“Umumta’lim muassasalarda zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar” mavzusida


Download 27.64 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi27.64 Kb.
#1241817
  1   2
Bog'liq
Qarshiyev Anvar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA ВА PSIXОLOGIYA FAKULTETI
“ PEDAGOGIKA ” KAFEDRASI
“Pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi ” fanidan

“Umumta’lim muassasalarda zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar” mavzusida


KURS ISHI

Bajaradi: 2-OTM 4-kurs “402”guruh talabasi Qarshiyev.A.T
Ilmiy rahbar: Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Adizova.G.M

TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
KIRISH……………………………….…………………………….……………..3
I BOB. UMUMTA’LIM MUASSASALARDA ZAMONAVIY DARSLARGA QO’YILADIGAN TALABLARNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

    1. Umumta’lim muassalardagi darsning asosiy talablari ………………………

    2. Davlat ta'lim standartidagi dars va an'anaviy darslar o'rtasidagi farqi…………

Bob bo’yicha xulosa………………………………………..…………
II BOB. UMUMTA’LIM MUASSASALARDA ZAMONAVIY DARSLARGA QO’YILADIGAN TALABLARNING ASOSIY TAMOYILLARI
2.1 Darsni tayyorlash, tashkil etish va mazmuniga qo`yiladigan talablarning asosiy yo‘nalish va ko'rsatkichlari …………………………….
2.2 Zamonaviy darsning samaradorlik mezonlari………………………………..
Bob bo’yicha xulosa……………………………………………….…
UMUMIY XULOSA …………… ……………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………….…..

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir.
Yoshlarning iqtidori va salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Iqtidorli o‘quvchilarning yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etilib, unda chet eldagi yetakchi olimlar va professor-o‘qituvchilar jalb qilindi hamda yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’limtarbiya berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqiqlgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022- 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda o‘rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 605 mlrd so‘m ajratilishi, 141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilishi va ularning soni 2026-yil yakuniga qadar 6.4 milliongacha yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2022-yilda Milliy o‘quv dasturiga asosan 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalar yaratish, umumta’lim maktablarida darslik va o‘quv metodik majmualarni tajriba sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimini joriy etish, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish kabi vazifalar belgilab berilgan. Maqolaning keying bo‘limida yuqorida bayon qilingan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ayrim ishlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Kurs ishining maqsadi: Umumta’lim muassasalarda zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablarning ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish va amaliy jihatdan tavsiflash.

Download 27.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling