Universiteti ro’yxatga olindi №


Download 351.2 Kb.
bet1/13
Sana21.04.2023
Hajmi351.2 Kb.
#1373474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xalq musiqasi,òzbek musiqiy folklori


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATISIYALAR VAZIRLIGI
______________________________________ UNIVERSITETI
____________________________________________

Ro’yxatga olindi №__________ Ro’yxatga olindi №__________
_____” ____________23 y. “_____” ____________23 y.

_____________________________“ KAFEDRASI


_____________________________ “ FANIDAN
KURS ISHI Mavzu:____________________________________________________________
________________ fakulteti, __________________guruh talabasi
Bajardi:__________________________
Tekshirdi:_________________________
2023
MUNDARIJA

Kirish….………………………………………………………………………….3
I BOB.O’ZBEK XALQ FOLKLORI ……………………………....................6
1.1 O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari ...........…………….7
1.2 Marosim qo’shiqlari…………………………………..……….……………14
II Bob. O’ZBEK MUSIQASIDA MAHALLIY MUSIQIY USLUBLAR…………………………………………………………...….……..18
2.1 O’zbek xalqining musiqiy merosi…………………...……………………..18
2.2 Xorazm musiqa uslubi.......................................…………………………..21
Xulosa……………………………………………………………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar ……….……………………………………………26
Mavzu: Xalq musiqasi, O’zbek musiqiy folklori.
KIRISH
Folklor haqidagi fan – folklorshunoslik bo’lib, xalq og’zaki ijodiyotining so’z san’ati sifatidagi xususiyatlarini, folklorning paydo bo’lishi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini, undagi ijodiy jarayon va yashash tarzi qonuniyatlarini, hayotiy mazmuni, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati, badiiy o’ziga xosligi, janrlarining bo’linishi, shuningdek, yozma adabiyot bilan munosabati – o’zaro ta’siri, aloqalari va tipologiyasi kabi masalalaridan bahs yuritadi. Folklorshunoslik ilmi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis – folklorshunos deb yuritiladi. Folklorshunoslik sotsiologiya, etnografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, san’atshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda ish ko’radi.
Chunki, folklor sinkretik so’z san’ati sifatida san’atning barcha turlari bilan chambarchas bog’langan. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik fani bilan ham uzviy aloqadorlikda ish ko’rsa – da, ular o’rtasida bir – biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud. Masalan, folklor asarlarining g’oyaviy – estetik tahlili folklorshunoslik qonuniyatlari talabi bilan amalga oshirilsa, badiiy adabiyot tahlili adabiyotshunoslik qonuniyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda adabiyotshunos o’zi o’rganayotgan muammoga daxldor aniq va tayyor materialga ega bo’lsa, folklorshunos bunday imkoniyatga ega emas. U o’rganishga kirishgan muammosiga taalluqli materialni xalqdan yig’ishni boshlaydi. Bu jarayonning o’ziga xosligi va qiyinchiligi shundaki, u folklorshunosdan uzoq muddatli yig’uvchilik faoliyati bilan shug’ullanishni taqazo etadi. Yozib olingan u yoki bu folklor asarining qay marosimga daxldorligiga, kuyiga, tilining jonliligiga e’tibor berishni ham u diqqat markazida tutmog’i lozim. Buning uchun o’sha to’plovchining o’zi shu sohalardagi bilimlardan xabardor bo’lmog’i shart. Shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda “O’zbek xalq og’zaki ijodi” kursini universitet va institutlarning O’zbek filologiyasi, Jurnalistika fakultetlarida o’qitish boshlab yuborildi .
Xalq og’zaki ijodining barcha turlari o’ziga xos ko’rinishga egadir. Ushbu o’ziga xoslikni biz xalq qo’shiqlari misolida ko’rib o’tamiz. Qo’shiqlar har bir xalqning eng betakror ijod mahsulidir. Chunki, unda xalq ma’naviyati, saviyasi, turmush darajasi yaqqol ifoda etiladi. Shu jihatdan bu janrni betakror deyish o’rinlidir. Shu jihatlarni inobatga olib ilmiy-tadqiqot uchun ushbu mavzu tanlandi. Xalq og’zaki badiiy ijodining bir turi bo’lib hisoblanmish qo’shiq ham turmushni, ham kishilarning turmushdan olgan taassurotlarini, orzu-umidi, his-tuyg’ularini o’zida aks ettiradi. Qo’shiq turmushda ro’y bergan ijtimoiy hodisalarga hozirjavoblikdir. Qo’shiq san’atning insoniyat tomonidan eng oldin O‘ylab topilgan turi deb taxmin qilinadi. Rivoyat qilishlaricha, yer yuzidagi birinchi qo’shiq Hobil ismli o’g’li o’lganda Odam Ato tomonidan aytilgan marsiya bo’lgan ekan. Darhaqiqat odamzod tug’ilgan kunidan boshlab alla eshitadi, o’lganda esa yig’i bilan kuzatiladi. Xalq qo’shiqlarni qayg’uli chog’da ham, shodu xurramlik paytida ham ijod etib, kuyga solib aytadi. O’zbek xalqi orasida “ Kuygan ham qo’shiqchi, suygan ham qo’shiqchi ” yoki “ Suygan qo’shiqchi bo’lar, kuygan o’lanchi bo’lar” degan ta’birlar maqol sifatida yuritiladi. Qo’shiq poeziyaning eng ko’p tarqalgan va eng qadimgi turlaridan biridir. O’zbek musiqa folklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir. Qo’shiq kishining ongi va hissiyotlariga ta’sir etish qudratiga ega. Aksariyat qo’shiqlarda xalqning urf –odati, milliy an’analari, axloq normalari o’z aksini topgan. Xalq qo’shiqlarida voqelik garchi yakka shaxsning kechinmalari aks ettirilsa-da , biroq bu kechinmalari orqali ommaning, ko’pchilikning his – tuyg’ulari bilan uyg’unlashgan holda namoyon bo’ladi. Qo’shiqlar xalq ma’naviyatining, ijodkorining buyuk qudratini, mehnatkash omma irodasining bukilmasligini ifodalaydi. Kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlikka, insonparvarlikka, do’stlikka va vafodorlikka chorlaydi. Qo’shiq qaysi tarixiy sharoitda, qanaqa munosabat bilan yaratilgani – uning ruhiyatidan bilinib turadi. Ozbek xalq qo’shiqlari yaxlit tizim holida shakllangan bo’lib, shakliy xilma – xilligi bilan ajralib turadi.
Kurs ishining dolzarbligi. Kurs ishining dolzarbligi shundan iboratki, kurs ishi ustida ishlash davomida talaba “O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan olgan nazariy bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga erishadi. Bundan tashqari talaba o’z ustida ishlab izlanadi, olgan bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Kurs ishi ustida talaba mustaqil izlanib bilimlarni yanada chuqur egallaydi.

Download 351.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling