Vakuumda tokning magnit maydoni


Download 1 Mb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi1 Mb.
#1446661
  1   2   3   4
Bog'liq
vakuumda tokning magnit maydoni.


Vakuumda tokning magnit maydoni.

Reja:


  1. Tokning magnit maydoni.

  2. Harakatdagi zaryadlar va elementar toklarning elektromagnit o‘zaro ta’siri.

  3. Magnit maydon induksiyasi. Bio–Savar–Laplas qonuni.

Elektr zaryadlar atrofidagi fazoda ma’lum fizik xossalarga ega bo’lgan elektrostatik maydon paydo bo’lgani kabi elementar toklarning atrofidagi fazoda ham alohida tabiatli maydon paydo bo’ladi, bu maydon magnit maydon deb ataladi.


Elektrostatik maydon o’ziga kiritilgan zaryadli jismlarga ta’sir qiluvchi kuchlar orqali namoyon bo’ladi. Magnit maydon esa shu maydonga kiritilgan tokli o’tkazgichlarga ta’sir qiluvchi kuchlar orqali namoyon bo’ladi.
Masalan, bir xil yo’nalishdagi toklar oqayotgan parallel ikkita o’tkazgich o’zaro tortishadi (97-rasm).

97-rasm

Bu faktni biz quyidagicha izohlaymiz: toklarning har biri o’z atrofidagi fazoda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi tokka ta’sir ko’rsatadi.


Magnit maydonning tokka ta’siri shu tok oqayotgan o’tkazgichning shakliga, o’tkazgichning maydondagi vaziyatiga va undagi tokning yo’nalishiga qarab turlicha bo’ladi. Shu sababli, magnit maydonni tavsiflash uchun uning muayyan bir tokka ko’rsatadigan ta’sirini o’rganish lozim. Bunda biz hozircha tokli o’tkazgichlar bo’shliqda joylashgan deb hisoblaymiz.
Elektrostatikada biz elektrostatik maydonning xossalarini nuqtaviy zaryad, ya’ni o’lchovlari shu maydonni hosil qilayotgan zaryadlargacha bo’lgan masofalarga nisbatan kichik bo’lgan jismlarda to’plangan zaryad yordamida o’rgandik.
Magnit maydonning xossalarini esa shu maydonning tokli berk yassi konturga ko’rsatadigan ta’siriga qarab o’rganamiz. Bunday konturni ramka deb ataymiz. Bu konturning o’lchovlari magnit maydonni vujudga keltirayotgan toklar oqayotgan o’tkazgichlarga bo’lgan masofaga nisbatan kichik bo’lishi kerak.
Amalda ramkadan o’zgarmas tok o’tib turishi uchun uni qandaydir simlar bilan tok manbaiga ulash kerak bo’ladi. Magnit maydon bu simlarga ham ta’sir ko’rsatadi, bu ta’sirdan qutulish uchun simlarni bir-biriga yaqin qilib joylashtirish kerak, bunda magnit maydonning simlarga ko’rsatadigan umumiy ta’siri 0 ga teng bo’ladi.
Magnit maydon xossalarini tekshirish uchun buralish deformatsiyasini seza oladigan, ingichka ipga osib qo’yilgan xuddi shunday ramkadan foydalanamiz (98-rasm).

98-rasm

Tajriba shunday kichik ramka tok oqayotgan simlar yoniga joylashtirilsa, ma’lum tarzda burilishini ko’ramiz. Magnit maydon ramkaga oriyentirlovchi ta’sir ko’rsatadi.


Masalan, uzun to’g’ri sim orqali I tok oqayotgan bo’lsin (99-rasm). Bunday sim yaqiniga keltirilgan S ramka burilib, sim orqali o’tuvchi AAVV tekislik bo’ylab joylashib oladi.
Bunda ramkaning oriyentirlanishi undagi tokning yo’nalishiga ham bog’liq bo’ladi, ramkadagi tokning yo’nalishi o’zgarganda ramka 1800 ga buriladi.
Maydonning ramkani oriyentirlash ta’siridan birinchi galda magnit maydon yo’nalishini tavsiflash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun ramka tekisligiga normal o’tkazamiz.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling