Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 211-iqtisod guruh talabasi Ismailov Diyorbek Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi


Download 1.13 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1291292
Bog'liq
makro

Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 211-iqtisod guruh talabasi Ismailov Diyorbek Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi

Urganch-2023

Mavzu:O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati

  • Reja:
  • 1.Kirish.
  • 2.Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul kredit siyosatining o’rni.
  • 3.Pul kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi
  • 4.Pul kredit siyosatining transmission(o’tkazish) mexanizmi

Pul-kredit siyosati haqida

  • Pul kredit siyosati deganda,to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora tadbiridir.Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va u Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.

Pul-kredit siyosatining maqsadi:

  • Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda pirovard maqsadi iqtisodiy o’sish,to’liq bandlik, baholarni va to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat

2-reja:

  • Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo’lib,iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko’rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o’sishni ta’minlash,ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholi yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi.

Inflyatsiya lotincha ‘’inflatio’’ so’zidan olingan bo’lib, ‘’bo’rtish,ko’tarilish’’ degan ma’noni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy drajasining oshishi tushuniladi.Mamlakat pul birligi xarid qobilyatining pasayishi davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi

MDH davlatlaridagi inflyatsiya darajasi:

Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar mutanosibligini kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi

.

Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi

  • Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo’llanilayitgan usullar:
  • 1.monetar targetlash
  • 2.inflyatsion targetlash
  • 3.valyuta kursini targetlash

Monetar targetlash

  • ,,Target’’ so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, ,,maqsad’’ degan ma’noni anglatadi.
  • Ushbu usulda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari,rezerv pullar va pul massasi hajmlari o’zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi
  • Monetar targetlash 1970-1980-yillarda AQSh,Kanada,Buyuk Britaniya,Germaniya,Shvetsariya va boshqa rivojlangan davlatlarda faol qo’llanilgan

Valyuta kursini targetlash

  • Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayriboshlash kursini past va barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog’lashni nazarda tutadi.
  • Ushbu rejim iqtisodiyoti eksport, ayniqsa xom-ashyo tovarlari eksportiga bog’liq bo’lgan mamlakatlarda faol qo’llaniladi.

davomi

  • Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali pasaytirish imkonini beradi.
  • Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.

Inflyatsion targetlash rejimi

  • Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o’zgaruvchanligi va inersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib,o’rta muddatli istiqbolda barqaror va muvozanatli iqtisodiy o’sishga erishish uchun qulay sharoitlarni yaratadi
  • Ushbu rejimda markaziy bank tomonidan inflyatsiya darajasini maqsadli kamaytirish miqdori belgilanadi va barcha amaliy dasturlar shunga qaratiladi.

Davomi

  • Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989-yilda Yangi Zelandiya amaliyotiga joriy qilingan.Bugunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlri jumladan Avstraliya,Argentina,Brazilya,Gruziya,Hindiston,Yaponiya kabi davlatlar keng foydalanmoqdalar.
  • MDH davlatlari orasida Armaniston va Rossiya ushbu rejimni qo’llamoqda

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Finlit.uz
  • Cbu.uz/monetary-policy/
  • Axmedov D.Q , Ishmuhammedov A.E ,,Makroiqtisodiyot’’

!

  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling