Urganch innavatsion universiteti


Download 0.58 Mb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1200904
  1   2
Bog'liq
3. KARIMOVA MAHFUZA- ÓRTA OSIYODAGI NEOLIT DAVRI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

URGANCH INNAVATSION UNIVERSITETI


Tarix 22/11-guruh talabasi
Karimova Mahfuza
O’zbekiston tarixi fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’rta osiyodagi neolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish.


Qabul qildi: ________________________________

Topshirdi: ________________________________

Urganch-2023




Reja:

  1. Kirish.



  1. Asosiy qism:



  1. Neolit davri.

  2. Neolit davri umumiy tasnifi va uning asosiy madaniyatlari.

  3. Neolit davri Ibtidoiy manzilgohlari.



  1. Adabiyotlar.


Kishilik tarixi taraqqiyoti tosh davri moddiy madaniyatini o’rganishda tosh davrining yakunlovchi, so’nggi bosqichi bo’lmish neolit davrining ham o’ziga xos o’rni bor. Neolit( yangi tosh asri) davri esa tosh asrining so`nggi, yakunlovchi bosqichi hisoblanib, mil. avv. 6-4 ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Neolit atamasi fanga ingliz arxeologi D.E. Lebbok tomonidan 1865 yilda kiritilgan. Neolit davri jamoalarining ijtimoiy tuzumi masalasiga e‘tibor qaratadigan bo`lsak, hali ibtidoiy urug`chilik davri bo`lib, jamoaviy ishlab chiqarish, mehnat qilishning umumiyligi, barcha sohalarda urug` mulkchiligining hukumronligi bu davrning asosiy xususiyatlari bo`lgan. Shuning uchun ham neolit davri fanda matriarxal urug`chilik tartiblarining gullagan davri hisoblanadi. Neolit davrida kemasozlik, tuqimachilik, tikuvchilik, kulolchilik paydo bo’ladi. Shu boisdan bo`lsa kerak, ayrim arxeologlar hatto neolit davrini «sopol davri» deb atashni taklif qilib chiqqan edilar. Tosh qurollarni yasash va ularga ishlov berish ishlari o’z rivojining chuqqisiga chiqadi. Mehnat vositalarni takomillashtirish, xususan tosh, suyak va yog’ochga ishlov berish an‘anaviy uslublari yuksak cho’qqiga erishadi. Ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan. Mikrolit qurollari esa yanada takomillashgan. Eng muhimi maxsulot ishlab chiqarish xo’jalik asoslari, jumladan dehkonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Bu voqelik shubhasiz, ibtidoiy odamzod ijtimoiy tuzumi, kunlik turmush tarzi, xullas ijtimoiy-iqtisodiy 80 faoliyatining barcha sohalarda keskin, tub progressiv burilishlariga olib kelgan. SHuning uchun bu davrni ingliz arxeologi G.CHayld «neolit inqilobi» atamasi bilan fanga kiritgan bo’lib mutaxassislar tomonidan adabiyotlardan keng qo’llanilib kelinmoqda. Keyingi 3 ming yillik davomida odamzodning jamiyati, urug’chilik jamoasi takomillashdi, oila mustahkamlandi va ular barqarorroq faoliyat ko’rsata boshladi. Odamzod iste‘mol qiladigan tabiat maxsulotlari xili ko’paygan, mehnat qurollari soni oshgan. Bu kabi yirik sotsial o’zgarishlar zamirida 1-yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti ro’y bergan Dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Vaqt o’tishi bilan 2-yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqishi esa yanada muhim sotsial o’zgarishlarga olib keldi. Odamlar o’rtasida kasbiy ixtisoslashish ro’y berdi. To’qimachilik, tikuvchilik, kemasozlik, kulolchilik sohalari tez rivojlandi. CHaqmoqtosh ustaxanalari va shaxtalar inson tomonidan yaratilgan innovatsiyalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tog’ va tog’ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida tog’lardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo bo’ladi. Xom ashyo, dastavval tog’ yuzasiga chiqib qolgan tosh xarsanglaridan sindirib olingan, so’ngra qazib chiqarilgan. Buning uchun o’ra va lahmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali neolit davri konlari biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlog’i yaqinida aniqlanib, tadqiq etilgan (mil. av. 5- 3-ming yilliklarga mansubdir.). Neolit davrida ishlab chiqarish iqtisodiyoti takomillasha borgan. Aholining o’troqlashishi jarayoni ro’y berib natijada muqim yashaydigan qishloqlar vujudga keldi. Bu qishloqlar qurilishi, ulardagi imoratlar, ibodatxonalar va vaqt o’tishi bilan ularda mudofaa ahamiyatiga molik devorlar qurilishi uchun shu sohada ma‘lum bilim va tajribaga ega bo’lgan mutaxassis odamlar kerak bo’lgan. SHu sababli kasbiy ixtisoslashgan odamlar toifasi shakllangan. Jamiyat tuzilmalarining murakkablashishi bilan, ya‘ni ekinlar ekilishi, sug’orish inshoatlari, hosilni yig’ib olish, yaylovlar tanlash, imoratlar qurilishi kabi murakkab ishlarni tashkil etuvchi va nazoratini olib boruvchi, diniy e‘tiqod, urfodat marosimlarini boshqarib boradigan malakali, bilimdon, qobiliyatli kishilar jamoadan ajralib chiqa boshlaydi. Bular kohinlar, sardorlar, harbiy kishilar bo’ldi. Iqtisodiy munosabatlarda ham muxim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Umumjamoa mulkchiligi mustahkamlandi, jamoa a‘zolarining, oilalarning maxsus soha bilan ixtisoslashuvi natijasida mahsulotlarni ayriboshlash sodir bo’lib, bu jamoalararo o’zaro iqtisodiy aloqalarini keltirib chiqardi. SHu tariqa asta-sekin jamiyatning dastlabki ijtimoiy-siyosiy elementlari shakllana bordi. Jamoada ijtimoiy tabaqalanish sodir bo’ldi. Sardor, kohinlar, xarbiylar o’zlariga yaxshi xosildor 81 erlar, yaylovlarni tanlab egallay boshladilar, jamoaning boyligi ustidan boshqaruvni va nazoratni qo’lga oldilar. Xullas, jamoaning a‘nanaviy odatlari buzila boshladi.Insonning ma‘naviy dunyosida o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat jarayonida tajriba, ko’nikma va bilim oshib bordi. Atrof - muhit, tabiat hodisalarini odamlar kengroq tushuna borib, ular dunyoqarashlari boyidi. Rassomlik san‘ati, musiqa, raqslar takomillashib bordi. Bu voqeiliklar ma‘lum ma‘noda miflar mazmuni bilan uyg’unlashib ham ketgan. Bu esa kishilarning ongli harakatining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Yuqorida zikr etilgan masalalar neolit inqilobi jarayoni tufayli kelib chiqqan sotsial o’zgarishlar, tom ma‘noda inson innovatsiyalari hisoblanadi. Jahon xalqlari sivilizatsiyalari shakllanishining tarixiy ildizlari ana shu sotsial voqeiliklar zamirida tomir otgan.
Neolit geologik davrlanish bo’yicha asosan golotsenga to’g’ri keladi va bu davr tabiiy iqlim sharoiti, o’simlik va hayvonot dunyosi ham nisbatan hozirgi zamonga yaqinligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, oldingi taraqqiyot bosqichlariga qaraganda, yangi, tabiatan ma‘qul hududlarni o’zlashtirish jarayoni tezlashib aholilar nisbatan, tobora kengroq mintaqalarda yashay boshlaganlar. Xususan, O’rta Osiyo miqyosida mezolit davrining oxiri, neolit davrida odamzod yashashi uchun qo’lay ekologik muhit mavjud bo’lib, bu davrda xususan, janubiy-g’arbiy Ustyurt, Qizilqum ichki hududlari, Zarafshon va Amudaryo qo’yi etaklari ibtidoiy jamoalar tomonidan deyarli o’zlashtirib bo’lingan. Mutaxassislar ta‘kidlashicha, bu vaqtda «Lavlakon namgarchiligi» deb ataluvchi tabiiy iqlim sharoitining vujudga kelganligi yangi mintaqalarni o’zlashtirishga imkon bergan. SHu tarzda ibtidoiy jamoalar turli tabiiy ekologik muhitlarga tushib qolishib, bu holat ular turmush tarzini moslashishi zaruratini taqozo etgan va natijada bu jarayon o’z navbatida turli neolit madaniyatlarining vujudga kelishi sifatida namoyon bo’ldi. O’rta Osiyo hududida neolit davri nisbatan yaxshi o’rganilgan. Bu davr moddiy madaniyatini o’rganishda S.P.Tolstov, A.P.Okladnikov, V.M.Masson, YA.G’ulomov, A.V.Vinogradov, U.Islomov, A.Asqarov, A.Muhammadjonov, M.Djuraqulov, E.Bijanov, R.Sulaymonov, M.Qosimov, T.Mirsoatov, V.A.Ranov, V.A.Jukov, A.G.Amosova, A.YUsupov, G.F.Korobkova, T.G.Filimonova, V.V.Timofeev, N.U. Xolmatov, D.M.Djurakulova singari arxeolog olimlarning tadqiqotlari samarali natijalar berdi. Ko’p yillik tadqiqotlar natijasida O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy mintaqalarida Kopettog’ning quyoshga tushlov soy etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilik madaniyati (Joytun), Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug’ jamoalarining Kaltaminor madaniyati, Hisor tog’ tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor madaniyati, Farg’ona vodiysida Markaziy Farg’ona madaniyati, O’rta Zarafshon 82 vohasida Sazog’on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati ajratilib, ilmiy asoslandi va O’rta Osiyo arxeologiyasi faniga kiritildi. Ayni kunlarda ham O’rta Osiyo sarhadlarida neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. SamDU arxeologlari O’rta Zarafshon vohasida qator neolit yodgorliklarini topishdi, Surxandaryoda To’da neolit makoni, Quyi Zarafshonda Ayoqag’itma neolit yodgorligi tadqiq etilgan. Neolit yodgorliklari tadqiqotida xususan, O’zbekistonda O’zbekistonRossiya, O’zbekiston-Fransiya, O’zbekiston-Polsha, O’zbekiston-YAponiya kabi hamkorlikdagi yirik xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar faoliyat ko’rsatishib, izlanishlarda zamonaviy usullar, texnika, asbob-uskanalar qo’llanilmoqda. Mazkur tadqiqotlar davrning paleoekologik, paleojug’rofik, iqlimiy sharoitlari, inson va tabiat o’zaro aloqalari masalasida shuningdek, neolit davri jamoalari ijtimoiy tuzumi, kunlik turmush tarzi, mashg’ulotlari ma‘naviy kechinmalari, diniy tasavvurlari, san‘ati, turar joylari, madaniyatlar kelib chiqishi ildizlari, jamoalar qo’ni-qo’shnichilik madaniy aloqalari to’g’risida qimmatli ilmiy ma‘lumotlar berdi.
Tutqovul makoni. Tutqovul makoni 1956 yil A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan bo’lib, makonni keyinchalik V.A.Ranov 1963-64 yillar mobaynida atroflicha o’rgangan. Makonning umumiy maydoni 1 gektarga yaqin joyni egallaydi. V.A.Ranov tadqiqoticha, Tutqovul makoni 2a gorizonti mezolit davri jamoalariga tegishli va bu qatlam ustida joylashgan 2-madaniy qatlam esa neolit jamoalari moddiy madaniyatiga tegishlidir. Tutqovul makoni 2-madaniy gorizonti qalinligi 0,4 – 2 metrni tashkil etadi. Bu qatlam arxeologik manbalar asosida 3 ta gorizontga V.A.Ranov tomonidan bo’lingan. 1-gorizont 10-15 sm qalinlikda bo’lib, qoramtir rangli qatlam hisoblanadi. 2-gorizont nisbatan qalinroq va ko’p 86 kvadrat maydon sathida madaniy qatlam o’rganilgan. Bu qatlamdan to’g’ri burchakli, suyri va aylana shaklda bo’lgan o’choq qoldiqlari topilgan. Qizig’i shundaki, o’choqlarning aylanasiga qator qilib toshdan terilgan devorlari ham saqlangan. Ana shu 2- gorizontdan hammasi bo’lib 40 mingdan ortiq tosh buyumlar kolleksiyasi topilgan. Tutqovul makonidan neolit jamoalariga tegishli bo’lgan qimmatli ashyoviy dalillar topilgan. SHuningdek, bu erda ibtidoiy kishilarning yarim erto’la shaklidagi uy-joy qoldig’i topilgan bo’lib, u Kaltaminorliklar chaylasiga o’xshash qiyofada bo’lgan. Bu makondan topilgan qimmatli topilmalardan biri neolit odamlarining qoldiqlari topilishi hisoblanadi. Madaniy qatlamdan 2 ta katta odamning va 2 ta bolaning qabrlari topildi. Ulardan katta yoshdagi ayolning qabri yaxshi saqlangan bo’lib, jasad g’ujanak, qo’l oyoqlari bog’langan holda Dafn qilingan ekan. Antropologik analizlar bu odam qoldiqlarining cho’ziq boshli evropoidlarga o’xshash irqli kishilarga ta‘lluqli ekanligini isbotladi.
Sayid makoni. Bu makon Tutqovuldan 3 km janubi-sharq tomonda joylashgan bo’lib, u 1956 yili tadqiq qilingan edi. Bu makon Hisor madaniyatini o’rganishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 60-yillarda makonning 3500 metr kvadrat maydoni qazib tekshirildi. Makon bir necha madaniy qatlamlardan iborat bo’lib, ular mezolit davridan bronza asriga qadar kishilarning qarorgohi bo’lganligini ifodalaydi. Makonda Tutqovul qatlamlariga teng madaniy gorizontlardan uy-joy qoldig’i, yalpoq toshlardan qilingan yashik, tandir qoldiqlari topilgan. Yashikdan topilgan hayvon suyaklari, unda zahira go’sht ozuqasi saqlanganligidan guvohlik beradi. Umuman, Sayd makonidan 30 mingdan ziyodroq tosh buyumlar topilgan. Topilmalarni chaqmoqtosh, qayroqtosh va suyak buyumlari qoldiqlariga bo’lish mumkin. Bu yodgorliklarda Tutqovulga qaraganda, chaqmoqtosh buyumlari ko’proq uchraydi (50 – 60%). Bu qurollar turli-tuman bo’lib, Joytun madaniyatining so’nggi pog’onalariga o’xshashdir. Tosh qurol turlari Tutqovulga o’xshash. Suyak qurollardan- mayda tuyoqli hayvon qovurg’alaridan yasalgan juvoldiz, taqinchoqlar va bug’u shohidan yasalgan bolaning bilakuzugi kabilar qiziqarlidir.
Bulyoni Poyon makoni. Bu makon A.P.Okladnikov tomonidan 1957-59 yillarda tadqiq qilingan. U Jilontov adirlarining birida, Quyi Bulyon qishlog’i yaqinidagi chashma atrofida joylashgan. Makon katta maydonni egallab, topilmalar 500 – 600 metr masofaga tarqalgan. Makonning faqat 200 metr kvadrat maydoni qazib ko’rilgan va bir necha gorizontdan iborat madaniy qatlamga ega ekanligi aniqlangan. SHulardan yuqori gorizontdagisi arxeologik topilmalarga ancha serob ekan. Jumladan, 3 – 5 sm qaliklikda ganj bilan suvalgan neolit kishilarining uy-joy qoldig’i, qadimiy tandir qoldig’i topilgan. 88 YOdgorlikdan topilgan tosh industriyaning aksariyatini qayroq buyumlar tashkil qiladi. Bulardan, chopper va qo’pol qirg’ich qurollarni ko’rsatish mumkin. Biroq Tutqovulga nisbatan bu erda chaqmoqtosh buyumlar ko’proq topilgan. CHaqmoqtoshdan ajratib olingan mayda paraqachalar, qurollarning qadama tig’lari sifatida qo’llanilgan. Bunday qurollarning ayrimlarida mezolit an‘anasi saqlanib qolgan.
Kangurttut makoni. Bu makon Kangurttut qishlog’idan 8 kilometlar chamasi shimolroqdagi terrasada joylashgan. Soz tuproqli qatlam qalin. 260 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlam o’rganilgan. Makonni tadqiqot qilar ekan, V.A.Ranov, bu makon madaniy qatlamidan Hisor madaniyati makonlari ichida eng yosh radiouglerod analiz olinganligi to’g’risida ma‘lumot beradi. Bu radiouglerod analizining absolyut sanasi mil. avv. 2710120 yilni tashkil etadi . Bu esa Hisor jamoasi moddiy madaniyatining so’nggi bosqichlarini o’z ichiga olib, eng qizig’i Hisor jamoalariga tegishli madaniy qatlam ustida bevosita bronza jamoalariga oid bo’lgan qatlam uchratilgan. Bu juda qiziq ilmiy fakt hisoblanadi. V.A.Ranov fikricha, Hisor jamoalar moddiy madaniyati negizida mahalliy bronza jamoalari madaniyati shakllangan. Makondan toshlar bilan qalangan devorlarga ega bo’lgan o’choq qoldiqlari topilgan. Tosh qurollari mikrolit qurollar hisoblanadi. 1-1,5 sm li mikrotosh o’zaklari, mikroparaqalar ko’plab uchratilgan. Xullas Kangurttut makoni madaniy qatlami o’z jihatlari bilan Hisor jamoalari moddiy madaniyatini namoyon etadi.
Oyoqagitma makoni- quyi Zarafshon qadimiy shimoliy o’zani tarkibiy qismi hisoblanuvchi Oyoqagitma xavzasi sharqiy qismida joylashgan bo’lib, 1995 -2005yillari O’zbekiston –Polsha (K.SHimchak, M.Xo’janazarov), 2005-2012- yillari O’zbekiston-Fransiya (F.Brunet, M.Xo’janazarov) xalqaro qo’shma arxeologik ekspedisiyalari tomonidan tadqiq etilgan. Tadqiqotlar natijasida katta hajmda arxeologik arxeologik material, tosh, suyak qurollari, zeb-ziynatlar, sopol idish buyumlari, ko’plab hayvon, parranda, baliq suyaklari, xususan xonakilashtirilgan hayvon suyagi qoldiqlari qo’lga kiritilgan. YOdgorlik xronologiyasi radiokarbon namunasi analizlari asosida mil. avv. VII-VI ming yilliklar bilan belgilanib, nisbatan qadimiylashtirildi. H.B.Hoshimov yodgorlik tosh industriyasini yangicha yondoshuvda texnik-tipologik jihaidan tahlil etdi. Xonakilashgan hayvon suyaklari asosida kaltaminor jamoalari turmushida chorvachilik xo’jaligi bo’lganligi masalasi ko’tarildi. Sopollari joyitun sopollari bilan qiyoslandi.
Geografik jihatdan Janubi-G’arbiy Qizilqumning tarkibiy qismi bo’lgan Qoraqotin botiqligining sharqiy tomonida yigirmadan ko’proq sho’r suvli havzalar tizimi mavjud. Ularning eng kattasi Lavlakon hisoblanadi. Lavlakon namgarchiligi iqlim sharoitida (mil. avv. 6-4 ming yilliklar) ushbu suv havzalari atrofi qalin to’qayzorlar bilan qoplangan, o’simlik, hayvonot dunyosi va parrandalarga boy bo’lgan, ko’llarda baliqlar serob bo’lib, ibtidoiy odam yashashi uchun to’liq imkoniyat mavjud bo’lgan. Lavlakon ko’li qadimgi qirg’oqlari gir atrofi bo’ylab 300 dan ziyod neolit jamoalariga tegishli makonlar o’rganilgan. Lavlakon 26 makonarxeologik manbalari miqdori va ilmiy qimmati bilan Quyi Zarafshon vohasi, Oqchadaryo havzasi, Mohandaryo makonlaridan deyarli qolishmaydi. Lavlakon neolit jamoalari moddiy madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari masalasiga kelganimizda yodgorliklar xronologiyasi va davrlanishlari Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyati davrlanishi va xronologik sxemasiga mos kelmaydi. Lavlakon yodgorliklari xususan Qoraqata yodgorliklaritosh qurollari yasalish texnologik uslublari bilan Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyati dan farq qiladi. Lavlakon yodgorliklari tosh industriyasi o’ziga xos xususiyatlaridan biri nisbatan tosh qurollarining mikrolitlashganligi hisoblanadi. Lekin, lavlakonliklarning mikrolit qurollari tarkibida «shoxli trapetsiyalar» mutloqa uchramaydi. SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, Qoraqata botiqligi markaziy qismlaridan (Lavlakon makonlaridan atigi bir necha o’n kilometr sharqroqdagi sarhadlar) topib o’rganilgan neolit jamoalari makonlari moddiy madaniyati o’z xususiyatlariga nisbatan o’zgacharoq madaniyatga tegishli bo’lib chiqdi. Aniqrog’i, bu makonlar o’zining ko’p jihatlari bilan Quyi Zarafshon madaniyatiga o’xshash bo’lsa-da (hatto «shoxli trapetsiya» qurollari ham uchratildi), lekin tosh industriyasi paraqali qismi mikroparaqali elementi bilan O’rta Zarafshon vohasi sazog’on jamoalari paraqa qurollariga o’xshashligi borligi aniqlandi. Bu madaniy o’xshashlik Qizilqum ichki hududlari boshqa sarhadlaridan topib o’rganilgan makonlar moddiy madaniyatida ham qisman kuzatiladi.
Zamicha-tosh makoni. Makon 1989 yili UzFA arxeologiya institutining paleolit guruhi xodimlari tomonidan kashf etilgan bo’lib, Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ridan voha tomon chiqib keluvchi soylardan biri bo’lgan Sevasoy yon qayirida joylashgan.( Samarqand viloyati, Urgut tumani). Bu makon yodgorliklarning o’ngur tipiga kirib, uning o’lchamlari quyidagicha- og’iz qismi eni 10 metr, ungur tubiga qarab 4 metr. Arxeologik qazishma ishlari jarayonida makonda ikkita madaniy qatlam borliligi aniqlanib, ulardan qiziqarli arxeologik manbalar topishga erishilgan. Xususan, tosh buyumlarning tipologik tahlili natijasida tadqiqotchilar makonni mezolit jamoalariga tegishli ekanligidek xulosa chiqarishganlar. Ohalik makoni. O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ridan voha tomon o’z suvini oqizib chiquvchi yirik soylardan biri bo’lgan Ohaliksoy yon qayirida joylashgan (Samarqand shahridan taxminan 18 kilometrlar 103 chamasi janub tomonda). Makon 1986 yili O’z FA Arxeologiya Instituti paleolit otryadi xodimlari tomnidan kashf etilgan. Tadqiqot ishlari esa 1991 yili bajarilib, mahalliy aholi tomonidan Sangi-SHoh deb ataluvchi katta harsang tosh pastki kovak qismi er sathidan 18 metr kvadrat maydonda madaniy qatlam qazib ko’rilgan. Tadqiqotlar natijasida makon ikki madaniy qatlamli ekanligi aniqlanib, ulardan 486 dona tosh buyumlar topilgan. Tosh qurollari tipologik tahlili makon moddiy madaniyati mezolit davri so’ngi bosqichlari va ilk neolit jamoalariga tegishli ekanligi to’g’risida xulosa chiqarish imkonini berdi.
Kaltaminor madaniyati yodgorliklarining xaritasi (A.V.Vinogradov tuzgan).

Ustyurt tosh davri yodgorliklarining xaritasi (Ye.B.Bijanov tuzgan)

Markaziy Farg‗ona madaniyati yodgorliklarining xaritasi (O‗.Islomov, V,I,Timofeev tuzgan)

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling