Ushlab turuvchi kuch


Download 0.59 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1177107

Ushlab turuvchi kuch
Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi.
Kuchni o‘lchash uchun dinamometr deb nomlanuvchi asbobdan foydalaniladi.
Dinamometr so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, “dinamis”- kuch, “metreo”- o‘lchayman degan ma’noni bildiradi.

Kuch birligi sifatida 1 Nyuton (N) qabul qilingan.


Fog’- og’irlik kuchi
Fog’=mg bu yerda g=9,81 N/kg
O’qituvchining jismlarning o’zaro ta’siri,kuch tushunchasi haqidagi suhbatidan so’ng o’quvchilar 4 ta guruhga bo’linadi:
I guruhga – fikringizni bayon etish
II guruhga- fikringizni bayoniga sabab ko’rsatish
III guruhga–ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misollar keltirish
IV guruhga – fikrlarni umumlashtirish haqida olgan bilimlarini va ularga doir misollar topish vazifasi topshiriladi.
Har bir guruhga oq qog’oz beriladi,guruhdagi o’quvchilar bilganlarini doskaga chiqib boshqa guruhlar bilan o’rtoqlashadilar.
I GURUH:
-kuch jism tezligini o’zgarishiga sababchi;
-tabiatdagi kuchlar turlicha bo’ladi; og’irlik, ishqalanish,tortishish,magnit, elastiklik;
-og’irlik kuchi jismni yerga tortadigan kuch;
-ishqalanish kuchi jism holatiga qarshi yo’nalgan kuch;
-elastiklik kuchi jism deformatsiyalanganda yuzaga keladi;
-deformatsiya jismning shakli yoki hajmi o’zgarishi;
-kuch F bilan belgilanadi;
-kuch birligi 1 Nyuton
-Yerning tortishish kuchi tufayli yuqoriga otilgan jism yerga qaytib tushadi;

II GURUH:
- kuch jismning shakli yoki tezligini o’zgarishiga sabab bo’ladi;
- jismlarni yer o’ziga tortib turgani tufayli og’irlik kuchi paydo bo’ladi;
- bir jism sirtida ikkinchi jism harakatlansa, yuzalar g’adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi vujudga keladi;
- jism deformatsiyalanganda elastik-lik kuchi yuzaga keladi;
- ikki jism bir-biriga ishqalanganda elektr kuchlari paydo bo’ladi;
- magnit temir buyumlarni o’ziga tortadi,bunda magnit kuchlari yuzaga keladi.
III GURUH:
-yerning Quyosh atrofida aylanishi;
-Oyning yer atrofida aylanishi;
-rezinani yoki prujina cho’zish;
-sharni siqish;
-plastilinni har xil shaklga keltirish;
-taxtani ustiga yuk qo’ysak,taxtaning egilishi;
-sochni taroq bilan tarasak,taroq mayda qog’oz parchalarini o’ziga tortishi;
-muzda yurganda sirpanib ketish;
-stol ustida kitob yoki daftarning turishi;
-pol ustida stol va stullarning turishi;
-magnit mixni o’ziga tortishi;
IV GURUH:
-jismlarning o’zaro ta’sirida tezliklarni yoki shaklini o’zgartiruvchi sabab-kuch;
-tabiatda kuchlar bir necha turda bo’ladi;
-kuchni F harfi bilan belgilanadi;
-kuch birligi 1 Nyuton (N)
-bu birliik mashxur ingliz olimi Isaak Nyuton sharafiga qo’yilgan;
-kuchni dinamometr degan asbobda o’lchanadi;
-dinamometr ishlash prinsipiga ko’ra mexanik,gidravlik,elektrik turlarga bo’linadi.
-og’irlik kuchi formulasi Fog’=mg
- g=9,81 N/kg
O’quvchilar doskaga chiqib ,olgan bilimlarini himoya qiladilar. Qaysi guruh ko’p ma’lumot bersa,shu guruh g’olib hisoblanadi.
Shundan so’ng,o’qituvchi o’quvchilarga "Kuchlar daraxti” shoxlarini to’ldirishi vazifasini beradi.
Osilgan o’yinchoqda kuchning
formulasi yoki o’lchov birligi berilishi mumkin. Ildizida bu kuchlar hosil bo’lishi sababi yoziladi.
Shundan so’ng o’qituvchi kuchni o’lchashda foydalaniladigan dinamometr tuzilishi bilan tanishtirib, namoyish-tajriba ko’rsatadi. Oxirida og’irlik kuchi Fog’=mg formulasi chiqariladi. Bunda g=9,81 N/kg ekanligi va o’zgarmasligi tushuntiriladi.
MASALA:
1). O’quvchini tarozida tortishganda 40 kg chiqdi.Uning og’irlik kuchi qanchaga teng?
Berilgan: Formula: Yechish:
m=40 kg Fog’=mg Fog’=40kg∙9,81N/kg=392N
g=9,81 N/kg
Fog’-?
2). Dinamometrga yuk osilganda,uning ko’rsatkichi 31,4 Nga teng bo’ldi. Unga qanday massali yuk osilgan?
Berilgan: Formula: Yechish:
F=31.4 N Fog’=mg
g=9,81 N/kg m=F/g m= 31.4N = 3,5 kg
m’-? 9,8 N/kg
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling