Umumiy va xususi vaziyotdagi tekisliklar Reja


Download 0.56 Mb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1323900
  1   2   3
Bog'liq
Umumiy va xususi vaziyotdagi tekisliklar


Umumiy va xususi vaziyotdagi tekisliklar


Reja:



  1. Tekislik.

  2. Tekislikni chizmada berilishi. 3.Tekislik izi.

4.Umumiy va xususiy vaziyatdagi tekisliklar 5.Proeksiyalovchi tekislik xossalari.

  1. Tekislikka tegishli nuqta va to’g’ri chiziq. 7.Tekislikning bosh chiziqlari.

Tekislik birinchi tartibli sirt hisoblanadi. Chunki u birinchi darajali algebraik tenglama bilan ifodalanadi. Fazodagi tekisliik chizmada quyidagicha beriladi:



    1. bir to`g`ri chiziqda yotmagan uch nuqta bilan;

    2. to`g`ri chiziq va bu chiziqda yotmagan bir nuqta bilan;

v) tekislik geometrik shaklning ortogonal proektsiyalari orqali; g)ikkita parallel chiziqlar bilan;

  1. kesishuvchi chiziqlar bilan;

  2. tekislik izlari bilan berilishi mumkin.







Tekislikning izlari




Fazodagi tekislik proektsiya tekisliklari bilan kesishib, bir nomdagi izini beradi. Р tekislikning Н tekislik bilan kesishgan Рн chizig`i uning gorizontal izi, V tekislik bilan kesishgan Ри chizig`i frontal izi va W tekislik bilan kesishgan PW chizig`i profil izi deb ataladi.
Tekislikning koordinata o`qlari bilan kesishgan nuqtalari tekislik izlarining uchrashuv nuqtalari deyiladi. Bu nuqtalar tekislikning ikkita izining kesishishidan xosil bo`ladi.1

Tekislikning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan chiziqlari tekislikning izlari deyiladi.


P tekislikning H tekislik bilan kesishgan PH=P∩H chizig‘i uning gorizontal izi, V tekislik bilan kesishgan PV=P∩V chizig‘i frontal izi va W tekislik bilan kesishgan PW=P∩W chizig‘i profil izi deb ataladi.
Tekislik shu tarzda berilsa, uni izlari bilan berilgan tekislik deb yuritiladi va
P(PH, PV, PW) tarzida yoziladi.
Tekislikni chizmada izlari bilan tasvirlash ancha qulay va afzaldir. Tekislikning Ox, Oy va Oz koordinata o‘qlari bilan kesishgan nuqtalari Px, Py, Pz bilan belgilanadi, ya’ni Px=P∩Ox, Pu=P∩Oy, Pz=P∩Oz.
Bu nuqtalar tekislikninng ikkita izining kesishishidan hosil bo‘ladi.
Tekislik qanday tarzda berilishidan qat’iy nazar, uning izlarini ortogonal proyeksiyalarda yasash mumkin.






  1. 1 K. Morling “Geometric and Engineering Drawing” Elsevier Ltd. Great Britain-2010. 192

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling