V hayot faoliyati xavfsizligi
Download 122.5 Kb.
|
hayot faoliyati qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ventilyator vositalarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari.
V. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 5.1.Shamollatish qurilmalarini ishlatishda asosiy xavfsizlik qoidalarini o’rganish. Shaxtalar ruda va noruda mahsulotlarini ishlab chiqarishiga ko’ra hududlar gazli bo’lgan metan, vodorod, seravodorod ajraladigan hududlarga, gazli bo’lmagan va gazi va changi jihatidan xavfli hududlarga bo’linadi. Lahmlarda havodagi kislorod miqdori, odamlar joylashgan va joylashishi mumkin bo’lgan huhudlarda 20% dan kam bo’lmagan miqdorda bo’lishi lozim (hajmiga ko’ra). Uglekislota gazi rudnik havosida ishchi hududda 0.5% dan oshmasligi kerak;shaxtaning umumiy chiquvchi lahmlarida 0,75% va zavallardan o’tilayotgan va qayta tiklanayotgan lahmlarda-1%. Yer osti kon lahmlarida zaharli gazlar imkon boricha havoda ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan ko’p bo’lmasligi kerak ( hajmiga ko’ra % ) -Uglerod oksidi - 0,0017 -azot oksidi - 0,00026 - oltingugurt gazi - 0,00038 -seravodorodli - 0,00071 -akroolin - 0,000009 -formaldegid - 0,00004 Havoning hajmi lahmlarni shamollatish uchun juda muhim.hisoblanishi kerak bo’ladi bir qancha odamlar soniga ,bir vaqtning o’zida yer osti ishlar bilan shug’ullanishga, uglekislotaga, zaharli va potlashga xavfli gazlarga, changa, portlash ishidagi gazga, qurilmalar va ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan zarali gazlarga, havoning minimal harakatlanish tezligiga,bundan tashqari ro’yxatga katta miqdordagi havo miqdori yuqorida ko’rsatilgan omil asosida qabul qilinadi. Havo miqdori odamlar soniga bog’liq holda hisoblanadi har bir odam uchun 6 м³/мин dan kam bo’lmagan miqdorda bo’lishi,bir vaqtning o’zida ishlovchi smenadagilar soniga bog’liq holda hisoblanishi lozim. Ventilyator vositalarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari. Ventilyatsiya eshiklari betondan, toshdan, gildan yonbosh tarafi va ustki qismi lahm uzunligi bo’yicha yopiladi, uzunligi bo’yicha germetiklilikni ta’minlaydi. Asosiy chiqaruvchi qismda maxsus intensiv eshiklar o’zi ochilib va yopiladigan bo’lishi yo bo’lmasam maxsus eshiklarga ega bo’lishi mumkin. Avtomatik harakatlanuvchi eshiklar har kuni nazoratchi shaxslar tomonidan tekshirilib turilishi lozim. Muddati tugagan ventilyatsiya eshiklari va peremichkalari olib tashlanishi lozim. Tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, bazi hollarda hech bo’lmaganda qisqa vaqtlarda eshiklarni ochilishi zaboylarni to’g’ri shamollatilishini buzilishiga sabab bo’ladi, shunday holatda ikki va undan ortiq eshiklar bir-biridan shunday masoda qo’yilishi kerakki, biridan havo o’tganda boshqasi yopiq holda bo’lishi lozim. Ogohlantirish maqsadida ventilyatsiya eshiklarida qisqa tutashuv yuzaga kelganda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: a)eshiklar soni ikkitadan kam bo’lmasligi lozim,eshiklar orasidagi masofa vagonetga sostavi maksimal uzunligidan ko’p bo’lishi lozim; b)eshiklar havo o’tmaydigan bo’lishi lozim, eshiklar metaldan, yog’ochdan, temir listdan yoki boshqa yonmaydigan materiallardan tayorlanadi; Ventilyatsiya eshiklari yoki paruslarni qiya kon lahmlarida o’rnatish taqiqlanadi qachonki qazib tashish ishlari olib borilayotgan bo’lsa. Havo oqimini nazorat qilish umumiy shaxta ventilyatsiyada lahmlarida faqat nachalnik buyrug’i asosida amalga oshiriladi,lahimlarning ichki bloklarida nachalnik uchastka buyrug’i asosida amalga oshiriladi. Krossinglar capital va uchastkaliga bo’linadi. Kapital krossinglar bir qancha ekspluatsion uchastkalarga xizmat ko’rsatib, “osma ko’prikli” va beton yoki toshdan yasalishi mumkin. Uchastka krossinglari toshdan,betondan yoki metal trubadan yig’ilishi mumkin. Krossinglarni ko’tarma qismi toshdan yoki betondan bo’lishi mumkin. Trubkali krossinglar faqat uchastkaga oid bo’lishi mumkinfaqat bir shart bilan agar talab etilsa 4 м3/с ko'p bo`lmagan havo o'tkaziladi. Trubalar 0,5 м2 yuzaga ega bo’lishi kerak , 3mm qalinlikdagi metaldan tayyorlanishi lozim. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling