Umumiy psixologiya kafedrasi


Download 407.11 Kb.
bet1/6
Sana19.04.2023
Hajmi407.11 Kb.
#1365790
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY ISHLANMA 2-s uchun 2020-2021[1]


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMLI JDPI


PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI

UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI


PSIXOLOGIYA NAZARIYASI VA TARIXI


FANIDAN
(II-semestr uchun)

AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN


USLUBIY KO‘RSATMA


Ushbu uslubiy ko’rsatma Pedagogia va psixologiya yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan bo’lib, Psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish texnalogiyalari haqida ko’rsatmalar berilgan.


Tuzuvchi:


M.Qodirova – Umumiy psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi.
Taqrizchi: R.Abdurasulov Umumiy psixologiya kafedrasi professori

Ushbu uslubiy ko’rsatma “Umumiy psixologiya” kafedra kengashi yig`ilishida ko‘rib chiqilgan. 2020 y “___” 08 dagi 1 – sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan.


Kafedra mudiri: ___________ Sh.Kamolova


(imzo)
Pedagogia va psixologiya fakultetining Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan foydalanish uchun tavsiya etilgan. “____”_____ 2020 y. Bayonnoma № 1
Pedagogia va psixologiya fakulteti dekani: ___________ p.f.n. I.To’raqulova
(imzo)


M U N D A R I J A

I. Kirish...........................................................................................

2. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari......

3. Amaliy mashg‘ulotlar materiallari.........................................




4. Keyslar banki …………………………………………………

5. Glossariy....................................................................................

6. Adabiyotlar ro‘yxati....................................................................

KIRISH
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni amaliyotchi psixologning kasbiy faoliyati va uning talablari, psixologik tarixi va uning shakllanish jarayoni, psixologiya fanining dolzarb masalalari, individ, shaxs, individuallik va shaxs psixik taraqqiyotining muammolari bilan tanishtirish, kasbiy faoliyatga doir masalalarini ongli ravishda tadqiq etish, psixologiyaga doir masalalarning yechimini topishda psixologiyaning imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni qo‘llay olishga o‘rgatishdir.


Fanning vazifasi - talabalarda psixologning kasbiy faoliyati, psixologiya tarixi, psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba ;
- psixolog kasbiy faoliyati, psixologiya fanining predmeti, maqsad vazifalari, psixologiya zamonaviy fanlar tizimida, psixika va uning evolyutsiyasi, ong va uning taraqqiyoti, faoliyatning psixologik tavsifi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari to`g`risida bilimga;
- psixika borasidagi nazariyalarni, shaxs xususidagi kontseptsiyalarni, oliy psixik funktsiyalar borasidagi qarashlarni, xarakterga doir nazariyalarni, qobiliyatlar borasidagi nazariyalarni, emotsional hodisalar nazariyasini, psixologik tadqiqotlarni tashkil qilishni doir qonuniyatlar haqida ko’nikmaga;
- shaxsni o’rganishning metodologik asoslari, ongsizlik muammosi, aqliy operatsiyalarning asosiy turlari, shaxsning bilish jarayonlar, shaxs xususiyatlarini tadqiq qilish yuzasidan malakasiga ega bo‘lishi kerak.

Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari


“Kichik guruhlarda ishlash” metodi


Ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodiqo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan.

Kichik guruhlarda ishlash metodining tuzilmasi


Kichik guruhlarda ishlash metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi. 7. Kichik guruhlar baholanadi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining afzalligi: o‘qitish mazmunining yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;
muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi; vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;
o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining kamchiliklari:
ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi; guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin; guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

    1. jadvali. Barcha ma’ruza darslarida qo‘llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o‘zini kuzatishi, o‘qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo‘yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo‘yadi. Dars so‘ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo‘yadi.

    2. Insert usuli. Bu usul matnni o‘zlashtirishda qo‘llaniladi. Talaba sahifa hoshiyasiga o‘z belgilarini qo‘yib ularga munosabat bildiradi. Masalan: “v” – zarur; “–“ - xato; “+” - yangi; “!” – e’tibor qiling; “x” - ortiqcha; “*” - ko‘chirish kerak; “?” – tushunarsiz va h.k.



    1. Klaster sxemasi


Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo‘llaniladi. Masalan, talaba o‘tilgan mavzu bo‘yicha klaster tuzishi mumkin. O‘rtaga kalit so‘z, tarmoqlarga unga bog‘liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o‘z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Venn diagrammasi O‘rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash, o‘xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo‘llaniladi. Diagrammadagi doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar esa ularning o‘xshash va bog‘liq jihatlarini bildiradi. Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), o‘zaro bog‘liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.

    1. SWOT–tahlil. Bu organayzer talabalarda tizimli fikrlash, taqqoslash, baholash, tahlil qilish, fikrni davom ettirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. SWOT atamasi inglizcha so‘zlarning qisqartmasi hisoblanadi: Strengths – ob’ektning kuchli jihatlari; Weakness – kuchsiz jihatlari; Opportunities – tashqi imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-xatarlari. Talaba yangi qatordan S, W, O, T harflarini yozib yoniga ob’ektning mos sifatlarini yozib chiqadi.

    2. “Baliq skeleti” sxemasi. Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh qismiga – mavzu, yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi.



    1. Aqliy hujum usuli. Bu usul dars mavzusiga oid savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash uchun qo‘llaniladi. Har bir talaba o‘zining shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari – muammoli vaziyat paydo qilish; еchimni topish uchun g‘oya, fikr berish; еchimlar taqdimotini eshitish; еchimlarni solishtirish va tanlash; xulosa qilish.

    2. Esse. Bu mavzu bo‘yicha cheklangan hajmda yoziladigan insho hisoblanadi. Esseda talaba o‘quv materiali bo‘yicha o‘zining shaxsiy fikrini erkin ifoda etadi.

Download 407.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling