Urug’larni dastlabki moy olish uchun tayyorlash jarayonini nazorat qilish


Download 189.75 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2023
Hajmi189.75 Kb.
#1083865
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5 mavzu

URUG’LARNI DASTLABKI MOY OLISH UCHUN TAYYORLASH JARAYONINI NAZORAT QILISH

Reja:

    • Tayyorlov jarayonlari. Tozalash, namlash, chaqish, mag`zini qobiqidan ajratish va mag’izni yanchish.
    • Yanchilmani presslashga tayyorlash va qovurma tayyorlash hamda presslash usuli bilan yog` olish jarayoni nazorati.
  •  

Yog`-ekstraksiya korxonalarida moyli urug`larni qayta ishlash jarayoniga tayyorlov ishlari quyidagilardan iborat: tortish, iflos aralashmalardan tozalash, namligiga kura kohditsiyalash, chakish, mag’izni qobikdan ajratish va mag’izniyanchish.

  • Yog`-ekstraksiya korxonalarida moyli urug`larni qayta ishlash jarayoniga tayyorlov ishlari quyidagilardan iborat: tortish, iflos aralashmalardan tozalash, namligiga kura kohditsiyalash, chakish, mag’izni qobikdan ajratish va mag’izniyanchish.
  • Mana shu sxema bo`yicha asosiy xom-ashyolar (kungaboqar, paxta chigiti, kanakunjut) qayta ishlanadi. Mag`izni qobiqdan ajratishdan maqsad shuki, moyli urug`lar qobiqi olinayotgan yog`ning va shrotning, shuningdek asosiy uskunalarning unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi.
  • Ba’zi bir moyli urug`lar (masalan, zqir, raps) mag`ziini qobiqdan ajratmasdan qayta ishlanadi. Bu xol, bunday urug`larning tuzilishi va qobiqi mag`zidan ajralishining kiyinligi bilan tushuntiriladi.
  • Texnologik nuqtai nazardan moyli urug`lar ikki qismdan, mag’iz va qobiqdan iborat. Ba’zi moyli urug`larda (paxta chigiti, kanakunjut) mag`iz ustida qobiqi bo’ladi, ayrim moyli urug`lar (kungaboqar, yeryang`oq, soya) da qobiqdan tashkari mag`iz ustidayupka urug`pardasi xam bo’ladi qaysi turdagi urug`lik bo`lishidan qat’iy nazar barcha moyli urug`larning qobiq`i luzga deb ataladi, paxta chigitining qobiqi esa shulxa deb nomlanadi. qobiq va mag`izdagi moddalarning miqdori turlicha bo`lib, qobiqda asosan kletchatkayoki sellyo’loza ko’p bo`lib, oz miqdorda yuqori molekulali uglevodlar, mumsimon moddalar, oqsil va suv bo’ladi. qobiqda moyning miqdori juda kam bo`lib bu botaniq moylilik deyiladi. Moy asosan urug` mag`izida bo`lib, paxta chigiti mafizida 34 - 38%, kungaboqar mag`zida esa 60 - 65% ni tashkil qiladi.

Download 189.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling