Uzunchoq miya-Medulla oblanganta (Myelensephalon)

Download 0.56 Mb.
Sana16.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1679178
Bog'liq
Botirali slaydi

Uzunchoq miya-Medulla oblanganta (Myelensephalon)

Uzunchoq miya (lot. medulla oblongata) poyasimon tuzilma boʻlib, miya ustunining bir qismini tashkil qiladi. U miyachadan oldinda va qisman pastda joylashgan. U neyronlarning konus shaklidagi massasi boʻlib, qusishdan aksirishgacha boʻlgan avtonomik (ixtiyorga bogʻliq boʻlmagan) funksiyalarga javobgar. Uzunchoq miya yurak, nafas, qusish va vazomotor markazlarni saqlaydi va shunday qilib nafas olish, puls va qon bosimining avtonomik funksiyalaida, shuningdek, uyqu-uygʻonish siklida

ishtirok etadi.

Tashqi yuzalari oldingi oʻrta tirqish yumshoq parda bukilmalarini saqlaydi va uzunchoq miya boʻylab kengayib boradi. U miya koʻprigining pastki qirgʻogʻidagi koʻr teshik deb ataluvchi kichik uchburchak sohada tugaydi. Bu tirqishning ikkala tomonidagi koʻtarilgan sohalar uzunchoq miya piramidalari deb ataladi. Piramidalar piramidal traktlarni saqlaydi – nerv sistemasining kortikospinal va kortikobulbar traktlari. Uzunchoq miyaning dum (pastki) qismida bu traktlar kesishadi, natijada bu nuqtada tirqish koʻrinmay qoladi va decussatio pyramidum deb ataladi. Ba’zi boshqa tolalar oldingi oʻrta tirqishning decussatio pyramidumdan yuqorisidagi qismlaridan chiqadi va miya koʻprigining yuzasi boʻylab lateral yoʻnaladi va oldingi tashqi arkasimon tolalar deb ataladi.

Bulb (piyoz) uzunchoq miya uchun ishlatilgan qadimgi termin va zamonaviy klinik terminologiyada ishlatiluvchi bulbar soʻzi (masalan bulbar falaj) uzunchoq miyaga qaratilgan va qisman tibbiy holatni bildiradi. Bulbar soʻzi uzunchoq miyaga bogʻlangan nervlar va traktlarni, shuningdek shular orqali innervatsiyalangan muskullarni, masalan til, halqum va hiqildoq muskullarini bildirishi mumkin.

*Qon bilan ta’minlanishi

*Qon bilan ta’minlanishi

*Uzunchoq miyaga qon bir qancha arteriyalardan keladi.

* Oldingi spinal arteriya: Bu uzunchoq miyaning butun oʻrta qismini ta’minlaydi.

*Orqa pastki miyacha arteriyasi: Bu umurtqa arteriyasining asosiy tarmogʻI va uzunchoq miyaning sensor traktlar oʻtuvchi va sinaps hosil qiluvchi orqa lateral qismini ta’minlaydi. U shuningdek miyachani ham ta’minlaydi.

*Umurtqa arteriyasining toʻgʻridan-toʻgʻri tarmoqlari: umurtqa arteriyasi bosh ikki asosiy arteriya orasidagi sohani, solitar yadro va boshqa sensor yadro va tolalar kiradi, qon bilan ta’minlaydi.

*Klinik ahamiyati

*Klinik ahamiyati

*Qon tomir bloki (masalan insult) piramidal trakt, medial lemnisk va tilosti nervi yadrosini jarohatlaydi. Bu medial medullyar sindrom deb ataluvchi sindromga sabab boʻladi.

*Lateral medullyar sindrom pastki miyacha arteriyasi yoki umurtqa arteriyalari bloki natijasida yuzaga kelishi mumkin.

*Rivojlanib boruvchi bulbar falaj bulbar muskullarni ta’minlovchi nervlar zararlanishi bilan kechuvchi kasallik. Goʻdaklar rivojlanib boruvchi bulbar falaji bolalarda uchrovchi rivojlanib boradigan bulbar falaj.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling