Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 323.78 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi323.78 Kb.
#1736418
  1   2   3   4
Bog'liq
Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI

BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI

3-kurs 202-guruh talabasi

Axmadjonova Lobarning

Matematika o‘qitish metodikasi

fanidan tayyorlagan

Kurs ishi



Mavzu: Boshlang‘ich 2-sinflarda matematikadan rasm, sxema, chizma shaklda berilgan topshiriqlar va ularni yechishga o‘rgatish metodikasi


Topshirdi: Axmadjonova L.
Qabul qildi: Xudayberganov G‘.
MUNDARIJA:

KIRISH
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARIDA RASM, CHIZMA, SXEMA SHAKLIDA BERILGAN MASALALARNI VA ULARNI YECHISHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlang‘ich sinflarda masala yechishning umumiy masalalari
1.2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida rasm, chizma, sxema shaklidagi masalalar
II BOB. 2-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA RASM, CHIZMA, SXEMA SHAKLIDA BERILGAN MASALALARNI YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI
2.1. 2-sinf matematika darslarida arifmetik mazmundagi rasm, chizma, sxema shaklida berilgan masalalarni yechishga o’rgatish metodikasi
2.2 2-sinf matematika darslarida algebraik mazmundagi rasm, chizma, sxema shaklida berilgan masalalarni yechishga o’rgatish metodikasi
2.3. 2-sinf matematika darslarida geometrik mazmundagi rasm, chizma, sxema shaklida berilgan masalalarni yechishga o’rgatish metodikasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
‘‘Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi,’’—Prezident SHavkat Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi,’’- Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Davlat ta’lim standartida o‘quvchilarning har biriga ta’lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish, har birining yuqori natijaga erishishlarini rag‘batlantirish va shu orqali o‘quv- bilim jarayonining farqli tashkil etilishini ta’minlash uchun da’vat etilgan. Davlat ta’lim standartlarining o‘quv fani bo‘yicha, ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqarilishi o‘quv fanlarining variantini tanlash asosida o‘quv metodik majmualar boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang‘ich sinflarda rasmli,chizma,sxemali topshiriqlarni bajarishdagi bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va o‘quv fanlariaro uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv fani bo‘yicha o‘quv - metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o‘quv fanlariaro bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarni bog‘lanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika darsliklarida rasmli,chizmali,sxemali topshiriqlar asosiy o‘rinni egallaydi. I-IV sinflarning yangi dasturida matnli masalalardan ko‘ra rasmli,chizmali,sxemali masalalarning berilishi ancha ko‘p bo‘lib, bu dasrlikning yanada samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Manashu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan ,,Milliy dastur”ning ishlab chiqarilish jarayonida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 1-2-sinfdagi matematika darslari umumiy o‘rta ta’lim maktab matematika fani uchun asos, poydevor ekanligi, bu sinflarda matematika o‘qitishning eng zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarmoq zamon talabi ekanligini, chunki aynan shu sinflarda o‘quvchilarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo‘lgan tushunchalar sindirilishini ta’kidlab o‘tganlar.
Shu asosda darsliklarni tayyorlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini alohida e’tiborga olish,xalqaro tajribalarga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga o‘zgartirishlar kiritildi.Xalqaro baholash tizimlari TIMSS, PIRLS, PISA, TALIS lardan namuna olgan holatda ,shularga o‘xshash tazrda darsliklarni yaratish va o‘quvchilarni testlarda beriladigan muhitga tayyorlash,ko‘-nikmalar hosil vazifalari maqsad qilib olindi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika darsliklarini yanada mukammallasshtirish, o‘quvchilarga bilim berish barobarida ularning tasavvur olamini kengaytirish, olam, borliq va undagi narsalar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish, masalalar yechish jarayonida masala shartini aniq tushunishi uchun, tasavvur olamida shakllantirgan holatda unga yechim izlashi, yechim topishi uchun masalalarni rasm, chizma va sxemalar yordamida berish juda katta samara beradi. Shuningdek, masalalarni rasmlar, chizmalar, sxemalar yordamida tasvirlash o‘quvchilarda chizma bilan ishlay olish, sxemalar tuza olish qobiliyatlarini shakllantirishga va rivojlantirishga katta yordam beradi. Masalalarni yechish jarayonida o‘quvchiga hayoti davomida uchratmagan predmet, masalan : buldozer yoki g‘alla o‘rish mashinasi kabi narsalarni rasmini keltirish orqali ularning masalani aniq tushungan holatda yechishlari uchun yordam beradi. Boshlang‘ich sinflar aniq tasavvur paydo bo‘lgandagina masalani yechish jarayoniga o‘tishadi, agar ular bu kabi to‘siqqa ya’ni , masala shartini tushunish-masa ular yechish jarayoniga o‘ta olishmaydi va bu ularda sinfdoshlaridan orqada qolishlariga sabab bo‘ladi.

Download 323.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling