Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligini tizimli tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida


Download 58 Kb.
bet1/5
Sana27.01.2023
Hajmi58 Kb.
#1132833
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ilova


O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi vazirining
2021-yil ____-_______dagi
_____ -son buyrug‘iga
9-ILOVA


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligini tizimli
tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil


3-iyundagi PQ-3031-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tizimdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Bolajonlar sport jamoalari” hamda “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligini (keyingi o‘rinlarda musobaqalar deb yuritiladi) tashkil etish
va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Musobaqalar “Biz buyuk Vatan farzandlarimiz” shiori ostida o‘tkaziladi.
3. Musobaqalarning g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalari musobaqalar o‘tkazilgan yil g‘oliblari hisoblanadilar.


2-bob. Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazishning
maqsad va vazifalari

4. Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazishdan maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni jismoniy yetuk va axloqiy barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishni amalga oshirish, yoshlarni sportning o‘yin turlariga qiziqishlari va e’tiborlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish, jamoa bo‘lib harakat qilish, g‘alabaga intilish ishtiyoqlarini kamol toptirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iboratdir.


5. Musobaqalarni o‘tkazishning asosiy vazifalari quyidagicha:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi va hududiy sport inshootlaridan samarali foydalanish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish;
o‘quvchilarning sport turlari bo‘yicha iqtidorini aniqlash va ularni bolalar-o‘smirlar sport maktablariga yo‘naltirish;
o‘quvchilarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirish;
o‘quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, ular o‘rtasida sportni ommalashtirish va rivojlantirish;
o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga doimiy ravishda jalb etish.



Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling