Valyuta bozorining makroiqtisodiy taxlili Reja


Download 118.17 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi118.17 Kb.
#1468551
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy taxlili 2


Valyuta bozorining makroiqtisodiy taxlili
Reja:


1. Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblashning umumnazariy asoslari.
2. Mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi
3. Milliy hisoblar tizimidagi baholar va soliqlar tizimi.
4. Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi.

1. Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblashning umumnazariy asoslari.
Хar qanday jamiyatning hayot kechirishi uchun to‘хtovsiz ravishda ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatishni amalga oshirishi shart. Buning uchun ishchi kuchi, kapital, er va tadbirkorlik kabi omillar bo‘lishi kerak.
Ishchi kuchi ishlab chiqarishning eng asosiy omili bo‘lib, uning mehnat sarfi natijasida tovarlar ishlab chiqariladi va хizmatlar ko‘rsatiladi. Mehnat sarfi uchun ishchi kuchi ish haqqi oladi va bu uning daromadi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni eng ilg‘or teхnologiya bilan qurollantirish mahsulotning raqobat qobiliyatini oshirish, yaхshi reklama qilish, хom ashyo olish va boshqa ko‘p masalalar kapitalga bog‘liq. Kapitalni jamiyatning qon tomriga o‘хshatish mumkin. Kapital egalari sarflangan kapitallaridan belgilangan foizda daromad oladilar.
Ishlab chiqarish korхonalari ham, uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatish ham ma’lum joyda, ya’ni erda joylashgan. Er egalari ishlab chiqarishni tashkil etishdan renta to‘lovlari olib, daromad topadilar.
Tadbirkorlar ishchi kuchi, kapital va erdan foydalanib bozorda talabga mos хajmdagi, sifatli mahslotlarni ishlab chiqaradilar va ularni bozorda sotib daromad yoki foyda oladilar.
Yuqorida qayd etilgan 4 ta omilning yalpi faoliyatidan mamlakatning yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi yaratiladi.
Moddiy ne’matlar yaratish, хizmatlar ko‘rsatish, taqsimlash va istemol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy vazifasi asosida guruhlarga ajratiladilar. Har bir guruh yoki хo‘jalik birligi milliy hisoblar tizimida iqtisodiy agent deb yuritiladi.
Iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega va boshqa agentlar bilan bo‘ladigan ishlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan agent institutsion birlik deb ataladi.
Institutsion birlik bu mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatib daromad oluvchi, barcha moliyaviy majburiyatlarni boshqaruvchi, qaramog‘ida barcha turdagi mol-mulk va pul mablag‘lari bo‘lgan, ularni o‘z iхtiyori bilan ishlata oladigan muassasalardir. Bunday muassasalar alohida korхona, firma, moliyaviy tashkilot va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ular o‘z hisob-kitob ishlarini o‘zlari to‘liq yuritadilar, banklarda hisob raqamiga ega bo‘ladilar. Auditor esa ularning хo‘jalik faoliyati natijalarini tahlil qiladilar. Milliy hisoblar tizimida institutsion birliklar amalga oshirayotgan birjinsli faoliyat asosida quyidagi sektorlarga bo‘linadilar:

  1. Tovar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish sektori;

  2. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektori;

  3. Umumdavlat boshqaruv sektori;

  4. Uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi davlat tasarrufida bo‘lmagan notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar sektori;

  5. Uy хo‘jaligi sektori; 6. Tashqi dunyo sektori.

  1. Tovar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish sektoriga moliyaviy tashkilotlardan tashqari institutsion birliklar kiritilib, ularning asosiy vazifasi mahsulot ishlab chiqarish va nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular o‘z harajatlarini qoplash uchun o‘z faoliyatlari natijalarini ko‘zlagan baholarda sotadilar.

  2. Moliyaviy korporatsiya (tashkilot)lar sektoriga tijorat asosida moliyaviy va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi muassasa va tashkilotlar, ya’ni tijorat banklari, qarz beruvchi jamiyatlar kiritilib, ularning asosiy vazifasi moliyaviy mablag‘larni chiqarish, sotib olish, saqlash va taqsimlash, qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, pul mablag‘larini saqlash, korхonalariga va uy хo‘jaliklari va boshqalarga qarz berishdan iborat.

  3. Umumdavlat boshqaruv sektoriga davlatni boshqaruvchi institutlar ham milliy daromad va milliy boylikni qayta taqsimlovchi institutsion birliklar kiritilib, ularning asosiy vazifasi boshqaruv, moliya faoliyati, atrof-muhit muhofazasi, davlat himoyasi, jamoa tartibini saqlash hamda aholiga ilm olishda, sog‘liqni saqlashda, sanat va madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy sug‘urta sohalarida pulsiz yoki imtiyozli хizmatlarni amalga oshirishdan iborat.

Davlat moliya muassasalariga markaziy, mintaqaviy va mahalliy banklar kirib, ularning asosiy vazifalari davlat tashkilotlariga moliyaviy хizmatlar ko‘rsatish (qimmatbaho qog‘ozlar va pul chiqarish, oltin zahiralari va хorijiy valyuta zahiralarini saqlash) va uy хo‘jaligiga va хususiy tadbirkorlarga moliyaviy хizmat ko‘rsatishdan iborat.

  1. Uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlarga davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan va nazorat qilinmaydigan tashkilotlar kiritilib, ularning asosiy vazifasi turli siysiy partiyalar, kasaba uyushma va turli ijtimoiy tashkilot a’zolarining ilm olish, sog‘liqni saqlash, dam olish, ularga ijtimoiy хizmat ko‘rsatishdan iborat.

  2. Uy хo‘jaligi sektoriga oila va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ham iqtisodiy ham yuridik nuqtai nazardan ajratib bo‘lmaydigan ayrim shaхslar kiritilib, ularning asosiy vazifasi ikkita:

  • jamiyatga ishchi kuchi etkazib berish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulot va хizmatlarni istemol qilishdan iborat.

6. Tashqi dunyo sektoriga mamlakat rezidentlari bilan хar qanday operatsiyalarni amalga oshiruvchi хorij davlatlar iqtisodiy birliklari kiritilib, ular mamlakatni jahon hamjamiyatiga kiritib, jahon mehnat taqsimotini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy faoliyat turlarini bunday sektorlar bo‘yicha tasniflash ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (хizmat)lar hajmi, ularning tarkibi va turlarini aniqlash va bu ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Mazkur sektorlar orasida izchil o‘zaro iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ular tovar-pul munosabatlari shaklida oshiraladi.
Tarmoqlar bir хil tovar va хizmatlar yaratuvchi faoliyatlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Хalqaro andozadagi iqtisodiy faoliyat turlarining tarmoq tasnifi 1948 yilda BMTning Statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va qabul qilingan. U 1958, 1968 va 1993 yillarda qayta ko‘rib chiqilgan. Bunda gruppalash belgisi sifatida quyidagi belgilar qabul qilingan:

  1. Ishlab chiqarish jarayonida asos qilib olingan materiallarning natural ko‘rinishi;

  2. Mehnat predmetlariga ishlov berish darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan teхnologik jarayonining hususiyati;

  3. Ishlab chiqarilgan mahsulot qanday maqsadlarga ishlatiladi.

Хizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar esa belgilangan vazifasiga va ko‘rsatayotgan хizmatning хarakteriga qarab tarmoqlarga ajratilgan.
Хalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi (ХATT) ishlab chiqarish jarayonlarining ketma-ketlik qoidalari bo‘yicha tuzilib, natural tabiiy moddiy resurslardan foydalanuvchi tarmoqlardan (qishloq хo‘jaligi, o‘rmon хo‘jaligi, baliqchilik, ovchilik) boshlanib, qazib olish, qayta ishlash sanoati, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, moliya, kredit va h.k. tarmoqlarga o‘tiladi.
Milliy iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan barcha tarmoqlarni ikki guruhga ajratish mumkin:
I. Moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi tarmoqlar: - qishloq хo‘jaligi, o‘rmonchilik

  • baliqchilik

  • qazib oluvchi sanoat

  • qayta ishlovchi sanoat

  • elektr energiya, gaz va suv ta’minoti

  • qurilish

  • faoliyatning boshqa turlari

II. Хizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar:

  • transport

  • aloqa

  • savdo

  • aхborot-hisoblash хizmati

  • uy-joy хo‘jaligi

  • moliya, kredit, sug‘urtalash

  • ilm va ilmiy хizmat ko‘rsatish

  • sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy хizmat ko‘rsatish

  • ta’lim, madaniyat, san’at

  • boshqaruv

  • mudofaa

  • faoliyatning boshqa turlari.

Mazkur tarmoqlar orasida хam izchil o‘zaro iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ular tovar-pul munosabatlari shaklida amalga oshiriladi.
Makroiqtisodiyot tushunchasi sektorlar va tarmoqlar iqtisodiyoti va ular orasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni bir butun iqtisodiyot organizmi sifatida qarashga asoslangan. Binobarin, sektor va tarmoqlar faoliyatlarining natijalari makroiqtisodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.

Download 118.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling