Uy-joy kommunal xo'jaligi va servis asoslari


Download 1.04 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1594635
Bog'liq
Uy-joy kommunal N2


Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti "uy-joy kommunal xo'jaligi va servis asoslari" fanidan Mustaqil ish
Mavzu: Shahardagi ko’pqavatli uylarni boshqarish va takommillashtirish chora tadbirlari.
Bajardi:To’rayev Og’abek Tekshirdi:O'rinov Murod

Shahardagi ko’pqavatli uylarni boshqarish va takommillashtirish chora tadbirlari.

Reja;

  • Kirish.
  • Asosiy qism
  • “Mening uyim” billing tizimi
  • Jamoat umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish
  • Xulosa.
  • Foydalanilgan talim saytlari.

Kirish.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-son qarori bilan 2021 yil avgustga qadar loyiha doirasida biriktirilgan hududlarda, 2022 yil 1 yanvarga qadar esa butun respublika hududlarida ko‘p kvartirali uy-joy xizmat ko‘rsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol - mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimini joriy qilish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan Ko‘p qavatli uylarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hisob-kitobini yurituvchi "Mening uyim" billing tizimi ishga tushirildi.

Asosiy qism

  • Bugungi kunga qadar “Mening uyim” yagona elektron bazasiga shirkat va boshqaruv tashkilotlar boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylardagi 1 218 689 ta xonadon to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritildi. Shundan 731 849 tasi viloyatlar va 486 840 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Vazirlikning rasmiy-veb saytida “shaffof kommunal” oynasi yaratildi hamda elektron reyestr va elektron reyting platformasi havolasida ishga tushirildi. Axborot tizimidan foydalanish yo‘riqnomalari bo‘yicha video roliklar tayyorlanib, vazirlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida targ‘ib qilib kelinmoqda.

“Mening uyim” billing tizimi

  • “Mening uyim” axborot tizimida ko‘p kvartirali uy-joylar xonadonlarining ma’lumotlar bazasini avtomatik shakllantirish maqsadida Ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr raqamlariga bog‘langan hamda yagona manzillar reyestri bilan, shuningdek, uy-joylar mulkdorlarining qarzdorligini notarial idoralar tomonidan tekshirish uchun Adliya vazirligining ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilingan.

“Mening uyim” axborot tizimi Markaziy bankning kliring “MUNIS” tizimiga integratsiya qilinib, majburiy badallarni tijorat banklari kassalari hamda elektron tizimlar orqali qabul qilish imkoniyati yaratildi.

  • “Mening uyim” axborot tizimi Markaziy bankning kliring “MUNIS” tizimiga integratsiya qilinib, majburiy badallarni tijorat banklari kassalari hamda elektron tizimlar orqali qabul qilish imkoniyati yaratildi.

2022 yil 31 oktabr kuni axborot tizimida Markaziy bankning “MUNIS” tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish to‘liq tiklandi va mazkur tizim orqali 147 mln so‘m kelib tushdi.

  • 2022 yil 31 oktabr kuni axborot tizimida Markaziy bankning “MUNIS” tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish to‘liq tiklandi va mazkur tizim orqali 147 mln so‘m kelib tushdi.
  • Hozirda axborot tizimida yuz berishi mumkin bo‘lgan shu kabi uzilishlarni oldini olish maqsadida “O‘zbektelekom” AJ ning data markazidan qo‘shimcha serverlarga axborot tizimi o‘rnatilishi uchun tegishli tartibda shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda.

Jamoat umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish

  • “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan 2022-yil 1-sentabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkatining (JEK) boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha umumiy yig‘ilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Bunda:

  • Bunda:
  • - muammoli bank kreditlari bor shirkatlar bankning xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;
  • - tugatilgan yoki boshqarish usuli o‘zgartirilgan shirkatlar boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;
  • - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, xizmatlar sifatini 6 oy monitoring qiladi va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga choralarni qo‘llaydi.

Xulosa.

  • Prezident qarori bilan 15 ta hududdagi 1227 ta uy kommunal va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadigan, obodonlashtirish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadigan boshqaruv kompaniyalariga beriladi. 6085 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun 734 milliard so‘m, ta’mirlash dasturiga 100 mlrd so‘m ajratiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan keyin qurilgan uylar quruvchi boshqaruviga topshiriladi.

Foydalanilgan talim saytlari.

  • https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/19/building-management/
  • https://lex.uz/docs/-4586282?ONDATE=14.03.2022%2000
  • https://uzreport.news/society/ozbekistonda-ko-p-qavatli-uylarning-umumiy-mulki-hududida-qo-shimcha-obyekt-qurish-taqiqla
  • https://kommunal.uz/oz/views/

Etiboringiz uchun raxmat!


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling