Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti tabiiy va umummutaxassislik fanlar kafedrasi


Download 238.94 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi238.94 Kb.
#1270050
  1   2
Bog'liq
mi.diag.tezak vs jigar


S
AMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIALI

VETERINARIYA VA ZOOINJENERIYA FAKULTETI
TABIIY VA UMUMMUTAXASSISLIK FANLAR KAFEDRASI
Veterinariya meditsinasi: yirik shoxli mollar kasalliklari yo'nalishi
2-b guruh talabasining
Klinik diagnostika va rentgenologiya fanidan “Tezak chiqarishni, tezakni va jigarni tekshirish” mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: O’ralbayev Ma`murjon
Tekshirdi: Avezimbetov Shavkat

Nukus 2021

Reja:


Defikasiya akti 3
Tezakni tekshirish 4
Jigarni tekshirish 8

Defikasiya akti


Bu lotinchadan olingan bo’lib, tozalanish degan ma’noni bildiradi. defikasiya paytida ichaklar har xil chiqindilardan tozalanadi. Defikasiyani tekshirganda quyidagilar aniqlanadi. Tezak chiqarish pozasi, chastotasi, tezak chiqarishning davomiyligi, tezak chiqarishdagi patologik o’zgarishlar me’yorda: qoramollar tezak chiqarish paytida maxsus poza qabul qiladi. Ayrim hayvonlarda tezak chiqarganda poza qabul qilmaydi. It, mushuk, yirtqich hayvonlarda tezak chiqarganda orqa oyoqlarini bukadi, egadi. Boshqa hayvonlarda orqa oyoqlarini keng qo’yib dumini ko’taradi.
Qorin muskullari, to’g’ri ichak kasalliklari davrida orqa oyoqning paralichida, orqa oyoqlar sinsa, muskullari yallig’langanda hayvonlarda tezak chiqarish pozasi buziladi.
Chastotasi. Me’yorda qoramollar bir sutka davomida 10-20 marta 1 tuyoqli hayvonlarda 6-12 marta, qo’y, echki, cho’chqalar 5-8 marta, it, mushuk, yirtqich hayvonlar 1-2 marta tezak chiqaradi.
Tezak chiqarish chastotasi ich ketishi paytida tezlashadi. Ich qotishida sekinlashadi. Ichaklarda tiqilib qolish bo’lsa tezak chiqarish bo’lmaydi.
Parrandalarda tezak chiqarish darhol amalga oshiriladi. Qo’y, echkilarda 1-3 sekund davom etadi. 1 tuyoqli hayvonlarda 3-10 sekund, cho’chqalar, itlar va yirtqichlarda daqiqalab davom etishi mumkin. Tezak chiqarishning davomiyligi ich ketishi va ich qotishida o’zgaradi.
Kasalliklar paytida defikasiyaning quyidagi o’zgarishlari kuzatilishi mumkin, panos yoki diareya bu suyuq tezakning ajralishi dispepsiya, paratif, tuberkulyoz, paratuberkulyoz koksidioz kabi kasalliklar paytida, zaharlanishlar paytida kuzatiladi. Bu paytda tezak suyuq, suvsimon ko’pikli bo’lib, tez-tez va og’riqli tezak chiqish kuzatiladi. Og’riq va surunkali diareya bo’lsa to’g’ri ichak ochiq, tezak oz miqdorda doimiy ajralib turadi.
2) Ich qotishi. Qattiq tezakning ajralishi hayvonlarda uzoq muddatda suv berilmasa, surinkali yuqori dag’al, yem-xashaklar bilan boqilsa va ichak kasalliklari davrida kuzatiladi.
Bunda qattiq, formasi buzilgan tezak chiqadi. Tezak chiqish chastotasi kamayadi, tezak chiqqanda hayvon kuchanadi, og’riq sezadi.
3) Tezak chiqarishning bo’lmasligi. Ichaklardan moddalar o’tmasa (ximostoz, koprostoz, ichaklarning buralishi, ichaklarning toshlar ovqat moddalari va konkrimentlar bilan tiqilib qolishi).
4) Tezak chiqarishning og’riqli bo’lishi ich qotishi, peritonit, ichak yallig’lansa radikulit, orqa oyoqlar singanda, ich ketishida.
5) Tezak chiqarish paytida kuchanish (tenezim). Bu ich ketishi va ich qotishi paytida kuzatiladi.
Tezakni tekshirish
Tezakni tekshirganda quyidagilar aniqlanadi: tezak miqdori, tezakning konsistensiyasi, shakli, rangi, hidi, tezakda bo’ladigan hazm bo’lmagan ovqatlar miqdori, tezakda bo’ladigan yot narsalar.

Hayvonlarda bir sutkada me’yorda tezak ajratish miqdori.



Qoramol

20 - 30 kg

Otlar

10 - 15 kg

Cho’chqa, qo’y, echki

3 - 5 kg

It, yirtqich hayvonlar

1- kg

Mushuklar

100 - 200 gr.

Ich ketishi paytida tezak miqdori ko’payadi, ich qotishi paytida kamayadi.


Konsistensiyasi.Tezak konsistensiyasi tezak tarkibidagi suv miqdoriga bog’liq, qoramol tezagida 85% suv saqlanadi. Shuning uchun bu hayvonlarni tezagi yumshoq. Bir tuyoqli hayvonlar va cho’chqalarning tezagida 75% suv saqlanadi. Tezak zich konsistensiyada. Qo’y, echki va itlarda 50-55% suv, tezak qattiq konsistensiyali bo’ladi.
Tezak konsistensiyasi ich ketishi va ich qotishi paytida o’zgaradi.
Shakli. Qoramollar tezagi formasi to’lqinli elipssmon. 1 tuyoqli hayvonlarga uzunroq oval shaklida. Mayda shoxli hayvonlarda dumaloq shaklda bo’ladi. It va mushuklarda silindirsimon shaklda patos, ich qotishida tezakni formasi o’zgaradi.
Rangi. Yoz faslida tezak rangi ko’kimtir, qishda qo’ng’ir rangda kasalliklar paytida tezak ranglari quyidagicha o’zgaradi:
1. Axolik yoki oq rangli tezak - jigar, o’t xaltasi, o’t yo’li kasalliklari paytida uchraydi.
2. Qora yoki ko’kimtirsimon rangli tezak - shirdon, me’da yoki 12 barmoqli ichakda qon oqishi bo’lsa.
3. To’q qizil rangli tezak - yo’g’on ichaklarda qon oqishi bo’lsa, qizil rangli tezak - to’g’ri ichakda qon quyilish bo’lsa, bundan tashqari davolash maqsadida tekshirishda 1 daqiqa atrofida rangi o’zgaradi.
Hidi. Har bir hayvon tezagi spesifik hidga ega. Kasalliklar paytida tezakdan achigan, chirigan, keton tanachalarining hidi, aseton hidi kelishi mumkin. Bu hidlar me’da-ichak tizimida kechayotgan jarayonlar bilan bevosita bog’liq.
Xazm bo’lmagan ovqatlar miqdori. Me’yorda tezakda ma’lum miqdorda hazm bo’lmagan narsalar bo’ladi. Agarda me’da ichak tizimida hazm bo’lish jarayoni buzilsa tezakda xazm bo’lmagan moddalar miqdori ko’payadi.
Tezakdagi yot narsalar. Kasalliklar paytida tezak bilan quyidagi nar-salar chiqishi mumkin.
1. Me’da ichaklarning kataral yallig’lanishi paytida tezak bilan ko’p miqdorda shilliq chiqadi.
2. Me’da ichaklarning yiringlanish davrida tezak bilan yiring chiqa boshlaydi.
3. Me’da ichaklarda qon oqqan bo’lsa tezak bilan qon chiqadi va rangi o’zgaradi.
4. Parazitar kasalliklarda tezak bilan ularning bo’laklari chiqa boshlaydi.
Kutirish kasalligi paytida tezak bilan yog’och, rezina parchalari chiqa boshlaydi. Moddalar almashinuvi buzilgan payda material parchalari, jun, tosh bo’laklari, tuproq chiqa boshlaydi. yuqumli va parazitar kasalliklar paytida mikronlar u yoki bu dorilarga sezuvchanligini aniqlashda tezak laborator va boshqa usullar bilan ham tekshiriladi.

Download 238.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling