Vaziyatga huquqiy baho bering? 2-kazus


Download 27.11 Kb.
bet1/11
Sana14.12.2022
Hajmi27.11 Kb.
#1004442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kazuslar-oraliq-nazorat-uchun


1-kazus
Boboqulov o‘ziga tegishli yer uchastkasida uy-joy qurdi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida tuman kadastr xizmatiga murojaat qildi. Tuman kadastr xizmati Boboqulovga yer uchastkasiga uyni qurmasdan oldin murojaat qilish lozimligini, uy-joy shaharsozlik va arxitektura qoidalariga muvofiq qurilishi zarurligini, bundan tashqari qonunchilikda uy-joy qurishga nisbatan boshqa ko‘plab talablar mavjudligini bildirdi va uy-joy o‘zboshimchalik bilan qurilganligi sababli uni buzib tashlash to‘g‘risida sudga da'vo arizasi kiritdi.
Sudda Boboqulov uy-joy o‘ziga tegishli yer uchastkasida qurilganligini, bunda u hech kimning huquqini buzmaganligini, qurilishni malakali ustalar amalga oshirganligini, mutaxassislar tomonidan uy-joy barcha qurilishi qoidalariga muvofiq qurilganligi to‘g‘risidagi xulosa borligini bildirib, uy-joyga nisbatan mulk huquqini tan olishni so‘radi.
Vaziyatga huquqiy baho bering?


2-kazus
Alibekova Shoxista og‘ir betob bo‘lib qolganida qo‘shnisi Sarvinoz Maxmudova unga g‘amxo‘rlik qilib ahvolidan xabar olib turadi. Alibekova Shoxista o‘zi yashab turgan uy-joyga hujjatini olish uchun tuman kadastr korxonasiga borganida, u o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joyni qo‘shnisi o‘zining nomiga rasmiylashtirib olganidan xabar topdi, bundan tashqari qo‘shisining turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lini uning roziligisiz ro‘yxatdan o‘tkazganligini bilib qoldi.
U sudga da'vo ariza bilan murojaat qilib, garchi bu shaxslar uyga ro‘yxatga qo‘yilgan bo‘lsa-da, uyda bir kun ham yashamaganligini, u hozirgi kunga qadar uyning barcha soliq va kommunal to‘lovlarini nafaqa pulidan o‘z vaqtida to‘lab kelayotganligini, javobgar va uning qarindoshlari unga hech qanday moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatishmayotganliklarini, shartnomaga yanglishish va aldash yuli bilan imzo qo‘ydirib olganligini bildirib, ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi hujjatni haqiqiy emas deb topishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar Maxmudova Shoxsanam da'vo arizada ko‘rsatilgan vajlarning barchasi uydirma ekanligini, u aslida da'vogarning qizi bo‘lib, otasi vafot etganda barcha dafn marosimlarini o‘zi o‘tkazganligi tufayli da'vogar uni uyiga chaqirtirib, uyni uning nomiga hadya qilgani, doimiy ravishda da'vogarni holidan xabar olib, uyda, o‘zining hisobidan qo‘shimcha qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirganligini, da'vogar tomonidan o‘z qo‘li bilan yozilgan umrbod foydalanish sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomasi mavjudligini bildirib, mazkur shartnomani haqiqiy deb topishni so‘radi.

Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling