Usability-testlash (U-testing)
Download 37.08 Kb.
|
11-O\'rmonov Ilhom
Usability-testlash (U-testing). Ishlab chiqilgan interfeys sifatini o'lchash yoki undagi bor muayyan muammolarni izlashga qaratilgan har qanday tajribalarga U-testing deyiladi. Testlash jarayoni quyidagi imkoniyatlarni beradi: Ishlab chiqilgan interfeysning qanchalik ijobiy yoki salbiy ishlashini tushunish imkonini beradi. Bu interfeysni yaxshilashga olib kelishi mumkin. Agar interfeys yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan bo'lsa, u holda uni o’zgartirish shart emas. Har qanday holatda ham interfeysni testlash foyda olib keladi. eski va yangi interfeyslarning sifatini solishtirish. Bu solishtirish orqali afzal bo’lgan variantini tanlash va o’zgartirish kiritish imkonini beradi. interfeysning muammoli fragmentlarini topish va aniqlash, shuningdek, yetarli namuna hajmi bilan ularning chastotasini baholash imkonini beradi. Ilovadan foydalanish imkoniyatlari bilan bog'liq muammolarni aniqlash uchun dasturiy ta'minotni rejalashtirish va ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida ikki bosqichli tekshirish usuli qo'llaniladi: foydalanuvchi xatti-harakatiga taqlid qilish orqali foydalanuvchining ilova bilan o‘zaro munosabati tajribasini o‘rganish; ilovaning funksional talablar kontekstida foydalanish qulayligi va to'g'ri vizual taqdimotni ta'minlash tamoyillariga muvofiqligini tekshirish orqali tekshirish. Ilovani foydalanuvchi xatti-harakatlarini taqlid qilish orqali sinovdan o'tkazishda biz ilovadan foydalanish qulayligiga yoki umuman foydalanuvchi tajribasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish uchun zarur bo'lgan to'liq ma'lumotni olamiz. Shu bilan birga, foydalanish imkoniyatini tekshirish, testlash jarayoni yomon mahsulotni yaxshi mahsulotga aylantira olmaydi, u faqat mahsulotni analiz qilish va shu asosida uni interfeysini yaxshilash imkonini beradi. Foydalanuvchi xatti-harakatlarini imitatsiya qilish usuli yordamida sinovdan o'tkazilayotganda biz interfeys sifatining asosiy mezonlarini tekshiramiz. Uning yo’nalishlari quyidagicha: miqdori haqidagi ma'lumotlarni olish (interfeysning ergonomikasini o'lchash uchun kerak); sifati haqidagi ma'lumotlarni olish (aniq nima yomon ishlab chiqilgan ekanligini va uni qanday tuzatish kerakligini tushunish uchun zarur). Ushbu testning miqdoriy komponentlariga quyidagilar kiradi: o'rganish imkoniyati (foydalanuvchilar o'zlariga notanish interfeysga birinchi marta duch kelganlarida asosiy vazifalarni qanchalik oson bajarishadi?); samaradorlik (foydalanuvchilar dizaynni ko'rgandan keyin bir xil vazifani qanchalik tez bajarishlari mumkin?) eslab qoluvchanlik (foydalanuvchi ma'lum vaqtdan keyin interfeysga qaytgandan so'ng, unga ushbu interfeys bilan ishlash ko'nikmalarini tiklash qanchalik oson bo'ladi?); xatolar (foydalanuvchi qancha xatoga yo'l qo'yadi? bu xatolar qanchalik jiddiy? Fodlanuvchi bu xatolarni osongina tuzatadimi?); qoniqish (bu interfeysdan foydalanish qanchalik yoqimli?) Nimani va qanday tekshirish mumkin: foydalanuvchi ssenariylarining o'tish qobiliyati (vazifa: maqsadli harakatni bajarish); talab va tizim taassurotlari (raqobatchilar bilan taqqoslash; so'rov: sizga nima yoqdi va undan foydalaniladimi?); navigatsiyaning ravshanligi (vazifasi: menyudan kerakli elementni/funksiyani toping); tarkibning to'liqligi va mavjudligi (vazifasi: ma'lumotni topish va tushuntirish); dizayn idroki (issiqlik xaritalari va sakkad xaritalari). Buning uchun turli xil testlash usullari qo'llaniladi. U-testlash uchun quyidagilarni talab qilinadi: respondentlar; testlash usullari; test o'tkazish; test natijalarini tahlil qilish. Download 37.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling