Universiteti fakulteti guruh talabasi
Download 0.6 Mb.
|
Elektron kalit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Elektron kalit
- Foydalanilgan adabiyotlar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI ___________________________ UNIVERSITETI _______________________________FAKULTETI _________________________GURUH TALABASI ______________________________________NING _____________FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Elektron kalit BAJARDI:______________ QABUL QILDI: __________ __________________________-2022 Mavzu: Elektron kalitReja: Elektron kalit haqidaO‘zbekiston Respublikasida kalit haqida qonun O‘zbekiston Respublikasining elektron kalit bo‘yicha davlat standartiXulosa Foydalanilgan adabiyotlarElektron raqamli imzo nima? Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi. Elektron raqamli imzo nimaga kerak? Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi bilan o‘ziga xosdir. Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha? Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur. Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi? ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin? Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi; Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti; Davlat bojxona qo‘mitasi; Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi; Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi; “INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi. Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin. Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin? Bundan buyon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari ham topshiriladi. Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi bo‘lsangiz, Yagona portaldagi “Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish” xizmatidan foydalaning. Yoki ushbu havolaga kirib, shu yerdan xizmat ko‘rsatuvchini tanlang. Xizmatni ko‘rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi? O‘rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti sertifikatini berish bo‘yicha to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan ariza; Arizachining pasport nusxasi; Xizmat ko‘rsatish uchun ariza tomonidan to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolagan shartnoma; Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun to‘lov to‘langanligi kvitansiyasi yoki to‘lov talabnomasi. Har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqa qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. ERI olish uchun uni olayotgan shaxs tomonidan eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi. Buni Click, MBANK, UPAY to‘lov tizimlari orqali onlayn ham amalga oshirish mumkin. Natija Arizachiga elektron hujjat ko‘rinishida va qog‘oz shaklidagi hujjat ko‘rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlari beriladi. Infografika: Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron kalitning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o`zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron kalitning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo`qligini aniqlash va elektron kalit yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron kalit qog`oz hujjatga shaxsan qo`yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron ma’lumotlarni kriptografik o`zgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron kalit ma’lumotlar blokiga qo`shib qo`yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma’lumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo`li bilan kalitdan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo`yganlar. Elektron kalit kalitlari sertifikatlari ro`yxatga olish markazlari tomonidan beriladi Bugungi kunda butun jahonda bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda.Aloqa sohasida ham axborot texnologiyalari yangi pog'onaga ko'tarilmoqda. Bu o'rinda elektron pochta, elektron hujjat alohida ahamiyatga ega. Elektron pochta o'zaro bog'langan kompyuterlar tarmog'i yordamida matbuot xabarlari (matn, rasm, chizma) va hatto tovushli axborotni foydalanuvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u istalgan vaqtda kerakli ma’lumotni izlash va undan foydalanish imkonini beradi. Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron kalit bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo'lgan axborotdir. Elektron hujjat quyidagi tushunchalarga asoslanadi: elektron kalit – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron kalitning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron kalitning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron kalit yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron kalitning yopiq kaliti - elektron kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo'yuvchi shaxsning o'ziga ma’lum bo'lgan va elektron hujjatda elektron kalitni yaratish uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron kalitning ochiq kaliti - elektron kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron kalitning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron kalitning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron kalitning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron kalitning elektron hujjatda elektron kalit yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligi tekshirilgandagi ijobiy natija. Uzoq masofadan televizion tasvirlarni qabul qilish, uzatish yoki dunyodagi barcha davlatlar bilan telefon aloqasini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan Yer sun’iy yo'ldoshlarining ishlari ham kompyuter va maxsus dasturga asoslanganligi sir emas. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling