Vasiylik va homiylik to‘g‘risida


Download 259.34 Kb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi259.34 Kb.
#230818
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
269 22.09.2014




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida

“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risida hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2014-yil 22-sentabr,

269-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida

NIZOM

I. Vasiylik va homiylik organlari



1. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vasiylik va homiylik organlarining vakolatlarini, ularning vazifalari hamda vasiylikni va homiylikni belgilash, amalga oshirish va to‘xtatish tartibini belgilaydi.

2. Vasiylik va homiylik faoliyati:

Oldingi tahrirga qarang.

a) voyaga yetmaganlarga nisbatan — tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari;



(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar tibbiyot birlashmalari;

v) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiy tayinlashga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

3. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vasiylik yoki homiylik belgilash O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari zimmasiga yuklanadi.

4. Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Vasiylik va homiylik organlarining vakolatlari, ularning vazifalari

Oldingi tahrirga qarang.



5. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari vasiylik va homiylik sohasida o‘z vakolatlari doirasida:

(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadilar;

yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadilar, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadilar, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadilar;

yetim bolalarning va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydilar;

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradilar;

yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulkining but saqlanishini ta’minlaydilar;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadilar;

vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadilar;

vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadilar;

bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid paydo bo‘lgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yish choralarini ko‘radilar;

davlat muassasalariga (internatlarga) joylashtiriladigan balog‘atga yetmaganlarning hisobini olib boradilar va hujjatlarini tayyorlaydilar;

ota-onalar va bolalar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan hollarda bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydilar;

belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etadilar, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning huquqini cheklash to‘g‘risida, shuningdek, ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etadilar;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(5-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

6. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida:

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni aniqlaydilar hamda ularning hisobini yuritadilar;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadilar, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadilar;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydilar;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni vasiylik yoki homiylikka joylashtirilishini ta’minlaydilar;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadilar;

vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadilar;

vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadilar;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladilar, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadilar;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladilar;

fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradilar;

fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadilar va ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radilar;

vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan qabul qilingan hokim qarorlarining ijrosi yuzasidan tegishli muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorlik qiladilar.

Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

7. Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari o‘z vakolatlari doirasida:

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlaydilar va ularning hisobini yuritadilar;

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadilar, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadilar, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadilar;

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni homiylikka joylashtirilishini ta’minlaydilar;

homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadilar;

homiylarning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ularga homiylikdagi shaxslarning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadilar;

homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadilar;

homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladilar, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadilar;

homiylikdagi shaxslarga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladilar;

fuqarolarga homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradilar;

vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan qabul qilingan hokim qarorlarining ijrosi yuzasidan tegishli muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorlik qiladilar.

Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

8. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadilar;

vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar hamda amalga oshiradilar;

vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradilar;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadilar hamda amalga oshiradilar;

davlat reyestrini yuritadilar.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

9. Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylik yoki homiylikni belgilash va tugatish bo‘yicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladilar. Mazkur qarorlar vasiylik va homiylik organlari tomonidan manfaatdor tashkilot va shaxslarga yuboriladi.

10. Vasiylik va homiylik organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.

11. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatiga rahbarlikni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.

3. Vasiylik va homiylik organlarining alohida funksiyalari

1-§. Sudlar tomonidan bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqishda vasiylik va homiylik organlarining ishtiroki

12. Oila kodeksining 88-moddasiga muvofiq, sud tomonidan bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim da’vo taqdim qilganligidan qat’i nazar, vasiylik va homiylik organi ishda qatnashishga jalb qilinishi kerak.

13. Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni o‘z tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxsning (shaxslarning) turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazish va tekshirish dalolatnomasini hamda unga asoslangan nizo mohiyati bo‘yicha xulosani sudga taqdim qilishi shart.

14. Oila kodeksining 87-moddasiga muvofiq bolaning hayotiga yoki uning sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘ilganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olib qo‘yishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.

15. Bola olib qo‘yilganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorni xabardor qilishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolani olib qo‘yish haqidagi dalolatnomasi chiqarilgandan keyin yetti kun mobaynida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqlarini cheklash haqida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart.

16. Bolani olib qo‘yish va uni boshqa shaxsga (shaxslarga) berish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudning qarorlarini majburiy tartibda ijro etish vasiylik va homiylik organi va bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs (shaxslar)ning majburiy ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.

Oila kodeksining 196-moddasiga muvofiq, bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi bitimlarni bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi.

2-§. Vasiylik va homiylik organlarining tug‘ilishni qayd qilishdagi vakolatlari

17. Tug‘ilishni qayd qilishda bolaning otasi va onasi haqidagi ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda ota va ona haqidagi yozuvlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga va mazkur Nizomga binoan vasiylik va homiylik organi ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

18. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi.

Agar ota-onalar turli familiyalarda bo‘lsa, unda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga ulardan birining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona o‘rtasidagi bolaning ismi va (yoki) familiyasiga doir paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

19. Ota-onasining o‘rtasida nikohdan ajralishi yoki nikohning haqiqiy emas deb topilishi bolaning familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. Agar ajralishdan, nikoh haqiqiy emas deb topilganidan keyin yoki ota-onadan biri otalik yoki onalik huquqidan mahrum etilganidan so‘ng bolani o‘z tarbiyasiga olgan ota yoki ona unga o‘z familiyasini berishni xohlasa, bu masala vasiylik va homiylik organi tomonidan bolaning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi.

3-§. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan bolalar tarbiyasi va ular bilan ko‘rishib turish to‘g‘risidagi masalalarning hal etilishi

20. Bolalar tarbiyasi va ta’limiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan ularning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha hal etiladi. Ota-ona o‘rtasidagi bolaning tarbiyasi va ta’limiga doir kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi yoki sud tomonidan hal etiladi.

21. Ota-onalar boladan alohida yashaydigan ota-ona tomonidan ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.

22. Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega.

Ota-onalar (ulardan biri) bolaning yaqin qarindoshlarga u bilan ko‘rishib turishni rad etgan hollarda, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday ko‘rishib turishlarga to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklashi mumkin.

4-§ Vasiylik va homiylik organlarining bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish(patronat) bilan bog‘liq masalalardagi vakolatlari

23. Vasiylik va homiylik organlari bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish (patronat) bilan bog‘liq masalalardagi vakolatlari doirasida:

Oldingi tahrirga qarang.

bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) istagini bildirgan shaxslarni har tomonlama o‘rganadi va o‘rganish natijasida potensial ota-onalarni aniqlaydi;



(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)

bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning, farzandlikka olgan va farzandlikka olinganlarning hisobini yuritadi, farzandlikka olish sirining saqlanishini ta’minlaydi;

tuman, shahar sudiga voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi va sud jarayonida ishtirok etadi;

farzandlikka olishni bekor qilish uchun sudga belgilangan tartibda hujjatlar tayyorlaydi;

bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat)ga olishni istagan shaxslarning hisobini yuritadi;

bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida bitim tuzadi va uni bekor qiladi.

24. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

25. 10 yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.

Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi yoki sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi.

26. Agar bola vasiylik yoki homiylikda bo‘lsa va uni farzandlikka olish uchun ota-ona roziligi talab qilinmasa, farzandlikka olish vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.

27. Vasiylik va homiylik organi Oila kodeksining 169-moddasida belgilangan hollarda farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

28. Agar da’vo vasiylik va homiylik organiga nisbatan qilingan bo‘lsa, u bu haqda farzandlikka olgan shaxsga xabar berishi shart, farzandlikka olgan shaxs ishni ko‘rib chiqishda javobgar tomonida ishtirok etishga haqlidir.

29. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalarni tanlashni amalga oshiradi, ular bilan bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risida bitim tuzadi.

30. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi bitim uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy holatining o‘zgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan o‘zaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud bo‘lsa, bolalarning tutingan ota-onasining tashabbusi bilan, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda, muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.

31. Vasiylik va homiylik organi oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradi.

5-§. Vasiylik va homiylik organining voyaga yetmaganlarni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) bo‘yicha vakolatlari

32. Voyaga yetmagan, o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs, agar u mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab turgan yoki ota-onasi, farzandlikka olganlar yoxud homiyning roziligi bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.

33. Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) vasiylik va homiylik organining qaroriga ko‘ra, ikkala ota-onaning, bolani farzandlikka olganlarning yoki homiyning roziligi bilan yoxud, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sud qarori bilan amalga oshiriladi.

4. Vasiylik va homiylik organining qarori hamda vasiy va homiyning xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish

34. Tuman, shahar hokimining vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish, vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to‘g‘risidagi, vasiylik va homiylik organlarining dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxslar tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

35. Vasiy va homiyning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

36. Vasiylik va homiylik organining qarori hamda vasiy va homiyning xatti-harakatlari yuzasidan qilingan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

5. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatini muvofiqlashtirish

37. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida tuman, shahar hokimligi huzurida vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi.

38. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalarning vazifalari quyidagilardan iborat:

vasiylik va homiylik organlari faoliyatini nazorat qilish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

davlat reyestriga ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash;

vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoki chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni ko‘rib chiqish va tegishli xulosalar tayyorlash;

yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni Bolalar uylari va Mehribonlik uylariga joylashtirishga doir hujjatlarni ko‘rib chiqish va tegishli xulosalar tayyorlash.

Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

39. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya tarkibi yetti kishidan iborat bo‘ladi, shu jumladan:

komissiya raisi — tuman, shahar hokimining o‘rinbosari;

Oldingi tahrirga qarang.

komissiya a’zolari — tuman, shahar hokimligining yuridik xizmati xodimi, ijtimoiy masalalar bo‘yicha mutaxassisi (mas’ul kotib), tuman, shahar tibbiyot birlashmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman, shahar bo‘limi xodimlari.



(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Zarur hollarda komissiya ishiga boshqa manfaatdor shaxslar va mutaxassis-ekspertlar ham taklif qilinishi mumkin.

40. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya tarkibi tuman, shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

6. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, tibbiyot birlashmalari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyati

(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Oldingi tahrirga qarang.

41. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash, hisobga olish va joylashtirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining maxsus tayinlangan mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.



(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Oldingi tahrirga qarang.

42. Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash, hisobga olish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tegishli ravishda viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispansyerlari va tuman poliklinikalari mutaxassislari, shuningdek tuman, shahar tibbiyot birlashmalari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.



(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)

Oldingi tahrirga qarang.

43. Vasiylik va homiylik masalalarini hal qilish uchun viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispansyerlari, tuman poliklinikalari, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari huzurida vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi.



(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)

44. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi:

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslar va ularga tegishli mol-mulkning, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning hisobini yuritish, ushbu ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etish;

homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritish;

vasiylik yoki homiylikni belgilash, tugatish, vasiylarning yoki homiylarning o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etish;

spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza bilan murojaat etish;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning davolanganlik yoki ular ahvolining yaxshilanishi holatlarida ularning muomalaga layoqatini tiklash masalasida sudga iltimos bilan murojaat etish va sud majlislarida ishtirok etish;

Oldingi tahrirga qarang.

tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispansyerlari va tuman poliklinikalar huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.



(44-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)

Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin.

45. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tarkibi besh kishidan iborat bo‘ladi, shu jumladan:

komissiya raisi — boshliqning ambulatoriya-poliklinika yordami bo‘yicha o‘rinbosari;

komissiya a’zolari — tashkiliy-metodik bo‘lim mutaxassisi (mas’ul kotib), yuriskonsult, shifokor-psixiatr, oila(hudud) shifokori.

Oldingi tahrirga qarang.

46. Viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispansyerlari va tuman poliklinikalari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi:

(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning hisobini yuritish;

spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza bilan murojaat etish uchun hujjatlarni tayyorlash;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning davolanganlik yoki ular ahvolining yaxshilanishi holatlarida ularning muomalaga layoqatini tiklash masalasida sudga iltimos bilan murojaat etish;

homiylikdagi shaxslarni davolash, parvarish qilish, tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklash ishlarini amalga oshirish;

vasiy yoki homiy tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish, ushbu shaxslar tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik holatlarida tegishli dalolatnomani tuzish va tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyasiga yuborish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan hamda vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuman, shahar tibbiyot birlashmalariga yuborish.

Oldingi tahrirga qarang.

47. Viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispansyerlari va tuman poliklinikalari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyaning tarkibi besh kishidan iborat bo‘ladi, shu jumladan:

(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)

komissiya raisi — bosh shifokorning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;

Oldingi tahrirga qarang.

komissiya a’zolari — tibbiy hamshira (mas’ul kotib), shifokor-psixiatr (shifokor-narkolog), shifokor-nevropatolog, oila (hudud) shifokori.



(47-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)

Oldingi tahrirga qarang.

48. Viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispansyerlari va tuman poliklinikalari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya tarkibi tibbiy muassasa bosh shifokori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.



(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)

49. Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi:

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan fuqarolarni aniqlash va ularning hisobini yuritish;

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan fuqarolar, ularni joylashtirish haqidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etish;

homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritish;

homiylikni belgilash, tugatish, homiylarning o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoki chetlashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etish.

Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

50. Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tarkibi besh kishidan iborat bo‘ladi, shu jumladan:

komissiya raisi — bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbarining o‘rinbosari;

komissiya a’zolari — aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha guruh mutaxassisi (mas’ul kotib), aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha guruh mutaxassisi, ijtimoiy xodim, yuriskonsult.

51. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tarkibi tibbiyot birlashmasi yoki bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

II. Vasiylik va homiylik

1. Umumiy qoidalar

52. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy, shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.

Homiylik o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.

53. Vasiylik yoki homiylik yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinganda;

ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo‘lishi oqibatida o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

Oldingi tahrirga qarang.

ota-onasi yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan bo‘lsa;



ota-onasi yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, agar vasiylik yoki homiylik bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;

(53-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)

ota-onasi bedarak yo‘qolganda;

ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va shunga o‘xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga, agar ota-onasi bilan turishi ushbu shaxsning qonuniy manfaatlariga javob bermasligi hamda uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun bevosita tahdid mavjudligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlanganda vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.

54. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan homiylik ushbu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin.

55. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritish, vasiylik va homiylikni belgilash va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha bajariladi.

2. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish

Oldingi tahrirga qarang.

56. Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga quyidagi vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganda:

(56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)

ota-onasi vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar to‘g‘risida;

ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bolalar to‘g‘risida;

ota-onasi ota-onalik huquqlari cheklangan bolalar to‘g‘risida;

ota-onasining tarbiyasida bo‘lishi bolalar manfaatlariga zid bo‘lganda, shuningdek ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita tahdid mavjud bo‘lgan bolalar to‘g‘risida;

Oldingi tahrirga qarang.

ota-onasi 6 oydan ortiq muddatda yo‘q bo‘lgan bolalar to‘g‘risida, agar bola qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan bo‘lsa;



(56-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)

ota-onasi 6 oydan kam muddatda vaqtincha bo‘lmagan bolalar to‘g‘risida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;

ota-onasining kasalligi sababli ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risida;

ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar to‘g‘risida;

odam savdosidan jabrlangan bolalar to‘g‘risida;

ota-onasi noma’lum bo‘lgan yoxud ular sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilgan bolalar to‘g‘risida;

boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar to‘g‘risida;

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiy tayinlanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar berishi shart.

57. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar vasiylik va homiylik organlariga mazkur shaxslar aniqlangan kundan e’tiboran yetti kun mobaynida yozma shaklda yuboradi.

58. Vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi haqida vasiylik va homiylik organlariga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi kerak.

3. Vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiyni va homiyni tayinlash

1-§. Umumiy qoidalar

59. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlangan hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch kun mobaynida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi.

60. Tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng vasiylik va homiylik organi yetti kun mobaynida quyidagilarni amalga oshiradi:

yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi va bu haqda dalolatnoma tuzadi;

Oldingi tahrirga qarang.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy yoki xomiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning tavsifnomalarini, ularning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan so‘rab oladi;



(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

61. Vasiylik va homiylikka oid ishlarni ko‘rib chiqishda vasiylik va homiylik organlari vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni, vasiylar va homiylarni, ariza beruvchilarni, manfaatdor va ishga aloqador shaxslar (qarindoshlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya a’zolari, ekspertlar, guvohlar hamda ayrim hollarda — vasiylikka yoki homiylikka muhtoj shaxslar)ni taklif qilishi mumkin.



(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)

62. Vasiylik va homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxs yashayotgan joyda, agar shaxsning muayyan yashash joyi bo‘lmasa, vasiy yoki homiy yashayotgan joyda belgilanadi.

63. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

64. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy yoki homiy tayinlash uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni vasiy yoki homiy tayinlash mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida tuman, shahar hokimligiga mazkur Nizomning 78 — 82-bandlarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

65. Tuman, shahar hokimi hujjatlarni olgan kundan boshlab uch kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

66. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan taqdim qilingan hujjatlarni besh kun mobaynida ko‘rib chiqadi va tegishli xulosa tayyorlaydi.

67. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya xulosasi asosida besh kun mobaynida vasiylik yoki homiylik bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi.

Hokimning vasiy yoki homiyni tayinlash bo‘yicha qarori bir kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiylarga yuboriladi.

68. Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningdek 10 yoshga to‘lgan homiylikka olinuvchining istagi inobatga olinishi lozim.

69. Vasiy yoki homiy etib voyaga yetgan fuqarolar ularning roziligi bilangina, mazkur Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan holatlar hisobga olingan holda, tayinlanishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

70. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ta’lim-tarbiyaga berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi hamda ularga nisbatan vasiylik va homiylik majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.



Akademik litsey va kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan vaqtda yetim bo‘lib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda, muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu bolalarga nisbatan ular ta’lim olayotgan muassasa bola muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi.

(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)

71. Quyidagi shaxslar vasiy va homiy etib tayinlanishi mumkin emas;

ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;

o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;

Oldingi tahrirga qarang.

vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;



(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.

Oldingi tahrirga qarang.

711. Quyidagilar shaxsning vasiy yoki homiy etib belgilanishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar hisoblanadi:



I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);

barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;

narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya);

aqli zaiflikning barcha turlari;

tanosil kasalliklarining maishiy yo‘l bilan yuquvchi turlari (zaxm, so‘zak);

mehnatga yaroqlilikni inkor etuvchi I va II guruh nogironligiga olib keluvchi barcha kasalliklar va jarohatlar.

(711-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)

72. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashgan joyi bo‘yicha belgilanadi.

Vasiylar va homiylar vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish, ularga tegishli mol-mulkni boshqalarga o‘tkazish, vasiylik va homiylikdagi shaxslarga tegishli pul va boshqa qimmatli buyumlarni saqlash, mol-mulkni boshqarish va saqlash bo‘yicha hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadilar.

2-§. Alohida holatlarda vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiyni tayinlash xususiyatlari

Oldingi tahrirga qarang.

73. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, bolaga nisbatan vasiy yoki homiy belgilanadi.



Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatda vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa belgilanadi.

Har ikki holatda ham bolaning ota-onasidan rozilik arizasi talab etilmaydi.

(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)

74. Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning manfaatini ko‘zlab unga darhol vasiy yoki homiy tayinlanishi zarur bo‘lsa, shu jumladan bolalar ota-onasidan yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Oldingi tahrirga qarang.

Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning arizasiga ko‘ra, agar mazkur shaxs tomonidan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi taqdim etilsa, vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.



(74-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi bundan mustasno.

Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgunga qadar joylashtirishning u yoki bu shakli tanlangan bo‘lsa yoxud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi.

75. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning o‘zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo‘lishi lozim.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning parvarish qilinishini ta’minlash va uning tibbiy yordamni o‘z vaqtida olishiga ko‘maklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa, shuningdek ta’minot, tarbiya va ta’lim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi xulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar o‘rtasida taqsimlanadi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning va bir vaqtning o‘zida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari o‘rtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar o‘z majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilgunga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

76. Zarurat bo‘lganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaxs bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.

Shaxsni ikkinchi va undan keyingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlash to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa shaxs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

Aynan bir vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarini bajarayotganda uning vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilgunga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

77. Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko‘ra o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o‘zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko‘rsatiladi.

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasi o‘z sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi bo‘lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.

Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana ko‘rsatilgan holda ularning o‘z qo‘li bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Ota-ona o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yo‘li bilan bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli.

O‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmaganga homiy voyaga yetmaganning aniq shaxs ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin.

Tuman, shahar hokimi voyaga yetmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoxud o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmaganning o‘zi ko‘rsatgan shaxsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonun hujjatlariga yoxud voyaga yetmaganning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda qabul qiladi.

4. Vasiylik yoki homiylikni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar

78. Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan bola to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etadilar:

a) tug‘ilganlik haqida guvohnoma (pasport) nusxasi;

bolalarning ota-ona qarovisiz qolganlik holatini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlardan biri:

ota-onasining o‘limi haqidagi guvohnomalar nusxasi;

ota-onasining yoki ulardan birining ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi haqida sud qarori;

ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdan va ta’minotidan bo‘yin tovlaganligi, ota-onalarga qidiruv e’lon qilinganligi haqidagi hujjatlar, ichki ishlar organlari, davolash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalarning bolalarning ota-onasiz qolganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalari;

b) sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy muassasa (tibbiy-maslahat komissiyasi)ning xulosasi;

v) vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxsning turar joyi, mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

g) vasiylik va homiylik organining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish istagini bildirgan shaxsning turmush sharoitlari, oila a’zolarining salomatligi va oilaning boshqa sharoitlari to‘g‘risidagi tekshiruv dalolatnomalari;

d) vasiylik va homiylik organining vasiy yoki homiy belgilanishiga muhtoj shaxslarga nisbatan vasiy yoki homiy belgilash zarurligi, vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi xulosalari.

79. Vasiylik va homiylik organlari muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;

shaxsning muomala layoqati cheklanganligi yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgani to‘g‘risidagi sud qarori (muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz shaxslar uchun);

davolash muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) fuqaroning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi xulosasi;

vasiylik va homiylik organining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish istagini bildirgan shaxsning turmush sharoitlari to‘g‘risidagi tekshiruv dalolatnomasi;

vasiylik va homiylik organining vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasi.

80. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

a) vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turgan shaxs tomonidan nikohda qachondan beri turganligi (nikohda turgan shaxs uchun), er-xotinning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar bo‘lsa — ularning soni va yoshi, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, vasiylik yoki homiylikka olish asoslari ko‘rsatilgan ariza;

b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

v) yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan oila a’zolari ko‘rsatilgan holda olingan ma’lumotnoma;

g) nikohda turgan shaxslar uchun — nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning (nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning) nusxasi;

Oldingi tahrirga qarang.

(80-bandining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)

e) ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;

Oldingi tahrirga qarang.

(80-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

Oldingi tahrirga qarang.

z) ish joyidan olingan tavsifnoma;



(80-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

i) vasiy va homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning sog‘lig‘i to‘g‘risida davlat muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) xulosasi, ruhiy va narkologiya muassasalaridan, sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseridan olingan ma’lumotnomalar;

k) vasiy va homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining axborot markazidan olingan ma’lumotnoma.

81. Voyaga yetmaganlarga ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning o‘z arizasiga ko‘ra vasiy yoki homiy tayinlashda, shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo‘lgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlashda vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

a) bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, bolani vasiylik yoki homiylikka qoldirish muddatlari va asoslari ko‘rsatilgan ota-onaning arizasi;

b) vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar bo‘lsa — ularning soni va yoshi, vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, vasiylik yoki homiylikka olish asoslari ko‘rsatilgan arizasi;

v) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

g) nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan vasiylik yoki homiylikka olinganda — vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

Oldingi tahrirga qarang.

(81-bandining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(81-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

Oldingi tahrirga qarang.

j) ish joyidan olingan tavsifnoma;



(81-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

z) vasiy va homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning sog‘lig‘i to‘g‘risida davolash muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) xulosasi.

82. Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash uchun vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

a) vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turgan shaxs tomonidan nikohda qachondan beri turganligi va ularning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar bo‘lsa — ularning soni, yoshi hamda vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish asoslari ko‘rsatilgan ariza;

b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

v) turar joyidan oila a’zolari ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;

Oldingi tahrirga qarang.

(82-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

5. Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari

83. Vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, ularning nomidan va ularning manfaatlarini ko‘zlab zarur bitimlarni tuzadi.

Homiylar o‘z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, homiyligidagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslarning suiiste’molliklaridan muhofaza qiladi.

Vasiylar va homiylar vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning huquq va manfaatlarini barcha muassasalarda, shu jumladan, sudda ham alohida ishonchnomasiz himoya qiladi.

84. Vasiylar va homiylar quyidagi huquqlarga ega:

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni uning fikrini hamda vasiylik va homiylik organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda tarbiyalash usullarini mustaqil belgilash;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni qonuniy asoslarsiz o‘zida ushlab turgan har qanday shaxsdan, shu jumladan ota-onasidan hamda boshqa yaqin qarindoshlaridan uni qaytarib berishni sud tartibida talab qilish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minoti, unga tarbiya, ta’lim berish va uning sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli bo‘lmagan bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;

zarur ijtimoiy yordam olish uchun vasiylik va homiylik organlariga, ta’lim muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning davolanishi va sog‘lig‘ini tiklashi maqsadida davolash, sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalar olish uchun sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish.

Vasiylar va homiylar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

85. Vasiy yoki homiy o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas, bunday muloqot vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning qonuniy manfaatlariga mos kelmaydigan holatlar bundan mustasno.

86. Vasiylar va homiylar quyidagilarga majbur:

o‘zining yashash joyi o‘zgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni tarbiyalashi, uning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, shuningdek uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishi uchun sharoitlarni ta’minlash;

alimentlar, pensiyalar, nafaqalar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ijtimoiy to‘lovlar to‘lashni talab qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning o‘zlariga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yo‘l qo‘ymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tug‘dirmaslik;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning mulkiy huquqlariga daxl qiladigan harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatlarini olish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulkini boshqarishdan tushgan daromadlardan va boshqa mavjud mablag‘laridan uning ta’minoti uchun foydalanish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning parvarish qilinishini, tibbiy kuzatuvini va davolash-profilaktika muassasalarida davolanishini ta’minlash;

vasiylik va homiylik organlariga o‘z majburiyatlarining bajarilishi haqida hisobotlar taqdim etish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs statsionarda davolanish uchun joylashtirilganligi haqida vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilish;

agar fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga yoki muomala layoqati cheklanganligiga doir asoslar bekor bo‘lgan bo‘lsa, o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish;

o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi voyaga yetmagan shaxs bilan birga yashash.

Homiyning o‘z homiyligidagi o‘n olti yoshga to‘lgan shaxsdan alohida yashashiga, basharti bu homiylikdagi shaxsning tarbiyasiga, ta’minotiga va ta’lim olishiga, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa, vasiylik va homiylik organlarining yozma ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Homiy o‘z homiyligidagi shaxsdan alohida yashagan taqdirda, uning yashash, ta’lim olish sharoitlarini nazorat qilishi, uni atrofdagilarning salbiy ta’siridan himoya qilishi shart.

O‘z homiyligidagi shaxs bilan birga yashayotgan homiyning yashash joyini o‘zgartirishi vasiylik va homiylik organining yozma ruxsati va o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmaganning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsning turar joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda, vasiy yoki homiy uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq uni olish bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.

Muomala layoqati cheklangan fuqarolarning homiylari ularni spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-idrok faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol etishdan, chekishdan himoya qilishga doir zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart.

Vasiylar va homiylarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

87. Vasiy yoki homiy, agar o‘z qaramog‘idagi shaxsni spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari yoxud psixotrop moddalarni iste’mol qilishi natijasida muomala layoqati cheklangan deb topilishiga asos bo‘lgan holatlar barham topsa, uni muomalaga layoqatli deb topishni va vasiylik yoki homiylik bekor qilinishini so‘rab sudga murojaat etishi shart.

88. Vasiy vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan:

vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitim (shartnoma)lar tuzishga;

vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga garovga qo‘yish yoki ijaraga berishga;

vasiylikdagi shaxs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga;

vasiylikdagi shaxsga qarashli turar joyni ayirboshlashga haqlidir.

89. Vasiy yoki homiy, uning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiyning yoki homiyning eri (xotini), uning yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.

90. Vasiylik va homiylik bo‘yicha majburiyatlar bepul bajariladi.

Vasiy va homiyning o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minotiga doir xarajatlarining o‘rni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablag‘lari hisobidan qoplanadi, bu mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning ta’minoti uchun nafaqa tayinlash maqsadida tegishli organlarga murojaat qiladi.

91. Vasiy yoki homiy o‘zining arizasiga ko‘ra o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Homiy homiylikdagi shaxsning talabiga ko‘ra o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim.

Vasiyni yoki homiyni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.

Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.

Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning homiysi o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, homiylikdagi shaxsning roziligi bilan homiy sifatida boshqa shaxs tayinlanadi.

Vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajargan shaxs o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinganligi to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vasiylik va homiylik organiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.

6. Vasiylar va homiylar faoliyatini nazorat qilish

92. Vasiylik va homiylik organi vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi yuzasidan yiliga kamida ikki marta nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, ta’lim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam ko‘rsatadi.

93. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning yoxud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

94. Vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilgan hollarda, ularni o‘z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.

Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o‘z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilganligi to‘g‘risida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Bunday ma’lumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar ko‘rishi shart.

95. Vasiy yoki homiy o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlardan g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni ko‘rishi shart.

96. Vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsdan g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplanishini vasiydan yoki homiydan talab qilishi shart, vasiylik yoki homiylik tugatilganda esa vasiylikdagi yoki homiylikdagi muomalaga layoqatli shaxs talab qilishga haqli.

97. Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini saqlashga va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarishga doir majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (mol-mulkni yaroqsiz holga keltirish, lozim darajada saqlamaslik, mol-mulkni belgilangan maqsad uchun sarflamaslik, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining qiymati pasayishiga sabab bo‘lgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirish va boshqalar) vasiylik va homiylik organi bu haqda dalolatnoma tuzishi hamda vasiyga yoki homiyga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida talabnoma taqdim etishi shart.

98. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.

99. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilganligi to‘g‘risida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Bunday ma’lumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar ko‘rishi shart.

7. Vasiylik va homiylikning tugashi

100. Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

vasiylikdagi shaxs vafot etganda;

voyaga yetmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lganda;

voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;

vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;

fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.

101. Voyaga yetmagan bola o‘n to‘rt yoshga to‘lganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi bo‘lib qoladi.

102. Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

homiylikdagi shaxs vafot etganda;

homiylikdagi shaxs voyaga yetganda;

homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;

homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;

fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning qarori bekor qilinganda;

voyaga yetmagan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya);

homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i yaxshilanganda.

O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritish, vasiylik va homiylikni belgilash va amalga oshirish

SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qaroriga


2-ILOVA

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

Davlat reyestri ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha shakllantiriladi va yuritiladi.

2. Quyidagilar davlat reyestrini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bazasini yaratish;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston fuqarolari oilalariga tarbiyaga berishga ko‘maklashish;

bolalarni o‘z oilalariga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar olishi uchun sharoitlar yaratish;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan fuqarolarni vasiylik yoki homiylikka joylashtirishga ko‘maklashish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar mol-mulkining saqlanishini ta’minlash.

3. Davlat reyestrini shakllantirish va yuritishda quyidagi talablarga rioya etilishi zarur:

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulklari hamda vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlari o‘rtasida almashish imkoniyatini yaratish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona axborot almashish muhitini yaratish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki hamda ularga vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning ishonchli va to‘liq bo‘lishini ta’minlash;

ma’lumotlarni qalbakilashtirish, yo‘qotish, buzish va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash.

II. Davlat reyestrini shakllantirish

4. Davlat reyestri vasiylik va homiylik organlaridan tushgan ma’lumotlar asosida elektron hujjat ko‘rinishida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.

5. Davlat reyestrini shakllantirish uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan har oy yakuni bo‘yicha navbatdagi oyning o‘ninchi sanasiga qadar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etiladi.

6. Bolani farzandlikka olish, oilaga tarbiyaga olish (patronat), vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar deb ataladi) o‘zi haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.

III. Davlat reyestrini yuritish

7. Davlat reyestri quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:

yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar haqida;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar haqida;

voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolar haqida;

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar haqida.

8. Davlat reyestridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq jadval shaklida quyidagilarni o‘zi ichiga oladi:

bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi;

bolaning tug‘ilgan vaqti va joyi, fuqaroligi, millati;

bolaning shaxsiy belgilari (bo‘yi, vazni, ko‘zining rangi, sochi va boshqalar);

bolaning salomatligi, jismoniy va aqliy rivojlanish holati;

bolaning fe’l-atvori xususiyatlari (kirishuvchan, tortinchoq va h.k.);

bolaning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligining sabablari;

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning ota-onasi yoki yolg‘iz onasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, fuqaroligi, millati, sog‘lig‘ining holati (ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda), doimiy yashash va (yoki) turar joyi;

bolaning voyaga yetmagan aka-uka, opa-singillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan vaqti, sog‘lig‘ining holati (ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda), turar joyi;

vasiylik va homiylik organiga ma’lum bo‘lgan voyaga yetgan qarindoshlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, doimiy yashash va (yoki) turar joyi, ushbu qarindoshlar tomonidan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish rad etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

bolani oilaga tarbiyaga berishning mumkin bo‘lgan shakllari;

vasiylik va homiylik organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan oilalarga tarbiyaga berish borasida ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar;

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola haqidagi ma’lumotlar hisobini yuritish to‘xtatilganligi haqida ma’lumotlar (sababi ko‘rsatilgan holda);

bolaning mol-mulki haqidagi ma’lumotlar:

yer maydoni (yer maydonining manzili, hajmi (kv.m), ko‘chmas mol-mulkka egalik huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot, egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar;

turar joy (turar joy manzili, maydoni (kv.m), ko‘chmas mol-mulkka egalik huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot,egalik huquqi –sotib olish, hadya, almashtirish, meros, xususiylashtirish va boshqalar);

boshqa mol-mulk (mol-mulk manzili, mol-mulk haqida ma’lumot, mol-mulkka egalik huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot (egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar).

9. Davlat reyestridagi muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vasiylik yoki homiylikdagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq jadval shaklida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

tug‘ilgan vaqti va joyi, fuqaroligi, millati;

fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqaroga tegishli mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

yer maydoni (yer maydonining manzili, hajmi (kv.m), ko‘chmas mol-mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot, egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar;

turar joy (turar joy manzili, maydoni (kv.m), ko‘chmas mol-mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot,egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros, xususiylashtirish va boshqalar;

boshqa mol-mulk (mol-mulk manzili, mol-mulk haqida ma’lumot, mol-mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot, egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar.

10. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs haqidagi ma’lumotlar, agar uning farzandlikka oluvchi, vasiy (homiy) yoki tutingan ota-ona bo‘lishi uchun asoslar bo‘lsa, mazkur shaxsning yozma arizalariga muvofiq davlat reyestriga kiritiladi.

Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritishdan avval, mazkur shaxs o‘zi haqidagi ma’lumotlar ro‘yxati, ma’lumotlarni rasmiylashtirish asoslari va ulardan foydalanish tartibi bilan tanishtiriladi.

Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq jadval shaklida quyidagilarni o‘zi ichiga oladi:

familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan organ nomi, fuqaroligi, millati, yashash yoki turar joy manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);

shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan berilgan uning yashash sharoiti, farzandlikka oluvchi, vasiy (homiy) yoki tutingan ota-ona bo‘lishi asosliligi to‘g‘risidagi xulosasi (sanasi va raqami);

chet el fuqarosining va chet elda yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yashash sharoiti, uning vasiy, homiy yoki farzandlikka oluvchi bo‘lishi asosliligi to‘g‘risidagi u yashaydigan davlatning qonun hujjatlariga asosan berilgan xulosasi (sanasi va raqami), fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ular doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq berilgan xulosasi (sanasi va raqami);

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs tomonidan tanlangan bola tarbiyalanayotgan muassasaga berilgan yo‘llanma haqidagi ma’lumot (sanasi, bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi);

yetim bola, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olishi yoki tarbiyaga olishini rad etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sababi ko‘rsatilgan holda (bolani tarbiyaga olishni rad etgan taqdirda);

bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish isagini bildirgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestrida hisobini yuritish to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, sabablari ko‘rsatilgan holda.

11. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola va vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs haqidagi ma’lumotlar qonun hujjatlariga muvofiq maxfiy ma’lumotlar hisoblanadi, ushbu Nizomning 14-bandidagi ma’lumotlar bundan mustasno.

12. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida erkin ma’lumotlarni yaratish va fuqarolarni xabardor qilish maqsadida vasiylik va homiylik organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu bolalar to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.

Erkin ma’lumotlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola, uning ota-onasi va boshqa qarindoshlari haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni identifikatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

13. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.

14. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi erkin ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

jinsi, yoshi, sog‘lig‘i, jismoniy va aqliy rivojlanish holati, fe’l-atvorining xususiyatlari, ota-ona qarovisiz qolganligining sabablari;

ota-onasi to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lsa, ularning sog‘lig‘ining holati haqidagi ma’lumotlar;

voyaga yetmagan aka-uka, opa-singillarining mavjudligi, ularning yoshi, sog‘lig‘ining holati haqidagi ma’lumotlar;

voyaga yetgan qarindoshlarining mavjudligi, bolani o‘z oilalariga tarbiyaga olishni rad etganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

oilaga joylashtirishning mumkin bo‘lgan shakllari.

IV. Davlat reyestrida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki hisobini yuritishning to‘xtatilishi

15. Davlat reyestrida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ularning mol-mulkining hisobini yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola tarbiyalash uchun oilaga (farzandlikka, vasiylikka (homiylikka), oilaga tarbiyaga (patronatga) joylashtirilganda;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola ota-onasiga qaytarilganda;

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola voyaga yetganda yoki to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya);

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola vafot etganda.

16. Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolar va ularning mol-mulkining hisobini davlat reyestrida yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanganda;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning muomala layoqati tiklanganda;

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolar vasiylik va homiylik organiga o‘zlari haqidagi ma’lumotlarning hisobga olinishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar vafot etganda.

17. Davlat reyestrida yetim bola va ota qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs hisobini yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

bola oilaga tarbiyaga (patronatga) olinganda;

bola ota-onasiga qaytarilganda;

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar vasiylik va homiylik organiga davlat reyestrida o‘zlari haqidagi ma’lumotlarning hisobga olinishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;

yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs vafot etganda.

18. Davlat reyestrida muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs hisobini yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanganda;

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs vasiylik va homiylik organiga davlat reyestrida o‘zi haqidagi ma’lumotlarning hisobga olinishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs vafot etganda.

V. Davlat reyestridan foydalanish

19. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ular yashayotgan hududidagi vasiylik va homiylik organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga yozma ariza bilan murojaat etadi.

20. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar vasiylik va homiylik organidan farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy, tutingan ota-ona bo‘lishga nomzodlar sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, shuningdek ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan so‘ng, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

21. Vasiylik va homiylik organi, mahalliy davlat hokimiyati organiga ariza tushgan kundan boshlab o‘n besh kun muddat mobaynida vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsga so‘ralgan ma’lumotni yoki asoslangan rad javobini taqdim etadi.

Vasiylik va homiylik organining rad javobida vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs so‘ragan ma’lumot berilmasligining asoslari, yozma javobning sanasi, shuningdek ushbu javob ustidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatiladi.

22. Ma’lumotlarni taqdim etish sanasi ma’lumotlarni qayd qilish daftarida qayd etiladi.

23. Vasiylik va homiylik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan faqat xizmat doirasida foydalanishi mumkin.

24. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani farzandlikka olish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, bolaning anketasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyalashga berish oilasi yoki fuqaroligi va yashash joyidan qat’i nazar, bolaning qarindoshlari oilasiga tarbiyalashga berish bo‘yicha vasiylik va homiylik organlari tomonidan choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina bola haqidagi ma’lumotlardan foydalanishga haqli.

25. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishga, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga faqat mazkur shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilgandagina yo‘l qo‘yiladi.

26. Vasiylik va homiylik organlari sud, prokuratura va tergov organlarining rasmiy so‘rovlariga asosan, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ushbu bolalarni o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

27. Agar yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani bir necha shaxs o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirsa, davlat reyestrida oldinroq muddatda ro‘yxatdan o‘tgan shaxs bola haqidagi tegishli ma’lumotni olishda ustunlik huquqiga ega bo‘ladi.

28. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarga yo‘llanma beriladi, davlat reyestri ma’lumotlarida yo‘llanma berilganligi haqida tegishli ma’lumotlar qayd etiladi.

29. Agar davlat reyestrida yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqaro tomonidan so‘ralgan bola to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa, fuqaroning yozma arizasiga ko‘ra so‘ralgan bolani qidirish davom ettiriladi yoki mazkur fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobini yuritish to‘xtatiladi.

VI. Yakunlovchi qoida

30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestrini shakllantirish va yuritish

SXEMASI

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomga


2-ILOVA

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi

MA’LUMOTLAR


Download 259.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling