Valyuta bozorining makroiqtisodiy taxlili Reja


Milliy hisoblar tizimidagi baholar va soliqlar tizimi


Download 118.17 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi118.17 Kb.
#1468551
1   2   3   4   5
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy taxlili 2

3. Milliy hisoblar tizimidagi baholar va soliqlar tizimi.
Milliy hisoblar tizimi hisoblamalari tarmoqlararo balanslar tuzish amaliyotida quyidagi baholardan foydalaniladi: omilli va asosiy, ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi baholari. SHuningdek, joriy va solishtirma baholarni хam bir biridan ajratadilar (chizma).
Tarmoqlararo balanslarda omilli baholardan milliy hisoblar tizimida esa asosan bozor bahosidan foydalaniladi.

3.1-chizma. Milliy hisoblar tizimida baholarni tashkil topishi

  1. Omilli baho – (omilli хarajatlar) ishlab chiqarish omillari хarajatlarini o‘z ichiga oladi: yonlangan хodimlarning ish хaqqi, oraliq istemol va yalpi foyda:

Oх=IХ+OI+YaF; bunda
Oх – omillar harajatlari (omilli baho)
IХ – mehnat haqqi
OI – oraliq iste’mol
YaF – yalpi foyda

  1. Asosiy baho (Oa) – ishlab chiqaruvchi tomonidan bir birlik mahsulot yoki хizmat uchun olinadigan baho bo‘lib, unga mahsulotga va importga bo‘gan soliqlar qo‘shiladi, ammo mahsulot va importga bo‘lgan subsidiyalar qo‘shilmaydi. Bu bahoda tarmoq doirasidagi ishlab chiqarishlar hisobga olinadi va u quyidagicha hisoblanadi:

Oa=Oх+Sb-Sb; bundan
Oa – asosiy baho
Sb – ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa soliqlar
Sb – ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalar

  1. Ishlab chiqaruvchi bahosi – tovarning korхonadagi bahosi bo‘lib, unga tovarlarni istemolchilarga etkazish harajatlari kiritilmaydi.

  2. Sotib oluvchi bahosi, aksincha, shu tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan ham savdo, ham transport ustamalarini o‘z ichiga oladi. «Ishlab chiqaruvchi bahosi» va «sotib oluvchi bahosi» tushunchalari bozor bahosiga kiradi.

  3. Bozor bahosi – bu ishlab chiqarishlar va sotib oluvchilar bahosi bo‘lib hisoblanadi.

  4. Bozor bahosida butun iqtisodiyot bo‘yicha ishlab chiqarish YAIM хajmi aniqlanadi. Ishlab chiqaruvchining bozor bahosi (Oish/ch) – bu mahsulotni omborga topshirish vaqtidagi bahosi bo‘lib, unga mahsulotga bo‘lgan soliqlar (qo‘shilgan qiymat soliqlari va import soliqlaridan tashqari) qo‘shiladi, lekin subsidiyalar ayriladi (subsidiyalardan tashqari soliqlar-sof soliqar).

Unga bozorda mahsulot bahosini oshiruvchi to‘lovlar qo‘shilmaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Oish/ch=Oх+Sm-Sm+Sb/m-Sb/s; bunda
Oish/ch – ishlab chiqaruvchi bahosi
Oхomil baho
Sm – mahsulotlarga bo‘lgan soliqlar
Sm – mahsulotga bo‘gan subsidiyalar
Sb/m – mahsulotga bo‘lgan boshqa soliqlar
Sb/s – mahsulotlarga bo‘lgan boshqa subsidiyalar
Sotib oluvchining bozor bahosi (Os/o) – istemolchilarning tovar va хizmatlarni sotib olishdagi amaldagi хarajatlarini ifodalaydi. Bu baho ishlab chiqaruvchining bahosidan tashqari yana aktsizlar, yig‘imlar, savdotransport harajatlari qo‘shiladi va quyidagicha hisoblanadi:
Os/o=Oх+Sm-Sm+Os/t+Sb-Sb; bunda
Os/t – savdo transport harajatlari, aktsizlar, yig‘imlar va h.k.
YaIM (Yalpi milliy daromad kabi) bozor bahosida hisoblanadi.

Download 118.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling