Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 323.78 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi323.78 Kb.
#1736418
1   2   3   4
Bog'liq
Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang

Mavzuning maqsadi: Boshlang‘ich sinf darsliklarida masalalarning rasm, chizma, sxemalar shaklida berilishining ahamiyatini yoritib berish bilan bir qatorda ular yordamida tasvirlangan masalalarni yechishga o‘quvchilarni o‘rgatish, sxemalar bilan ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirgan holatda o‘zlari ham masalalarni rasm, chizma, sxemalalar yordamida tuza olishlariga o‘rgatish , masalalarni yechish jarayonida qanday interfaol metodlardan foydalanish kerakli haqida ma’lumotlar berish, namunaviy masalalar yordamida masalalar yechish uchun bir nechta metodlar keltirish va ularni qo‘llay olish va o‘quvchilarga buni yetkaza olish yo‘llarini izlash.
Mavzuning vazifasi:
- Boshlang‘ich sinf matematika darslarida sodda va murakkab masalalar yechishga o’rgatish
- Boshlang‘ich sinf matematika darslarida rasm, chizma, sxema shaklidagi masalalarni yechish ko’nikmasini shakllantirish
- 2-sinf matematika darslarida arifmetik mazmundagi rasm, chizma, sxema shaklida berilgan masalalarni yechishga o’rgatish
- 2-sinf matematika darslarida algebraik mazmundagi rasm, chizma, sxema shaklida berilgan masalalarni yechishga o’rgatish
- 2-sinf matematika darslarida geometrik mazmundagi rasm, chizma, sxema shaklida berilgan masalalarni yechishga o’rgatish
Mavzuning obyekti:
1. 2-sinf matematika darsligi
2.

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARIDA RASM, CHIZMA, SXEMA SHAKLIDA BERILGAN MASALALARNI VA ULARNI YECHISHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Boshlang‘ich sinflarda masala yechishning umumiy masalalari
‘‘Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosidagi o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz’’
Nazariy masalalarni yechish amaliyot bilan nazariyani bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki masalalar nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lovchi halqa vazifasini bajaradi. Masalalardan foydalanish o‘quvchilarda dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilib, ularga son, arifmetik amal, kabi abstrakt tushunchalar real hayotdan, amaliy faoliyatdan olinganligiga ishonchni mustahkamlaydi. Masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilar tasavvurini kengaytiruvchi faktlar bilan tanishadilar. Bu bilan ularning farqlash doirasi kengayadi, hamda mashg‘ulot bilan hayot , amaliyot o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatiladi. Masalalarni yechish o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatib, ularda tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish va abstrakt farqlashga ko‘nikmalarni shakllantiradi. Masalalarning tarbiyaviy ahamiyati ham beqiyosdir.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarar ekan, ayni vaqtda, masalalarning o‘zlari ham bevosita o‘rganish obyektiga, shuningdek, ularni yechish zaruriy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi vositaga aylanadi. Masalalarni yecha olish qator o‘zaro aloqador va uzviy bog‘langan qator xususiy (alohida ) ko‘nikmalarni o’z ichiga oladiki, ularni quyidagicha ta’kidlab o‘tish mumkin:
1. Masalani o‘qib chiqib, uni tushunish, ya’ni har bir iboraning ma’nosiga yetib, unda tasvir etilgan holatni ko‘z o‘ngida gavdalantira olish;
2. Masaladagi shart va savol. Ma’lum va noma’lum narsalarni ajratib ola bilish;
3. Masaladagi shart va savol, berilgan va izlanayotgan ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqani aniqlay olish, ya’ni masala matnini tahlil eta bilish va uning natijasi o‘laroq, masalani yechish uchun arifmetik amallarni tanlab olish;
4. Masalaning yechimi va javobini yoza olish.
Bu ko‘nikmalar muntazam va maqsadli amaliyot jarayonida quyidagi bosqichlarda shakllanadi:
1. Tayyorgarlik ishlari ;
2. Masala matnini tushuntirish ishlari;
3. Masalani tahlil etish, uni yechish yo‘lini izlash va yechish rejasini tuzish;
4. Masalani yechimini topish va javobini yozish;
5. Masala yechilgandan so‘ng uning ustida ishlash.
Mashg‘ulotlarning har bir bosqichida o‘qituvchi masalaning mazmuni, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, mashg‘ulotning didaktik va tarbiyaviy hamda o‘zga qator omillarni nazarda tutib, yechishning turli xil metodik uslublaridan foydalanadi. Masalani yechish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha metodik uslublarga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Masala bo’yicha o’quvchi bilan yuzma-yuz suhbat,
2. Masalani ko’rgazmali vositalar yordamida tushuntirish,
3. Masalalarni taqqoslash;
4. Masalani o’zgartirish, o’zgacha shaklga kiritish;
5. Masalalar shartlarida biror ta‘limot yetishmovchi yoki ortiqcha holatidagi matnini tahlil etish;
6. Masalalarni o’quvchilar tomonidan tuzilishi;
7. Masalani boshqa usul bilan yechish;
Masalalar yechish avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilabberilgan nazariy bilimlarini o‘zlashtishtirishlarida muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o‘quvchilarga qo‘shish haqida to‘g‘ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yig‘indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal masala shartidagi qiymatlarni qo‘shish amali orqali bajarib yechishimiz lozim.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo'lib qolsin. Buning uchun o'quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini rivojlantiradigan darajada ko'proq ma'lumotlarni olishga yo'naltirish kerak.
Boshlangich sinflar uchun matematikadan dasturda bolalarni masalalarni yechishga o'rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan o'rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi va o'zlariga ma'lum bo'lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o'rgatish zarurligi ta'kidlangan.
Turmushda sonlar bilan bog'liq bo'lgan cheksiz ko'p hayotiy vaziyatlar vujudga keladiki, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi. Bular masalalardir.


1.2 Boshlang‘ich sinf matematika darslarida rasm, chizma, sxema shaklidagi masalalar

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, shunday rasmli qog’oz lavhachalar orqali masalalar ifodasini tuzish va yechish oson bo’ladi. Oz vaqt ichida ko’p masala yechiladi. O’quvchilar qog’oz lavhalardagi masalaga mos rasmli o’z ko’zlari bilan ko’rib, masalaning mazmunini tez tushunadilar va uni oson yechadilar, fanga qizqadilar, dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi. Matematika o’qitishda tashkil etilgan sodda masalalarni yechish o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, misol va masalalarni yechishni mashq qilish,


matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan faoliyat turlaridan biridir. Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir paytda boshlang’ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan an’anaviy usulda o’qitish emas, balki o’quvchilarning o’qishga, bilim o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga
qaratilgan o’qitishning noan’anaviy shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishdek
muhim vazifalar qo’yilgan. Masala ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik atamalar tiliga o‘tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv shaklida ifodalash kerak.
O‘quvchi rasmni o‘rganish, u bilan ishlash jarayonida masalada yashiringan qonuniyat bilan tanishadi, uni amalda qo‘llagan holatda to‘g‘ri – xato ekanligini tekshiradi va javoblar varaqasiga shartni to‘liq o‘qigan holatda, uni to‘g‘ri tushungan holatda javob beradi. Masalaning bunday rasm shaklda berilishi masalani tushunishni osonlashtiradi. Masalan ,agar uni matn shaklida berilganida, uni tushunish qiyin kechardi, xonada qancha o‘quvchi bo‘lsa shuncha xil masalada berilganlar tasviri hosil bo‘lardi va javob mavhumlashib ketardi.
Bundan ko‘rinadiki, shunday masalalar borki,ularni tasvirlarini ko‘rmasdan o‘quvchida u haqida tasavvur paydo bo‘lishi qiyin kechadi yoki tasavvurning turli shakllari paydo bo‘ladi va javobni topish mushkul bo‘lib qolishi mumkin.
Masalalarning rasm,chizmalar sxemalar shaklida berilishi o‘quvchilarda yuqorida ko‘rib o‘tilgan vaziyatlarda ularga yordam beradi, tasavvur olimini kengaytiradi, xalqaro test sinovlariga tayyorlanishlari uchun,kuchli raqobatchi bo‘lishlari uchun yordam beradi.


Download 323.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling