan  qaraganda,  tarixning  mazmun-mohiyatini  tushunish,  anglash 

va  tarixiy  tafakkurga  doir  zamonaviy  yondashuvlarni  ishlab  chiqish,  demak, 

bugungi kunga kelib insoniyat bosib o’tgan zalvarli yo’l orqali o’tmish va hozirgi 

paytdagi  tarixchi  olimlarimiz  va  faylasuflarimizning  xulosalarini  hisobga  olgan 

holda ularga  yangicha yondashish  lozim deb hisoblaymiz. O’tmishda to’plangan 



4

 

 



boy  tarixiy  ilmiy  merosni  o’rganish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Prezidentimiz 

I.Karimov  takidlaganidek,  ”Ota-bobolarimizning  asrlar  davomida  to’plagan 

hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan nodir 

qo’lyozmalarini  jiddiy  o’rganish  vaqti  keldi”

1

.    Tarixiy  tadqiqotlarni  ilmiyligini 



ta’minlash,  uning  mazmun-mohiyatini  xolisona  ochib  berish  uchun    biz  nafaqat 

yurtimiz allomalarining asarlaridan balki,  jahon tamaddun sivilizatsiyasiga ulkan 

hissa  qo’shgan  G’arb  faylasuflari,  tarixchilari  asarlarini  tadqiq  va  tahlil  qilish 

orqali  erishishimiz  mumkin.  Tarix  fani  metodologik  muammolarni  chuqur 

o’rganish zamon talabi. 

Mavzuning  dolzarbligi.    Mamlakatimiz  o’zining  davlat  mustaqilligini 

qo’lga  kiritgach,  jamiyatning  turli  sohalarida  tub  islohotlar,  o’zgarishlar    davr 

boshlandi.  Boshqa  sohalar  kabi  xalq  ta’limi  tizimida  tarix  fanini  tadqiqotlari  va  

uni  o’qitish  jarayonida  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslangan  sivilizatsiya 

yondashuvida  metodologik  asoslarga  tayanish  uchun  keng  yo’l  ochildi.  

Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotini o’rganishda tarix fani ko’zga ko’rinarli va faxrli 

o’rinni egallaydi. XX asrning 90-yillaridan boshlab jahon tarixi fanida murakkab 

nazariy-ilmiy muammolar ko’tarila boshlandi.  Tarix fani o’zining bashoratchilik 

funksiyasini bajara olmadi. 

Mustaqillikning  asl  mohiyatini  teran  tushunib,  uning  qadriga  yetishda 

xalqning  ozodlik  kurashi  tarixi,  ushbu  maqsadga  erishish  yo’lida  yoshlarni 

tarbiyalash  sohasidagi  tajriba  va  g’oyalarni  o’rganish  nihoyatda  zarurdir.  Tarix 

fani jamiyat taraqqiyotining barcha tomonini, xususan, iqtisodiy tarixini, ijtimoiy-

siyosiy  tuzilishi-tarixini,  davlat  qurilish  tarixini,  ichki  va  tashqi  hamda  xalqaro 

miqyosdagi  siyosatini,  milliy  va  millatlararo  munosabatlarni,  madaniyatini 

tadqiqotlar  asosida  o’rganadi.  Tarix  fani  metodologiyasi  esa  tarixiy  bilim  va 

falsafiy-tarixiy tafakkurning uzoq rivojlanishi natijasida aniq tarixiy tadqiqotning 

nazariy  asosi  sifatida  shakllandi.  Milliy  tarix  fani  jahon  tarixi  fanining  tarkibiy 

qismi  bo’ladi.    Milliy  tarix  fani  rivojlanishi  uchun  jahon  tarixi  fani 

                                                             

1

 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q   T.:, O’zbekiston, 1998-y. 133 b. 



 

5

 

 



metodologiyasining  erishgan  yutuqlaridan  unumli  foydalanish  lozim.    Jahon 

tarixi fani metodologiyasi juda katta nazariy-ilmiy zaxiraga ega.            

  

“Tarixga  munosabat  o’zgarayotganligi  va  tobora  jiddiy  tus  olayotganligi 



ijobiy  hodisa.    Biroq  hamon  shoshma-shosharlik,  masalaga  yuzaki  yondashish, 

har tomonlama puxta o’rganmasdan xulosalar chiqarish illatlari bizni tark etgani 

yo’q”

2

.   



Ilmiy-nazariy  jihatdan  asoslangan  tarix  fani  va  uning  metodologiyasini 

amalga tadbiq etilishi

 mohiyat mazmunini tubdan o’zgartirish tomon yo’l tutilishi 

milliy  tarix  fanimiz  bugungi  va  ertangi  kuni  uchun  mustahkam  poydevor 

vazifasini o’taydigan metod va metodologiyani shakllantirishni boshlab berdi.  

Har  qanday  fanning  rivojlanishi  uning  metodi  va  metodolgiyasining 

mukammalligi  asosida  bo’ladi,  tarix  fanining  bu  sohadagi  taraqqiyoti  juda 

sekinlik  bilan  rivojlanishida  ko’rishimiz  mumkin.   

Hozirgi  kunda  tarix 

metodologiyasi  bo’yicha  to’plangan  boy  tajribani  o’zlashtirib  tarixiy 

tadqiqotlarda  foydalanish  tadqiqotning  ilmiyligi,  tarixiyligi  va  samaradorligini 

ta’minlaydi. 

 

Aniq tarixiy voqealar va jarayonlarni o`rganish hamda daliliy ashyolarning 



to`planishi,  turli  metodologik  qarashlarni  qo`yish  va  tahlil  qilish  uchun  zamin 

yaratib  bermoqda.  Hozirgi  kunda  milliy  tarix  fani  uchun  jahon  tarix  fanida 

mavjud  bo’lgan  turli  ta’limot,  konsepsiya  va  maktablarning  boy  nazariy 

bilimlarini  tadqiq  qilish  zaruriyati  mavjud.  Shu  bilan  birga  bizning  fikrimizcha 

milliy  tarix  fanimizning  tarix  metodologiyasi  bo’yicha  bir  necha  yuz  yillar 

davomida to’plangan ilmiy merosni tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.  

  

Fransuz  annallar  maktabi  ta’siri  ostida  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan 



boshlab,  tarix  falsafasining  yangi  maktablari,  oqimlari,  jumladan,  tarix 

falsafasining  qator  g’oyalari  ilgari  surildi.  Bugungi  kunda  tarix  fani 

metodologiyasini  yangilanish      ehtiyoji  kuchaydi,  shuningdek  mavjud  bo’lgan 

metodologik muammolar ustida ishlash tarix fanining keyingi taraqqiyotiga qulay 

shart-sharoit yaratdi. 

                                                             

2

 Jo’rayev N. Tarix falsafasi. T.:, ”Ma’naviyat”  1999-y 29-b. 



6

 

 



Tadqiqotning 

obyekti:  XX  asrning  birinchi  yarmidagi  tarix  fani 

metodologiyasining  dolzarb  muammolarini  o’rganishda    Mark  Blok  va  Lyusen 

Fevr ilgari surgan metodologik g’oyalar tashkil etadi. 

Tadqiqotning  predmeti.    Tarix  fani  metodologiyasining  yetakchi  olimlari 

Mark Blok va Lyusen Fevrning tarix metodologiyasi bo’yicha ilmiy tadqiqotlarini 

mazmun mohiyatini tadqiq qilish. 

Maqsad  va  vazifalari.  Jahon  tarixi  fanida  XX  asr  boshlaridan  qator 

metodologik  muammolar  yuzaga  keldi.  Tarix  fanining  taniqli  namoyondalari  bu 

muammolarga  javob  topishga  harakat  qildilar.    Ushbu  dissertatsiya  ishida  ana 

shunday tadqiqotchilardan tarix fani metodologiyasining taniqli vakillari M.Blok 

va L.Fevrlarninig tarix metodologiyasi faniga qo’shgan ilmiy merosini o’rganish 

ko’zda tutiladi. Bu olimlarning ilmiy merosi asosida zamonaviy tаrix ta’limining  

metodologik  muammolari:  XX  аsrning  birinchi  yarmida  tarix  fanida  kechgan 

jarayonlar  tarix  fani  va  metodologiyasida  yangi  o’zgarishlarni  ilmiy  tadqiq 

etiladi. 

XX  asrning  20-30  yillarida  tarix  metodologiyasi  va  metodi  muammolarini 

L.Fevr  va  M.Blok  ilmiy  faoliyatini  metodologik  muammolar  yechimi    nuqtayi- 

nazaridan o’rganish muhim hisoblanadi. 

XX  asrning  boshlarida  tarix  fanining  rivojlanish  tarixida  L.Fevr  va 

M.Bloklarning  tutgan  o’rnini  aniqlash  muhim  ekanligini  hisobga  oladigan 

bo’lsak,  bu  allomalarning  ilmiy  me’rosini  har  tomonlama  chuqur  o’rganishni 

talab etadi. ,,Annallar” jurnali tarix fanining metodologik muammollarini yechim 

usullarini  tadqiq  qilishni  amalga  oshirish  dolzarb  muammo  ekanligidan  dalolat 

beradi.  

Hozirgi kunda tarix fani metodologiyasini dolzarb muammolarini o’rganish 

hayotiy  ehtiyoj  bo’ladi,  tarixni  o’rganishda  umum  e’tirof  etgan  jahon  tarixi 

fanidagi muammolarini o’rganishni taqazo etadi. 

Magistrlik  dissertatsiyasi  ishining  maqsadi  –  XX  asr  boshlarida  yuzaga 

kelgan tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolarini  Mark Blok va Lyusen 

Fevr  asarlari  misolida  tahlil  va  tadqiq  etish,    shuningdek  hozirgi  kunda  tarixiy 



7

 

 



tadqiqotlar  metodologiyasi  va  tarix  o’qitish  metodologiyasi  yo’nalishida  jahon 

tarix fanida e’tirof etilgan mumtoz asarlarni atroflicha tahlil qilish va o’zlashtirish 

bo’yicha xulosa va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.  

Tadqiqotning vazifalari.  Ishda  asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha  

ilmiy-tadqiq etish vazifalari qo’yildi. 

XX asrning birinchi yarmida tarix metodologiyasi va metodi muammolari.



 

- XX  asr  oxiri  -  XXI  asr  boshlarida  milliy  tarix  fani  metodologiyasidagi  ijobiy 

siljishlar. 

Tarix  fani  metodologiyasidagi  ijobiy  o’zgarishlarning  tarix  ta’limini 



samaradorligidagi  o’rni  va  ahamiyati.  Tarix  fani  o’qituvchisiga  qo’yiladigan 

metodologik talablar.



 

- Mark    Blokning    “Таrix  apologiyasi  yoki  tarixchining  kasbi”  аsarida  tarix  fani 

metodologiyasi muammolari. 

- Lyusen Fevrning tarixiy metodologik qarashlari. 

- L. Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar. 

Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi.  Agar  tarix  fani  metodologiyasining  dolzarb 

muammolarining mazmun-mohiyati M.Blok va  L. Fevr tadqiqotlari asosida tahlil 

qilish  muammolarni  aniqlashtirishga  yordam  beradi.  XX  asrda  tarix  fani 

metodologiyasida  muhim  o’rin  egallagan  fransuz  olimlari  M.Blok  va  L.Fevrning 

ilmiy  merosi  ilmiy-nazariy  jihatdan  tahlil  qilindi.  M.Blok  va  L.Fevr  o’z  vaqtida 

tarix  fanida  vujudga  kelgan  metodologik  muammolarni  ilmiy  tahlil  qilib,  tarix 

fanini  tushkunlikdan  chiqish  yo’llarini  ko’rsatib  berdilar  ular  oddiy  o’tmish 

odamlarining  hayotini  tadqiq  etish  tarixning  asosiy  muammolaridan  biri  ekanligi 

g’oyasini  ilgari  surdi.  Metodologiyada  mavjud  bo’lgan  tarixiy  vaqt  muammosi 

M.Blok tomonidan atroflicha tahlil qilindi.   

  Dissertatsiyada XX asrning birinchi yarmida tarix fani metodologiyasining 

dolzarb  muammolari  M.Blok  va  Lyusen  Fevr  tadqiqotlari  misolida  metodologik 

tadqiqot obyekti sifatida tahlil etiladi. 


8

 

 



 

Dissertatsiyada  qo’yilgan  maqsad  va  vazifalardan  kelib  chiqib  amalga 

oshirilgan  ilmiy  tadqiqotlar  jarayonida  asosan  quydagi  ilmiy  yangiliklarni  olishga 

erishiladi.    XX  asrning  boshlaridagi  tarix  fani  va  tarix  metodologiyasi  tushkunlik 

jarayonlari  va  ularni  bartaraf  etish  yo’llari,  bu  tushkunlik  holatini  tugatishda 

fransuz  tarix  metodologiyasining  taniqli  vakillari  M.Blok  va  L.Fevrning  ilmiy 

faoliyatining  ayrim  lahzalari  tadqiq  etildi.  Ularning  tarix  metodologiyasini 

rivojlantirish bo’yicha asosiy g’oyalari ilmiy tahlil qilindi.  



Tadqiqot  mavzusi  bo’yicha  adabiyotlar  tahlili.  Tanlangan  mavzu 

doirasida  olib  borilgan  tadqiqotlarning  mazmun  va  mohiyatidan  kelib  chiqqan 

holda,  tadqiqot  mavzusi  doirasida  juda  ko’plab  ishlar  qilingan  bo’lib,  ularni  davr 

nuqtayi-nazaridan  tadqiq  qilishni  taqazo  etadi.  Tarixan  dastlab  metodologiyaning 

muammolari  bilan  shug’ullangan  faylasuf  va  olimlarni  aytadigan  bo’lsak,  bular  

antik  davr  faylasuflari  Suqrot,  Aflotun,  o’rta  asrlarda    F.Bekon,  yangi  davrda  

R.Dekart,  G.Gegel,    L.Gusserl  shug’ullangan  bo’lsa,    XX  asrdan  boshlab    tarix 

fanining  metodologik  muammolarini  o’rganish  G’arb  olimlarining  tadqiqotlarida 

kuchayganligini ko’rishimiz mumkin.  

XIX asrda statistik tadqiqotlarning yuzaga kelishi natijasida iqtisodiy tarixga 

qiziqish  paydo  bo’ldi.Shuningdek  bu  vaqtda  madaniyat  tarixiga  ham  e’tibor 

qaratila  boshlandi.  Qadimgi  san’at  va  madaniy  hayot  tarixi  va  ijtimoiy  hayot 

sohasida  bir  qator  ilmiy  tadqiqotlar  amalga  oshirilib,  adabiyotlar  nashr  qilindi. 

Ikkinchi  jahon  urushidan  so’ng  “Annallar  maktabi”  ta’sirida  “yangi  tarix  fani”, 

ya’ni  tarixni  o’rganishda  antropologik  yondashuv  paydo  bo’ldi.  Endi  tarixiy 

tadqiqotlarning  diqqat  markazida  inson  va  uning  faoliyati  hamda  ijtimoiy  va 

madaniy  mansubligi  masalalari  ko’rila  boshlandi.  Tarixiy  antropologiya,  tarixiy 

psixologiya,  tarixiy  sotsiologiya,  demografiya,  urbanizatsiya  sohalari  shakllandi, 

ayollar  tarixini  o’rganish,  mahalliy  yoki  alohida  tarixiy  jarayonlarni  o’rganish 

boshlandi.  Shu  vaqtlarda  u  yoki  bu  voqealarning  bevosita  ishtirokchilari  bo’lgan 

insonlar  xotirasiga  asoslangan  “og’zaki  tarix”  sohasi  ham  taraqqiy  eta  boshladi. 

Ayrim  tarixchilar  hatto  ehtiyoj  yo’qolishi  natijasida  tarix  predmetining  ham 

yo’qolib  borishi  haqida  fikr  bildira  boshlagan  bo’lsalar,  ayrim  tarixchilar 


9

 

 



(E.Xobsboum)  aksincha,  ijtimoiy  tarix  asosida  va  ijtimoiy  psixologiyaga,  ya’ni 

fikrlash  tizimi,  xulqlar  stereotiplari    va  odamlarning  hayot  tarziga  alohida  e’tibor 

qaratgan holda yaxlit tarix fani predmetini shakllantirish zarur, deb hisobladi.  

M.Blok    va  L.  Fevrning  ilmiy  merosi  tarixchi  olimlar  tomonidan  atroflicha 

tadqiq  qilingan  va  hozirgi  kunda  ham  ilmiy  tadqiq  ishlari  amalga  oshirilmoqda 

ularni ijodi bo’yicha qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari tarix fani, uning 

yo’nalishlari  hamda  tarix  falsafasi  nuqtayi  nazaridan  keng  qamrovli  tadqiqot 

o’byekti  hisoblanadi.   Tarix  fanida    M.  Blok  va  L.Fevrni  faoliyatini  atroflicha 

metodologik  tadqiq  qilindi.  XX  asr  davomida  ushbu  ikki  olimning  metodologik 

me’rosini  ilmiy  nazariy  tahlil  va  tadqiq  qilishda  qator  monografiyalar, 

dissertatsiyalar  hamda  ilmiy  maqolalar  mavjud.  Jumladan  ushbu  yo’nalishda  rus 

tadqiqotchilaridan  bir  necha  doktorlik  va  nomzodlik  dissertatsiyalarini  ko’rsatish 

mumkin: 

Т

рубникова 



Н.В. 

«

Историческое 



движение 

«Анналов». 

Институциональные  основы:  Традиции  и  новации»,

 

Ходонов  А.С. 



«Теоретико-методологические  взгляды  Марка  Блока»,

 

  Шмаков  В.С. 



"Методологические проблемы социального познания в философии истории",

 

Заклинский П. А. 



«Историческое  время  и  историческая  память»

Шкурат  П.  А.



 

"Интерпретация  научного  наследия  школы  "Анналов"  в  отечественной 

историографии",  Максимов  С.Н.  «Концепция  «серийной»  истории  в  трудах 

французского  историка  П.  Шоню»

  3

,  Trubnikova  N.V.  o’z  doktorlik 



                                                             

                                                                                                                                                                                                        

3

Qarang.


 

Т

рубникова Н.В.



 «

Историческое движение «анналов». Институциональные основы: 

Традиции и новации».  Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора 

исторических наук Томск-2007. Ходонов А.С. Теоретико-методологические взгляды Марка Блока. 

Автореф. дис. …канд. ист. наук. - Томск, 1985.  Шмаков В.С. "Методологические проблемы 

социального познания в философии истории".

 

Автореф. дис. …канд. ист. наук. –Новосибирск 



2000. Заклинский П. А. «Историческое время и историческая память». Автореф. дис. …канд. ист. 

наук. - Москва -1999. Шкурат П. А. "Интерпретация научного наследия школы "Анналов" в 

отечественной историографии". Автореф. дис. …канд. ист. наук. -  Ярославль – 2005. Максимов 

С.Н. «Концепция «серийной» истории в трудах французского историка П. Шоню» Автореф. дис. 

…канд. ист. наук. - М., 1997; 

  

 



 

 

 



10

 

 



dissertatsiyasida  “Annallar”  maktabining  konsepsiya  asoslarini  tanqidi  ,  XX 

asrning  so’nggi  o’n  yilligida  Annallar  maktabidagi  metodologik  o’zgarishlar 

hamda  annallar  maktabi  faoliyati  misolida  tarix  fanining  ilmiy  muammolari  tahlil 

qilinadi. Dissertant annallar maktabining ilmiy-nazariy tadqiqot yo’nalishlarini 70-

yillardan  ushbu  maktab  ta’siri  ostida  tarix  fanida  ijtimoiy-tarixiy  psixologiya 

muammosini  tadqiq  qiladi.  Shukrat  P.  A.  o’zining  nomzodlik  dissertatsiyasida 

“Annallar” maktabi ilmiy me’rosini rus tarixshunosligida interpretatsiyasini ilmiy 

tahlil  qiladi.  Rus  tarixshunosligida  annallar  maktabining  ilmiy  merosini  qabul 

qilinishi,  rus  tarixshunosligida  annallar  maktabining  interpretatsiyasining  asosiy 

bosqichlarini tavsiflash  vazifa qilib qo’yiladi.  Shu bilan birga keyingi 20-yildagi 

jamiyatdagi  va  tarix  fanidagi  o’zgarishlar  asosida  Annallar  maktabining  tahlili  va 

mummolardagi  o’zgarishlar  tahlil  qilinadi.  Xodonov  A.S  o’zining  nomzodlik 

dissertatsiyasida M.Blokning nazariy metodologik qarashlarini marksistik nuqtayi-

nazardan tahlil qiladi, komporotiv va retrospektiv yondashuv aniqlashtiradi.  

Mark  Blok  va  Lyusen  Fevrning  ilmiy  tadqiqotlari  tarix  metodologiyasi 

mutaxassislari  tomonidan  atroflicha  ilmiy  nazariy  tahlil  qilindi.  Bu  olimlarning 

metodologik  konsepsiyalari  asosida  ilmiy  tadqiqotlarni  olib  borishda  qayta 

tanqidiy fikrlash yangi ananalar paydo bo’ldi. Fransiyaning o’zida qator tarixchilar 

fransuz  tarix  fanini  taraqqiyoti  bosqichlari  Mark  Blok  va  Lyusen  Fevr  atrofida 

tahlil qilib bu tahlilni XX asrning 90-yillarning ikkinchi yarmigacha olib bordilar. 

Nemis  tarix  maktabi  annallar  maktabi  g’oyalari  asosida  o’z  tarixiy 

tadqiqotlarini  amalga  oshirdi.    XX  asr  tarix  metodologiyasini  o’rganishda  L.Fevr 

va  M.Blok  faoliyatiga  alohida  e’tibor  qaratdi.  Jumladan,  Гуревич  А.Я.  «О 

кризисе  современной  исторической  науки»,  А.Гуревич  «Марк  Блок  и 

«Апология  истории»,   «Уроки  Люсьена  Февра.  В  кн:  Люсьен  Февр.  Бои  за 

историю»,    Ковальченко  И.Д.  «Теоретико-методологические  проблемы 

исторических  исследований.  Заметки  и  размышления  о  новых  подходах», 

                                                                                                                                                                                                    

 

 


11

 

 



Савельева  И.М.,  Полетаев  А.В.  «История  и  время.  В  поисках  утраченного», 

Могильницкий  Б.  Г.  История  на  переломе:  некоторые  тенденции  развития 

современной  исторической  мысли»,  Лубский  А.В.  «Альтернативные  модели 

исторического  исследования»,  Топольский  Е.  «Методология  истории», 

Дьяков В. А. «Споры о месте истории в системе наук», Ясперс К. «Смысл и 

назначение  истории»,  Конрад  Н.  «О  смысли  истории:  Запад  и  восток», 

Иванов  Г.  М.,  Коршунов  А.  М.,  Перов  Ю. В. «Методологические  проблемы 

исторического  познания»,    Лаптева  М. П. «Теория  и  методология  истории: 

курс  лекций»,    Aymard  M.  «The  Annales  and  French  historiography  (1929-

1972)»,  Manuel  F.E.  «The  Use  and  Abuse  of  Psychology  in  History»  ,  Burke  P. 

«The French historical revolution: the Annales school, 1929-1989»

4

,  



Mustaqillikning  birinchi  kunlaridan  milliy  tarix  fani  metodologiyasi 

bo’yicha  qator  ishlar  amalga  oshirildi.    O’zbekiston  olimlari  tarx  metodologiyasi 

bo’yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  bordi.  Jumladan  M.Tojiboyev,  Z.  Ilhomov 

“O’zbekiston  tarixini  o’qitish  metodologiyasi”,  N.  Jo’rayev  “Tarix  falsafasining 

nazariy asoslari” asari va  R.Rajabovning “Tarix fanining metodologik asoslari” 

5

 



o’quv  darsligi  chop  etildi.  Keyingi  20-yil  ichida  tarixiy  tadqiqot  metodologiyasi 

bo’yicha  davriy  matbuotda  uning  bazi  bir  muammolari  bo’yicha  ilmiy  maqolalar 

                                                             

4

Qarang



.  

Гуревич А.Я. О кризисе современной исторической науки // Вопросы истории. – 1991. Гуревич 

А. Марк Блок и «Апология истории». РГГУ. Проверено 23 апреля 2010. Архивировано из первоисточника 20 

августа 2011.   А.Я. Гуревич. Уроки Люсьена Февра. В кн: Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, 

с. 532.  Ковальченко И.Д. Теоретико-методологические проблемы исторических исследований. Заметки и 

размышления о новых подходах // Новая и новейшая история. - 1995. Савельева И.М., Полетаев А.В. 

История и время. В поисках утраченного. – М., 1997; Могильницкий C. Г. История на переломе: некоторые 

тенденции развития современной исторической мысли // Междисциплинарный синтез в истории и 

социальные теории: теория, историография и практика конкретных исследований. – М., 2004. Лубский А.В. 

Альтернативные модели исторического исследования. – М., 2005; Топольский Е. Методология истории. – 

Варшава, 1968.   Дьяков В. А. Споры о месте истории в системе наук // Дьяков В. А. Методология истории в 

прошлом и настоящем. М., 1974.   Ясперс К. Смысл и назначение истории. М., 1991.  Конрад Н. О смысли 

истории: Запад и восток. – М.: 1972.   Иванов Г. М., Коршунов А. М., Перов Ю. В. Методологические 

проблемы исторического познания. М., 1998   Лаптева М. П. Теория и методология истории: курс лекций / 

М. П. Лаптева; Перм. гос. ун-т. — Пермь, 2006. — 254. Aymard M. «The Annales and French historiography 

(1929-1972)» // Journal fo European Economic History. -  1972. -  № I.  - Р. 491-511;  Chartier R. et Revel J. 

Lucien Febvre et les Sciences Sociales // Historiens et géographes. – 1979. - № 272. - Р.427-442. Manuel F.E. The 

Use and Abuse of Psychology in History // Daedalus. – 1971. – № C. - Р. 187-213.

 

 

Qarang 



5

Toshpo’latov T.G’afforov Ya. Tarix o’qitish metodikasi.-T.: Unversitet,2002.Tojiboyev M. Ilhomov 

Z.O’zbekiston tarixini o’qitish metodologiyasi.-T.:2003. Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari.-T.: 

Istiqlol, 2013. 



12

 

 



paydo  bo’ldi.    Bu  maqolalar  aynan  tarix  metodologiyasiga  bag’ishlanmagan 

bo’lsada metodologiyaning ayrim masalalari to’g’risida qisman aytib o’tiladi.  



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling