Urilishning zichligi va ko'p qavatligi, aholi punkti hududlarining rejasi, uning konfiguratsiyasi, uy-joy va sanoat zonalarining k etm a-k et joylashganligi va boshqalar


Download 12.78 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi12.78 Kb.
#1146838
Bog'liq
New Microsoft Word Document


urilishning zichligi va ko'p qavatligi, aholi punkti hududlarining rejasi, uning konfiguratsiyasi, uy-joy va sanoat zonalarining k etm a-k et joylashganligi va boshqalar. Bu om illarning ta ’siri birinchi navbatda ishlab chiqarish jarayonida va ishchi kuchiga bo'lgan talabda namoyon bo'ladi. Bunda soha xizmatlariga bo'lgan talabdagi farqlarni aniqlash uchun imkoniyatlar yuzaga keladi. Bu farqlar soha va uning tuzilmasining rivojlanishiga, sur’atlariga m a ’lum darajada ta ’sir ko'rsatadi. K o'rib chiqilgan omillar guruhidan har biri m a ’lum darajada uy-joy kommunal xo'jaligining rivojlanish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlarda namoyon bo'ladi. Bu daraja sohaning rivojlanishida va xizmatlariga bo'lgan talabni qondirishda erishilgan darajaning ishlab chiqarish rivojlanishidagi erishilgan darajasi bilan aloqadorligini ko'rsatadi. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, hozirgi davrda O'zbekiston Respublikasida uy-joy kommunal xo'jaligi tizimi notekis rivojlangan. Bu holat tarixiy, iqtisodiy, tabiiy, demografik hamda milliy xarakterdagi sabablarga tayanadi. Ammo, tizimdagi ayrim tafovutlarning kelib chiqishiga kommunal sohani rejalashtirlishning notekisligi sabab bo'ladi. Uy-joy kommunal xo'jaligi rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlaridan biri aholining uy-joy bilan ta ’minlanganlik darajasidir. Bu ko'rsatkich 2002-2006-yillarda O'zbekistonda, shu jumladan viloyatlarida rivojlanish tendensiyasiga ega. Statistik m a ’lumotlarga ko'ra respublika bo'yicha 2006-yilda aholi jon boshiga 14,2 kv. metr uy-joy fondi to'g'ri kelgan (11.1-jadval). Tahlil qilinayotgan davr mobaynida bu ko'rsatkichning 0,5 % ga o'sishiga erishilgan. Aholining jon boshiga to'g'ri keladigan uy-joy maydoni respublikamiz viloyatlarda ham ko'paydi: Qoraqalpog'iston Respublikasida 1 %, Xorazm viloyatida 1,4 % ni tashkil etgan. Bu ko'rsat255 kichning faqat Surxondaryo viloyatida pasayishi kuzatildi (-0,2 %). Bu ko'rsatkichning pasayishi aholi demografik o ‘sishi va eski uyjoylarning buzilishi bilan asoslanadi. Bu ko'rsatkich bevosita uy-joy fondida xizmat ko'rsatuvchi va mahsulot yetkazib beruvchi kommunal xo'jaligi tarmoqlarining o'sish sur’atlari nisbatlarini aniqlaydi. Har bir viloyatda kommunal xo'jaligi tarmoqlari rivojlanishining proportsionallik darajasi haqida, tarmoqli yo'nalishda: uyjoy fondining ta ’minlanganlik darajasini turli xil kom munal xizmatlar bilan solishtirish asosida xulosa chiqarsa bo'ladi, hududiy yo'nalishda esa respublika bo'yicha har bir tarmoqda kommunal xizmatlar bilan ta ’minlanganlik darajasi asosida xulosa chiqarsa bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida uy-joy fondining qulayliklar bilan t a ’minlanganlik darajasining tahlili shuni ko'rsatdiki, 2002-2008- yillar mobaynida respublika bo'yicha o'rtacha daraja o'rtasidagi tafovut ancha qisqardi. Lekin, hozirgi paytda uy-joy fondining kom munal xizmatlari bilan ta ’minlash bo'yicha ko'rsatkichlarning sekinlik bilan o'zgarishi saqlanib qoldi. (11.1-jadval). Mamlakatda hududlarda kommunal xizmatlar ko'rsatish darajasi orasidagi tafovutlarni kamaytirish uzoq muddatli va ko'p mablag' talab etuvchi murakkab jarayondir. Bu jarayon doimo respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va zarur moddiy sharoitlarni yaratish asosida, hamda hududiy rejalashtirishni takomillashtirish asosida amalga oshiriladi. Har qanday respublika, iqtisodiy hudud kommunal xo'jaligining rivojlanishi mintaqaviy xarakterga ega. Respublikamizda mavjud mazkur xususiyatlariga quyidagilar kiradi: aholi zichligining nisbatan yuqoriligi (bir km kv.ga 42,1 kishi), m ehnat resurslarining ish joylari bilan ta ’minlash doirasini noratsional joylashganligi, tabiiy iqlim sharoitlari va boshqalar. Bunday holatlarda aholiga kommunal xizmat ko'rsatishning m a ’lum darajasiga erishish uchun soha korxonalarning ko'paytirish zarur bo'ladi. Bu esa o'z navbatida kapital qo'yilmalar hajmini oshirishni, moddiy va nomoddiy xarajatlar hajmini oshirishni talab qiladi. 256 Aholining turm ush darajasini oshirishga t a ’sir etuvchi m in ­ taqaviy omillar orasida muhim o‘rinni quyidagilar egallaydi: respuhlikaning ixtisosligi, b o ‘sh m ehnat resurslarining mavjudligi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning xususiyatlari, tabiiy iqlim xususiyatlari.
Download 12.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling