Vatanimning oliy timsoli


Download 159.52 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi159.52 Kb.
#1209105
  1   2
Bog'liq
BAYROQ



VATANIMNING OLIY TIMSOLI
Bayroq azaldan har bir xalq uchun mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik ramzi sanalgan. Davlatchiligimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, buyuk ajdodlarimiz yurt bayrog'ini muqaddas bilib, uni ko'z qorachig'idek asraganlariga guvoh bo'lamiz. Xususan, ulug' ajdodlarimizdan biri bo'lgan Najmiddin Kubro ona yurtini mo'g'ul bosqinchilaridan himoya qilish uchun maydonga tushib, bayroqni qo'lida baland va mahkam tutgancha yov qo'lida shahid bo'lgani fikrimiz isboti.
Sohibqiron Amir Temur saltanatida ham bayroq davlat va millatning g'ururi hisoblanib, uch xalqa tasviri tushirilgan moviy rangli davlat tug'i Sohibqiron qo'shinidagi eng ishonchli bahodirlar, sarkardalar tomonidan qo'riqlangan. Bu bejiz emas edi, albatta. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, qo'shin yov tomonidan har tomonlama ustun bo'lsa ham bayroqning yov qo'liga o'tib yoxud hilpiramasdan jang taloto'miga qorishib ketishi askarlar o'rtasida sarosimalik va ishonchsizlikka sabab bo'lgan va jang natijasiga ta`sir etgan. Buni teran anglagan Sohibqiron bayroqni ko'z qorachig'idek asragan va buyuk saltanat ramzi sifatida qo'shinni g'alaba sari boshlagan.
Yer yuzida mavjud har bir davlatning o'z ramzlari, jumladan, bayrog'i bor. Har biri ayricha rang va timsollarga ega bo'lgan bu bayroqlar bilan bir qatorda 18 yildan buyon mustaqil O'zbekistonimiz bayrog'i ham ulug'vor hilpirab turibdi. Bu jahon hamjamiyatida hech kimdan kam emasligimiz va kam bo'lmasligimizni ko'rsatib turuvchi muhim omillardan biri ekani haqida o'ylaganda, qalbda cheksiz faxr va g'urur uyg'onadi.
Faxr va g'urur ko'ngil iftixori demakdir. Aytish joiz, mustaqilligimizning o'tgan o'n sakkiz yili davomida shu yurtning farzandi ekanligimizdan har birimizning ko'nglimiz iftixorga to'lgan paytlar ko'p bo'ldi. Jumladan, 1992 yil 2 mart kuni O'zbekiston mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo'lib, bayrog'imiz uning peshtoqida hilpiray boshlaganda, 1993 yilning oktyabrida Prezidentimiz Islom Karimov BMT minbarida mustaqil O'zbekiston Davlat bayrog'i ostida nutq so'zlaganda barcha vatandoshlarimiz ko'nglida ana shu tuyg'u to'lib-toshgani shubhasiz. Qolaversa, davlatimiz rahbarining xorijiy mamlakatlarga tashrifi davomida o'sha yurt ko'chalarini bayrog'imiz bezaganda ham shu hisni tuyamiz.
Bayrog'imiz turli bayram tantanalarida, yurtimiz delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha`ni, xalqimizning g'urur va iftixorini yorqin aks ettirmoqda. Xususan, turli sport musobaqalarida g'oliblikka erishgan yigit-qizlarimiz sharafiga yurt bayrog'i baland ko'tarilganda qalblarimizda Vatan tuyg'usi yanada kuchliroq jo'sh uradi.
Bayroq bu – jon ichra ulg‘aygan Vatan timsoli. U Vatanning o‘zginasi, iftixorga aylangan Vatandir ul. Bayroq Temur Malik, Manguberdining yuragi. Vatan deb hayqirib, yeru ko‘kni larzaga keltirgan alp bahodirlarning tug‘i.
Qadimda ajdodlarimiz millat fidoyisi sifatida aziz jonlarini shu bayroq uchun tikkanlar. Jasur, zukko bayroqdorlarini ko‘rib onajon xalqimning ko‘ngli yuksaldi. Ona – yurtimizning muqaddas bayrog‘i ko‘k uzra hilpirarkan, unga hamohang yuraklar ham hap-qiradi. Ozodlikning nash’u namosidan bahramand bo‘ladi inson. Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng – 1991 yilning 18 noyabrida «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida» gi Qonunga binoan, milliy davlatimizning bayrog‘i qabul qilindi.
Bugunga kelib milliy bayrog‘imiz o‘zga mamlakatlarda baland ko‘tarilib, O‘zbekiston atalmish yurtning buyukligini, dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rnini, betakror salohiyatini yoniq-yorqin namoyon etmoqda. Binobarin, diyorimizning oliy timsoli bo‘lgan bu mujda elimizning bunyodkorlik, yaratuvchanlik yo‘lidagi orzu-maq-sadlari, ertangi kunga bo‘lgan buyuk ishonchiga ruhiy qanot ba-g‘ishlaydi.
Milliy bayrog‘imizdagi ramzlar el-yurt uchun yonib yashayotgan insonni tafakkur qilishga undaydi. Bayrog‘imizning feruza rang qismi osmonimizning musaffoligiga dalolat bo‘lsa, uning pastki tarami baayni ona-zaminimiz kabi yam-yashil. Zotan, yam-yashil vodiylar azaldan dunyo odamlariga mehnat zavqini ko‘z-ko‘zlab keladi. Oy va o‘n ikki yulduz tasviri haqida mulohaza yuritib ko‘rganmisiz? Bu ham xos ilmni o‘zida jamlaydi. Yilimiz o‘n ikki oydan iborat. SHarqda ikki xil taqvim – qamariy va shamsiy yil hisobi bor. Qamariy yil hisobi oyning yer bo‘ylab aylanishiga qarab yuritiladi. SHamsiy yil esa tabiatning quyosh bilan bog‘liq o‘zgarishlariga qarab belgilanadi. Quyosh bir yilda o‘n ikki burjni aylanib chiqadi. Falakiyot ilmi allomalari bu burjlarni nomma-nom sanab o‘tib, bu haqda nodir asarlar ham qoldirganlar. Ma’-lumki, quyosh hamal burjiga yetganda ona-zaminimizda — Yangi kun Navro‘zi ayyom boshlanadi. Hamal bayro-g‘imizdagi 12 burjning bittasi. Alisher Navoiy hazratlari «Lison ut-tayr» asarida har bir burjni she’riy yo‘l bilan ifoda etadi. Aslida bayrog‘imizdagi ramzlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak hayratlar olamiga kirib qolamiz.
Bugun Vatan timsolida aks etgan ramziy ifodalarni yosh avlod qalbiga yanada chuqurroq singdirishimiz darkor. Milliy bayrog‘imiz g‘ururimiz gultoji, tinch-osuda hayotimiz kafolati, tinchlik-birdamlik, abadiyat mayog‘i ekanini aziz dilbandlarimiz bilishlari shart! Jahon sahnalarida O‘zbekiston bayrog‘ini adl tutib, yuksaklarga ko‘tara oladigan farzandlarni kamolga yetkazaylik!


Download 159.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling