Umurova Dilobarning 7-8-sinf Geometriya darslarida teormalarni o’rgatish metodikasi


Download 174.37 Kb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi174.37 Kb.
#1328995
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 8 sinf Geometriya darslarida teormalarni o’rgatish metodikasi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA
KAFEDRASI
Matematika o’qitish metodikasi
ta’lim yo’nalishi talabasi
Umurova Dilobarning
7-8-sinf Geometriya darslarida teormalarni o’rgatish metodikasi
mavzusidagi
KURS ISHI

Bajardi: Umurova Dilobar
Ilmiy rahbar: _______________

TOSHKENT – 2022

MUNDARIJA


KIRISH 3
I.BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA GEOMETRIYA O’QITISH USLUBIYATI MASALALARI 6
I.1.Geometriya fanini o’qitishning maqsadlari 6
I.2.7-8-sinflarda geometriya o’kitishning xususiyatlari 9
II.BOB. 7-8-SINF GEOMETRIYA DARSIDA TEOREMALARNI O’RGATISH METODLARI 12
II.1.Teorema va uning turlari mavzusining nazariy asoslari 12
II.2.Teoremalarni isbotlash metodlari 19
II.3.7-sinf Geometriya darsida “Teoremalarni tuzilishi hqida umumiy tushuncha” mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi 24
XULOSA 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 31


KIRISH



Mavzuning dolzarbligi. Dars o‘tish o'qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega.
Dars o‘tish metodlarini tanlashda o‘rganilayotgan maxsus iqtisodiy fanlarning xususiyatidan kelib chiqish zarur.
O‘zbekistоn Respublikasida amalga оshirilayotgan ta’lim sоhasidagi islоhоtlar o‘ziga xоs jamiyati hayotini yangilashda muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatni ijtimоiy iqtisоdiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotining asоsi bugungi kunda ta’lim muassasalarida taxsil оlayotgan yoshlarning bilim darajasi va egallagan ko‘nikmalariga bоg‘liq. Yosh avlоdga ta’lim berish jarayonini samarali tashkil etish, ularga ilmiy bilimlarni berish uchun zarur shart-sharоitlarni yaratish ustivоr yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirоf etilgan. Bu ta’lim sоhasining yuksak darajada rivоjlanishinigina kafоlati bo‘lmay balki xalq xo‘jaligini malakali etuk kadrlar bilan ta’minlash imkоnini ham beradi.
Hоzirgi kunda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kоllejlari matematika kursi dasturini mazmuni va uning bayon qilish metоdlarining asоsiy maqsadi o‘quvchilarning shu fan bo‘yicha egallaydigan bilimlari sistemasini yanada chuqurrоq shakillantirish, ularning bilim оlish jarayonini faоllashtirishdan ibоratdir.
Umumiy o‘rta ta’limda ta`lim olayotgan iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlash va ularning noyob iste`dodini ro`yobga chiqarish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni joriy etish zarurati paydo bo`ladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da qayd etilganidek: «Umumiy o‘rta ta’lim o`quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste`dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo`nalishlari bo`yicha o`z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o`zlaridagi noyob iste`dodni ro`yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratildi».
Ushbu yo`nalishlarda dunyoning turli mamlakatlari mutaxassislari kabi Respublikamiz mutaxassislari ham samarali izlanishlar olib bormoqda. Ular tomonidan turli tavsiyalar, maxsus psixologik, pedagogik testlar, iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlashga mo`ljallangan maxsus o`quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar, o`quv ijodiy, tarbiyaviy muammolar yechimlari ishlab chiqilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida» gi qonuni, «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» ham ana shu maqsadlarni ko`zlaydi.
Bu hujjatlarda bayon etilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, 1-navbatda, jahon andozalariga teng kela oladigan yangicha ta`lim mazmunini va unga mos o`qitish metodlarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Jamiyatning ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida bozor iqtisodiyoti vazifalarini hal eta oladigan avlodning intelektual potensialiga bo`lgan ehtiyojini qondirish, avvalo, maktabning ta`limiy funksiyasini, ya`ni o`quvchilarni fan asoslari bo`yicha chuqur va puxta bilimlar bilan qurollantirishni, ularda zaruriy bo`lgan bilish va amaliy faoliyat ko`nikma va malakalarini shakllantirish, shuningdek ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ishlarini takomillashtirishni talab etadi.
Ma`lumki, maktabda o`qitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar o`quvchilarga matematik tushunchalarni to`g`ri shakllantirishga, uni o`rab turgan muhitning o`zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o`rganilayotgan nazariy qoidalarni qo`llanish, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog`lanishlarni o`rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar yechish o`quvchi tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.

Download 174.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling