Uyushgan gap va uning til lisoniy sintaktik sestemasidagi oʻrni - Reja: 1. Kirish 1.Bob. Uyushgan gap 1.1 Oʻzbek tilshunosligidagi uyushish hodisasi 1.2 Uyushiq soʻz, uyushiq gap va uyushgan gapning oʻxshash va farqli jihatlari 2. Bob Uyushgan gapning oʻrganilishi 2.1 Uyushgan gapning qoliplari 3 Xulosa
- Kirish Kurs ishining dolzarbligi: Oʻzbek tilshunosligida koʻplab taqdiqotlar amalga oshirilgan. Bugungi kunga qadar bu taqdiqotlar koʻplab natija berdi. Ammo uyushgan gap mavzusida hali yetarlicha taqdiqotlar amalga oshirilmadi. Kurs ishining dolzarbligi ham shundadir
- Kurs ishining maqsadi: Uyushgan gapning til lisoniy sestemasidagi oʻrnini aniqlash. Uyushgan gapning uyushiq gapdan farqini yaqqol koʻrsatib berish. Kurs ishining vazifasi: Mavzu doirasida yangiliklarni aniqlash va oʻrganuvchilarga oson va sodda yetkazib berish.
- O‘zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog‘liq uchta hodisa mavjud:
- 1.gapda uyushgan so‘zlar;
- 2. Qo‘shma gapdagi uyushiq gaplar (Bu haqda quyida - «Qo‘shma gap» bahsida so‘z yuritiladi);
- 3. Uyushgan gaplar.
- Uyushiqlik umumiy holat bo‘lib, sodda gapga ham, qo‘shma gapga ham xos. Sodda gapda so‘zlar uyushib kelsa, qo‘shma gapda so‘z, sodda gap uyushib keladi. Aytilganidek, uyushiqlik kamida ikki birlik (unsur)dan iborat bo‘ladi:
- uyushtiruvchi unsur;
- uyushuvchi unsur.
- Bu ikki unsur barcha uyushish hodisasida mavjud. Xo‘sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gapdan nimasi bilan farqlanadi? Ma’lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funksional shakllangan bo‘lishi lozim. SHu bois u kesimga ega bo‘lib, bu kesim [WPm] (kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki [WP] (semantik-funksional shakllangan gap) tarzida bo‘lishi lozim. [WPm] sodda gapda bitta, qo‘shma gapda esa birdan ortiq bo‘ladi.
- Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: 1 . Ukang rasm chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E WPm] T 2. Ukam rasm chizar edi va singlim televizor ko‘rar edi gapining qolipi esa quyidagicha: [E 1 W1Pm] va [E1 W2Pm] T T
- Ko‘rinadiki, birinchi gapda [WPm] va uning kengaytiruvchilari majmui bitta, ikkinchi gapda ikkita va ular o‘zaro teng bog‘lovchi yordamida bog‘langan. Endi uchinchi gapga diqqat qilaylik: 3. Ukam rasm chizar va singlim televizor ko‘rar edi. Bu oldingi gapimizdagi kesimlarning [W] qismlari o‘zgarmasdan saqlanganligi va [Pm] qismi bittaga qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda (W) lar ikkita va [Pm] bitta bo‘lib, u ikkita (W) uchun ham umumiydir. SHu boisdan uni qavsdan tashqariga chiqarish mumkin.
- Uyushiq boʻlaklar — gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlanadigan boʻlaklar. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Masalan, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, yongʻoq, shaftoli, olma va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, yongʻoq, shaftoli, olma va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda.
- Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov).
- Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bogʻlama va koʻmakchi feʼllar) oxirgi boʻlakka qoʻshiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash, berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, oʻqib, ishlab kelyapman. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qoʻshilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qoʻshma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.
- Xulosa
- Umumiy qilib aytganda uyushgan gap tarkibida 2 yoki undan ortiq Pm ning bitta W ga bogʻlanishi va kesimlarni bitta umumiy uyushtiruvchi bogʻlab turishiga uyushgan gap deyiladi.
- Masalan:
- Margʻiyona dars oʻtar, Madina savol javob qilar edi.
Yuqoridagi gapda ikkita kesim ham umumiy uyushtiruvchi edi soʻzi bilan uyushib uyushgan gapni hosil qilyapdi. - Uyushgan gap uyushtiruvchi vositasiz ham qoʻllanishi mumkin. Bunday holatda berilgan gap qaysi zamonda boʻlishidan qatʼiy nazar, gapni oʻtgan zamon oʻzgartirib olamiz. Ana oʻshanda gap uyushgan gap yoki uyishiq gapligi ayon boʻladi.
- Uyushgan gapni nafaqat oliy taʼlim darsligida , balki oʻrta taʼlim darsligiga ham kirgizilishi lozim deb hisoblayman.
Foydalanilgan adabiyotlar - https//blogs.ziyonet.uz https//tafakkur.net https//oliy taʼlim.uz Sayfullayeva R " Hozirgi oʻzbek adabiy tili" Abdurahmonov Gʻ "Oʻzbek tili va adabiyot" Mengliyev "Hozirgi oʻzbek adabiy tili" Negʻmatov H "Oʻzbek tili struktur sentaksisi"
- Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |