Umumiy psixologiya. Mavzu: Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari


Download 0.59 Mb.
Sana21.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1106587
Bog'liq
Taqdimot psixologiya

28-22

Umumiy psixologiya.

Mavzu: Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari

Reja:

•Diqqat turlari va uning xususiyatlari.

•Sezgilar haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari.

•Sezgi turlari va uning qonuniyatlari.


Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqatdeb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi.
Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obyektlari (masalan, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (masalan, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan Diqqat bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat Diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning Diqqatni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. Diqqatning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (masalan, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’olish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo’zg’olishlarga nisbatan, oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuz bergan qo’zg’olish kuchli bo’ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir. Bu esa sub’yekt ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo’naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo’naltirilishning sodda misoli sifatida oriyentatsiya refleksini ko’rsatish mumkin. Xar qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi. Ta’lim jarayonida xam umumiy mexnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan fark qiladi, ya’ni u kishining uz oldiga kuygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan uyushkoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zur berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash xos. Nixoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan fark qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday xodisani diqqatning chalg’ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi. Ta’lim jarayonida xam umumiy mexnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan fark qiladi, ya’ni u kishining uz oldiga kuygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan uyushkoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zur berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash xos. Nixoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan fark qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday xodisani diqqatning chalg’ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi. Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir.
Diqqatning ko’chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya’ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar- o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — Sezgi paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq. Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi.
Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin:
1) ekstroretseptorlar — bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish Sezgilari kiradi;
2) interoretseptorlar — tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga ichak, jigar, oʻpkadagi Sezgilar kiradi;
3) propriretseptorlar — muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari Sezgilarning yuzaga kelishi ma‘lum qonuniyatlarning asosida yuz beradi
Bizni o`rab turgan va mavjud bo`lgan barcha narsa va hodisalar o`zga xos xususiyatlarga ega. Xususiyatlar bu predmetlarning belgilaridir. Belgi bu predmetni boshqalardan ajratadigan omilidir. Xususiyatlar bevosita bizning ongimizda aks etib, bunda sezgi organlari ko`rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri tuyushni roli katta. Bu eng oddiy psixik jarayon bo`lib, narsa va hodisalarning xususiyatlari fizik jarayonlarni sezgi organlariga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning xususiyatlarini alohida-alohida namoyon bo`lishi sezgi deb ataladi. Sezgi paydo bo`lishi uchun nima zarur? 1. Buning uchun biror sezgi organiga ta’sir etuvchi predmet zarur. 2. Sezuvchi apparat zarur.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarining joylashgan urniga qarab sezgilar odatda 3-guruhga ajratiladi. 1. Tashki muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo`lgan eksterotseptiv sezgilar. 2. Tananing ichki a’zolarida va to`qimalarida joylashgan hamda ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptoralarga ega bo`lgan interotseptiv sezgilar. 3. Retseptorlari mushaklarda va paytlarda o`rnashgan propriotseptiv sezgilar: ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi. Ba’zi sezgi turlarida adaptatsiya hodisasi mavjud bo`lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o`zgarishlariga va taassurotlariga moslashish ko`nikish imkoniyatini beradi. Sezgilar doimo ta’sirning kuchiga bog`liq bo`ladi, shuning uchun sezgilar ma’lum chegara ichida hosil bo`ladi. Sezgilar doimo bir-biriga ta’sir etadi va o`zaro munosabatda bo`ladi. Analizatorning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi.
Sezgining paydo bo`lish sxemasini quyidagicha ko`rsatish mumkin: Fiziologik Bosh miyaning Katta yarim sharlar po`stlog`i (po`stloq bo`limi) jarayon Fizik jarayon (qo`zg`alish) Psixik Jarayon – tashqi Markazga qo`zg`alish intiluvchi energiyasini nervlar ongning Markazdan mas’ulligiga qochuvchi aylanadi nervlar
Sezgilarni o`ta miqdorda ko`pligi, hamda tashqi olam energiyasini ong hodisasiga aylanishi haqida aniq fikrlarni I.M.Sechenov bergan. Agar insonni uyg`oq vaqtini o`rta hisobda 12 soat deb olinadigan bo`lsa va har bir faza bo`yicha o`rta sonni oladigan bo`lsak, ko`rish sezgisini 5 qismchalarga bo`lsak, ko`z orqali 8 ming sezgi, quloqdan undan kam emas, muskullar harakatida esa undan ham sezgi yuzaga kelar ekan. Bir haftada u 56 ming, 1 oyda 204 mingni, 1 yilda 2 millionga yoqin sezgi hosil bo`ladi. Idrokda esa doimo idrok etuvchi shaxsning hislatlari uning idrok etayotgan narsalariga munosabati, kishining extiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, istaklari va his – tuyg`ulari u yoki bu tarzda aks etadi. Idrok - bu narsa va hodisalarni bizni sezgi organlarimizga ta’sir etishi asosida ularni yaxlit obrazlarining yuzaga kelish jarayonlaridir. Idrok qiziqishlarimiz va irodamiz bilan qanday darajada bog`liqligiga ko`ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz idrokka ajratilishi mumkin. Ixtiyoriy idrok kuzatishda yaqqol namayon bo`ladi. Kuzatish bu ma’lum anik anglashgan maqsad bilan qilinadigan hamda ixtiyoriy diqqat yordamida amalga oshiriladigan ixtiyoriy rejali idrokdir.
Psixologlarning fikricha inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko`rish, eshitish va tuyush mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo`lib, aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi. Masalan: gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o`sha tarafga qaraymiz. Ism – figura bo`lsa, bozordagi shovqin-suron – fon rolini o`ynaydi. Idrok sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo`lib, unda shaxsning u yoki bu ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi aks ettiriladi. 2. Sezgilar uchun quyidagi xususiyatlar xos – adaptatsiya, sensibilizatsiya, senesteziya.

Eʼtiboringiz uchun rahmat. Xudoyberdiyeva Mahliyo. Umumiy psixologiya. Mustaqil ish.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling