Urganch davlat universiteti kimyoviy texnalogiyalar fakulteti


Download 0.66 Mb.
bet1/17
Sana24.07.2020
Hajmi0.66 Mb.
#124683
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ERKAYEVA DILNOZA




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYOVIY TEXNALOGIYALAR FAKULTETI

181 BT-GURUH TALABASI ERKOYEVA DILNOZANING ELEKTR INJINIRING FANIDAN


KURS ISHI

Mavzu: Asinxron mashinalar.asinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi.















MAVZU:ASINXRON MASHINALAR.ASINXRON MOTORNNG TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI

MUNDAREJA:

KIRISH


1-BOB ASOSIY QISM

1.1Asinxron dvigatelning tuzilishi.

1.2Asinxron dvigatelining ish prinsipi

1.3 Asinxron dvigatellarni ishga tushirish

2-BOB XISOBLASH

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.



































Uzg.

Var.

Хujjat.

Imzо

sana

Bajardi













Bоsqich

Varaq

Varaqlar

Tеkshirdi













Q. qildi






















Kaf. mud.










KIRISH

Insonlar qadim zamonlardan buyon elektr xodisalarini amalda kơrib, uni ơrganib, xatto undan foydalanib kelgan, lekin to 19-asrning ơrtalarigacha elektr va magnit maydonlari aloxida ơrganib kelingan va aloxida xodisalar deb qaralgan. 1820 yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga tasirini ơrgangandan sơng elektr va magnit maydonlari yagona fizik xodisaning ikki tomoni ekanligi isbotlandi va elektr soxasida amaliy ishlar avj olib ketdi. 1831 yilda Faradey elektromagnit induksi xodisasini kashf e tdi. Shu davrdan boshlab elektrotexnika taraqqiyotida engi tezkor suratlar bilan rivojlanish bosqichi boshlandi.Faradeyning elektromagnit induksi qonuni asosida Maksvell ơzining mashxur elektromagnit maydon nazariyasini yaratdi, Gers elektromagnit tơlqinlarni amalda ơrganishga asos soldi. Ana shu tariqa 19-asrda sanoatda elektrotexnikasi paydo bơla boshladi. Elektr energiyasidan eng avval yoritish va telegrafda foydalanildi, sơngra chơğlanma tolali lampalar, elektr generatorlari, dvigatellari paydo bơldi.



19 - asrning 80- yillarida ơzgaruvchan tok generatorining, ayniqsa mashxur rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan uch fazali tok ishlab chiqarishning ixtiro qilinishi elektrotexnika taraqqiyot va uning jamiyat hayotiga kirib borishida na bir yangi bosqichni boshlab berdi. Shundan sơng barcha davlarlarda intensiv ravishda elektrlashtirish ishlari avj olib ketdi. Elektrostansiyalar qurilishi, uning quvvatini oshirish jadal rivojlanib bordi. Agar 19-asrning oxirida eng katta issiqlik elektrostansi larining quvvati 50 MVt bơlgan bơlsa, 20-asrning 40-yillarida ularning quvvati 250 MVt gacha etdi, 60-yillarda esa 600 MVt gacha ortdi, xozirgi kunda esa ơnlab GVt ni tashkil qiladi.Elektrostansiyalarning quvvati ularda ơrnatilgan yakka generatorlar quvvati bilan aniqlanadi, agar 20-asrning boshlaridagi dastlabki gidrogeneratorlarning (gidroelektr stansiyalari uchun mơljallangan generat quvvati 2 MVt bơlgan bơlsa, hozirgi kunda energetika tizimlarida 800 MVt va undan ortiq quvvatli gidrogeneratorlar, 1200MVt quvvatli turbogeneratorlar ishlab turibdi. Mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlash hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham eng dolzarb masala hisoblangan. Bugungi kunda, sir emaski, sanoat taraqqiyoti va aholining turmush darajasi elektro energetika taraqqiyoti bilan boğliq. Shunday qilib, elektrotexnikaning taraqiyoti bosqichlariga nazar solsak, uning rivojlanishi hayotiy extiyojlardan kelib chiqishini kơramiz. Ayniqsa, bugungi, texnikaning intensiv taraqqiyoti davrida jamiyat taraqqiyoti va hayotiy extiyojlar elektro energerika oldiga yangi talablar qơymoqda. Bular e lektr energiyasiga bơlgan ehtiyojning tinimsiz ortishi, elektr energi ta'minotining sifat darajasiga bơlgan talablar (uzluksizligi, kuchlanishning me'yorda bơlishi), uning narhi, ekologik va xavfsizlik va hokazo boshqa talablardir.


































Uzg.

Var.

Хujjat.

imzо

sana

Bajardi













Bоsqich

Varaq

Varaqlar

Tеkshirdi













Q. qildi






















Kaf. mud.












1.1Asinxron dvigatelning tuzilishi.

Elektr dvigatellari orasida eng kơp tarqalgan dvigatel uch fazali asinxron dvigateldir. Bu dvigatelni birinchi bơlib M.O.Dolivo-Dobrovolskiy ixtiro qilgan. Asinxron dvigatelning paydo bơlishiga aylanuvchi magnit oqimini hosil qiluvchi qurilmalarni yaratish imkonini bergan uch fazali tok sabab bơldi. Ularning asinxron deb atalishining sababi dvigatelning aylanuvchi qismi rotor magnit oqimi tezligiga ega bơlmagan, ya'ni u bilan sinxron bơlmagan holda aylanadi. Uni aylanish tezligini doimiy saqlash zarur bơlmagan ishlarda, shuningdek, bir fazali qilib kichik quvvatlarda ishlatish mumkin. Bu lektr dvigatelning tuzilishi sodda bơlib, boshqa dvigatellarga qaraganda ishlatish ishonchli va arzondir. Har qanday elektr mashina, jumladan, asinxron dviatel ham qaytuvchanlik xossasiga ega bơlib, ham generator (mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi), ham dvigatel bơlib ishlaydi. Bir qancha katta kamchiliklari borligiga kơra asinxron generatorlar amalda deyarli qơllanilmaydi. Har qanday elektr mashinasi kabi, asinxron dvigatel ham ikki asosiy qismdan, stator va rotordan iboratdir. Dvigatelning qơzğalmas qismi stator aylanadigan qismi esa rotor deb ataladi. Stator tashqi pơlat tana va unga presslangan pơlat ơzakdan iborat. Stator tanasi-ning sovutiladigan sirti kattaroq bơlishi uchun, u qirrali qilib saladi. Ơzak shtamplangan bơlib, bir-biridan lak bilan izolyatsiyalangan pơlat listlardan yiğiladi. Pơlat ơzakning ichki tomonida ariqchalari bor. Bu ariqchalarga statorning uch fazali chulğami joylashtiriladi. Stator ichiga mashinaning aylanuvchi qismi - rotor joylashtiriladi.Rotor ơzagi ham ingichka pơlat tunukalardan yiğiladi. Rotor ơzagining tashqi tomonida ariqchalari bor. Bu ariqchalarga rotor chulğami joylashtiriladi. Rotor chulğamlarining turiga qarab, asinxron dvigatel rotori qisqa tutashgan va fazali rotori dvigatellarga bơlinadi. Qisqa tutashtirilgan rotorning ariqchalarda joylashgan chulğami, mis yoki alyuminiy sterjenlardan iborat bơladi. Bu sterjenlar rotorning ikki tomonidan mis yoki alyuminiy halqalarga qisqa tutashtirilgan bơladi va ơzaksiz kơrinishda bunday chulğam «olmaxon ğildiragi»ni eslatadi. Fazali rotor uch fazali asinxron dvigatelning stator tuzilishi rotori qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatelning statoriga ơxshaydi. Fazali rotor chulğami stator chulğamiga ơxshaydi va uning uchlari uchta mis halqalarga ulanadi. Bu halqalarga dvigatelni yurgizish yoki tezligini rostlash uchun qơshimcha qarshiliklar (reostatlar) ulanadi.

STATOR CHO’LG’AMI Stator chulğamining tuzilish prinsipi uchta qơzğalmas ğaltaklar AX, VY, SZ statorning ichki yuzasida joylashgan va bir-biriga nisbatan 120ga siljigan bơladi.Lekin asinxron dvigatelning haqiqiy chulğami murakkabroqdir. Har bitta faza seksiyalardan iborat.. Seksiyalarning EYKlarini bir-biriga qơshish uchun ularni bir-biri bilan ketma-ket ulanadi. Seksiyalarning barcha simlari birgalikda izoliyatsi qilinadi va kelgusida seksiya uning ơramlari sonidan qat’i nazar bir ơramli qilib tasvirlanadi. Seksiyalarning barcha aktiv tomonlari ariqchalarga ikki qatlam qilib joylashtiriladi. Stator ariqchalarning soni quyidagicha hisoblanadi:





Uzg.

Var.

Хujjat.

imzо

sana




Varaqlar

Bajardi














Tеkshirdi











Bunda: 2p- qutblar yoki qutb bơlimlari soni (qutb bơlimlari deb, ikkita yonma-yo yotgan turli nomdagi qutblarning ơrtalari orasining doimo 180 l.grad.ga teng bơlgan masofasiga aytiladi); m- chulğam fazalari soni, n - qutb va fazaga tơğri keladigan ariqchalar soni, ya'ni har bir fazaning har bir qutb bơlagiga band bơlgan ariqchalari soni. Agar, bơlsa, stator ariqchalarining soni ga teng bơladi. Agar chulğam ikki qatlamli bơlsa, unda seksiyalarning soni ham 12 ga teng bơladi. Har bitta fazaga ta seksiya tơğri keladi. Bu seksiyalar ketma-ket ulangan ikkita ğaltak hosil qiladi. Ular qutblarning turli nomdagi ta'sir doirasida joylashgan.Aylana yoyilmasida ikki qutb bơlinmasi ning ta'sir doirasi kơrsatilgan. Har bir qutb bơlimida har bir faza ikkita ariqchani egallaydi, ya 'ni deb fazalarning boshlari, deb fazalarning oxirlari belgilangan. Agar 1 va 2- ariqlari fazaga tegishli deb olinsa, u holda xuddi shu fazaning kelgusi ikki ariqchasi ikkinchi qutb bơlimida bơlishi, ya'ni 180 l.grad.ga surilgan (7 yoki 8 ariqchalar) bơladi, chunki . Demak, fazaga 5,6 va 11,12 ariqchalar tegishli bơladi. fazaga 9,10 va 3,4 ariqchalar tegishli. Faza EYKni olish uchun ğaltaklarni tashkil qiladigan seksiyalar ketma-ket, ğaltaklar esa bir-biriga qarama-qarshi ulanadi. Masalan, fazaning EYK:

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling