Ustoz yaxshida


Download 21.62 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1223776
Bog'liq
tadbir senariysi

Ustoz yaxshida...” qo‘shig‘i ostida ustozlar zalga kirib kelishadi.



1 – boshlovchi:  Dunyodagi eng bebaho boylik - aql-zakovat va ilmni, boqiy meros — yaxshi tarbiyani yosh avlodga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib, mehnat qilayotgan aziz ustozlar, assalomu alaykum!
2- boshlovchi: Ilm olamining serqirra dunyosida yangi-yangi kashfiyotlar yaratib, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida baxshida etayotgan, ilm sirlarini kashf etishda matonat bilan izlanayotgan aziz ilm-fan fidoyilari, assalomu alaykum! Xush kelibsiz!
1 – boshlovchi: Bugun biz qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini, kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodni – komil insonni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmasiga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog‘lagan Filialimiz faxri, Jumaqulov Turg‘unboy ustozimizni hayoti hamda ish faoliyatini esga olish uchun Oybuloq mahallasi Ustoz ta’lim tarbiya olgan Toshkent viloyati Ohangaron tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 8-umumta’lim maktabiga to‘planganmiz.
2 — boshlovchi: O‘qituvchi – ezgu maqsadlar sari qadam bosayotgan xalqimizning ma’rifatparvar farzandi, yuksak ibrat namunasi, go‘zal insoniy fazilatlar timsolidir. Shunday fazilatlarga ega Ustozimizni hayot yo‘llariga bir razm solsak. Videorolik qo‘yiladi.

Hayot ummonida bamisli mayoq


Yiroqlarga nazar tashlar ustozlar
Sodiq shogirdlarga berarkan saboq
Doimo haq yo‘lga boshlar ustozlar.

1 – boshlovchi: Aziz ustozlar! O‘qituvchi, ustoz siymosi oldida har qanday inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ezgulik bunyodkori bo‘lmish muhtarram o‘qituvchi-ustozlarni har qancha ulug‘lab, sha’nlariga har qancha tahsin, tasannolar aytilsa arziydi.
2-boshlovchi: Derlar, umr oqar suvdir - yashash kerak to‘lib-toshib,
Garchi hikmat asli shudir: noming qolsa yillar oshib.
Siz tafakkur yog‘dusini sololdingiz qancha dilga,
Nomingizni ardoqlab el olur bugun tilga.
Tahsinu hurmat sizga, eng oliy himmat sizga-
kamtaru ulug‘, aziz ustozim.

1 – boshlovchi: Siz tanlagan ulug‘ yo‘lda rohat oz, mashaqqat bisyor,
Lek yashab o‘tgan umrdan ko‘nglingizga tarovat yor,
Ustozdirsiz-shogirdlarning kamolini o‘ylagan,
Necha yuzlab qalblarni haq manzilga yo‘llagan.
Ustodi avvalimdursiz, omadim, zafarimdirsiz,
Tengi yo‘q gavharimdirsiz, anisi ulug‘im
Kamtar-u buyuk, aziz ustozim.

2-boshlovchi: Tadbirni ochib berish uchun Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktori, rahbarimiz, ustozimiz Samadov Alisher Usmanovichni taklif qilamiz.

Endi navbat Ustoz haqidagi qo‘shiqqa, ijro etadi ______________________. Ustoz yaxshida qo‘shig‘i



1-boshlovchi: Ustozni Kimyo va fizika kafedrasidagi hamkasblaridan boshqa yaqindan biladigan insonlar bo’lmasa kerak. Kimyo va Fizika kafedrasi mudiri hamda hamkasblarini Ustoz haqida o‘zlarining fikrlari bilan bo‘lishish uchun Sahnaga taklif etamiz.
Ustoz haqida monolog qo’yiladi
Navbat 8-maktab o‘quvchi qizlari ijrosidagi raqsga

2 – boshlovchi: Sahnaga Oybuloq MFY raisi hamda mahalla faollarini taklif etamiz.


1 – boshlovchi: Navbat filialimiz talabasi xushovoz xonanda Ismatov Abduhalilni taklif etamiz.
2-boshlovchi Do`st bilan obod uying,
Gar bo`lsa u vayrona ham,
Do`st qadam qo`ymas esa,
Vayronadir koshona ham.


Yaxshi do`stlar davrasida
Ochilursan har zamon,
Ko`rkni shoda ichra topgay
Marvarid durdona ham.

Ustozimizni yoshlikdan birga o‘sib katta bo‘gan do‘stlarini taklif qilamiz.


2-boshlovchi do‘st haqidagi qo‘shig’i bilan sahnaga filialimiz talabasi___________________ni taklif etamiz.

1-boshlovchi Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblangan. O’zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim – qadimdan va hozir boshqa millat kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg’otgan xususiyatdir. O’zbek oilasida ota-ona ana shu qo’rg’onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta’minlovchi mo’tabar insonlardir.
Ustozimizni oila a’zolarini sahnamizga taklif etamiz.

Boshlovchilar. Mana bugun Ustozimiz Kimyo fanlari nomzodi Professor Jumaqulov Turg‘unboy ustozimizni hayot va ijod faoliyatiga nazar soldik. Ustozimizni bundan keyingi faoliyatlariga ulkan zafarlar, mustahkam sog’lik tilab, barchangizni tashrifingiz uchun minnatdorchilik izhor qilgan holda tadbirimizni nihoyasiga yetkazamiz. Hamda ushbu shinam zamonaviy maktabning sinf xonalari bo’ylab sayohatga taklif qilamiz
Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling