Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar


Download 52.56 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi52.56 Kb.
#1414702
  1   2   3
Bog'liq
moliyadan


Mavzu; Moliyaviy qarorlar qabul qilishning nazariy asoslari

Reja;



  1. Uy xo’jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.

  2. Firmalar qiladigan moliyaviy qarorlar.

  3. Xulosa.


Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida (bir tarafida) bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida (qarama-qarshi tarafida) bir o‘zi yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka inson turadi. Ammo Zamonaviy moliyada bunday oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi. dividend va moliya siyosati qanday qilib umumiy qiymatga ta’sir qilishiga e’tibor berishni tavsiya etganlar. M&M (Modilyani-Miller nazariyasi) nazariyasi, deb atalgan va ularning birgalikdagi ilmiy ishida bayon etilgan nazariya zamonaviy korporativ moliya nazariyasining asosi hisoblanadi. 1997-yilda iqtisod sohasida Nobel mukofoti yana bir bor moliya sohasi mutaxassislariga topshirilgan. Bu safar Robert K. Merton va Mayron Shoulz (Myron Scholes) mukofot laureati bo‘lganlar. Laureatlarni aniqlash bo‘yicha qo‘mita mukofot topshirish uchun yana bir olimni tavsiya etgan. Bu Fisher Blek (Fisher Black) edi. Ammo uning 1995-yilda 57 yoshida bevaqt olamdan ko‘z yumishi bu sharafga birgalikda sazovor bo‘lishga xalaqit berdi. Bu uch olim opsionlar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa hosilalari bahosini hisoblab chiqish uchun matematik formulani kashf etganlar. Bu formula Blek-Shoulz formulasi (Black Scholes option pricing formula) nomi bilan tanilgan. Butun dunyo mamlakatlarida bu narsa xuddi shunday shakl va mazmunda ishlatilib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, afsuski, o‘zbek iqtisodiy adabiyotida uni «oila xo‘jaligi» yoki «xonadon xo‘jaligi» tarzida talqin qilish hollari ham uchrab turmoqda. “Uy xo‘jaligi” deyilganda ko‘z oldimizda nari borsa, shaxs (oila)ning devor bilan o‘rab olingan alohida hovlisi yoki ko‘p qavatli uylardagi xonadoni va ularda yashovchilarning faoliyati namoyon bo‘lmoqda. Bu bilan “uy”, “oila” va “xonadon” so‘zlari o‘rtasida, asossiz ravishda barobarlik belgisi qo‘yilmoqda. Holbuki, bu so‘zlar ma’no va mazmun jihatidan bir-biriga yaqin va ayrim hollarda, hatto sinonim so‘zlar sifatida e’tirof etilishiga qaramasdan ularning farqli jihatlari ham mavjud ekanligi e’tibordan chetda qolmoqda. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J.III. –B. 97; J.IV. – B.271-272; 411.
Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak?
2. Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylashtirish) kerak?
3. Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foydalanishi kerak?
4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur?
Shunday qilib, uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin.

Download 52.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling