“Umumiy pedagogika” CHDPU SIRTQI O‘TA 4-bosqich talabasi Azimova Nargiza Odiljonovna “Umumiy pedagogika” (pedagogika tarixi va pedagogik mahorat) fanidan
1-MAVZU: PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA.
Reja:
1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani gʻoyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan oʻzaro aloqadorligi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼlim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
3. Taʼlim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
4. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha taʼlim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
5. Eng qadimgi yozma manbalarda taʼlim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
Adabiyotlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
- Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – T.: Ўқитувчи, 1996.
- Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
- Xasanboyev J, Toʻraqulov X., Xaydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogika fanidan izohli lugʻat. – T.: Fan va texnologiya, 2008.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o‘rganishdan iborat. Maktab va pedagogika ko‘p asrlik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko‘plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
- milliy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
- pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
- pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |