Vii bob. Moddalarning agregat holatlari


Download 389.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana01.12.2017
Hajmi389.28 Kb.
1   2   3   4   5

63-  rasm.

63-  rasm.

 63-  rasm.

Atomli  kristallar.  Panjarasining  tugun-

larida kvant-mexanik tabiatdagi kuchlar tutib

turadigan  neytral  atomlar  joylashgan  bo‘-

ladi. Ular o‘rtasida elektr xarakteriga ega bog‘-

lanish  ham  mavjud.  Bu  bog‘lanish  har  bir

atomdan  bittadan  elektron  juftligi  orqali

amalga oshiriladi. Bunday kristallarga olmos,

grafit (61- rasm), germaniy va kremniy misol

bo‘ladi.

Metalli kristallar. Panjarasining tugunlarida metallarning mus-

bat ionlari joylashgan bo‘ladi. Kuchsiz bog‘langan valentli elek-

tronlar atomlardan ajraladi va elektron gazini hosil qiladi. Metalli

kristallardagi bog‘lanish panjara tugunlaridagi musbat zaryadli ionlar

va manfiy elektronlar gazi orasidagi tortishish kuchlari yordamida

ta’minlanadi. Metalli kristallarga ko‘pchilik metallar misol bo‘ladi.



Molekulali kristallar. Panjarasining tugunlarida ma’lum tartib-

da yo‘naltirilgan molekulalar joylashgan bo‘ladi. Ular orasida mo-

lekulalar  o‘zaro  ta’siriga  xos  bo‘lgan  tortishish  kuchlari  mavjud

bo‘ladi. Molekulali kristallarga naftalin, parafin, quruq muz (CO

2

),

muz va hokazolar misol bo‘ladi.



Defektlar

1

. Real kristallarning uncha katta bo‘lmagan bo‘lagigina

ideal tuzilishga ega bo‘lishi mumkun. Boshqa qismlarda esa panjara

tugunlaridagi zarralar joylashuvining batartibligi buziladl va bunga

kristall panjaraning defektlari (nuqsonlari) deyiladi. Kristall pan-

jaraning nuqsoniga: boshqa element atomlarining kirib qolishi (63-

a  rasm),  bo‘sh  joyning  mavjudligi  (63-b  rasm)  suljib  joylashishi

(63-d  rasm)  sabab  bo‘ladi.

1

Defekt — lotincha  „defectus“ — kamchilik,  nuqson  degan  ma’noni



anglatadi.

158

Suyuq kristallar va ularning qo‘llanilishi. Ba’zi organik mod-

dalarning shunday holati mavjudki, garchi ular suyuqliklarga xos

bo‘lgan oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lsalar-da, kristallarga xos

bo‘lgan molekulalarning ma’lum tartibda joylashuviga va fizik xossa-

lariga ega bo‘ladi. Moddalarning bunday holatiga suyuq kristall holati

deyiladi. Odatda, suyuq kristallar qattiq kristallarni eritish orqali

hosil  qilinib,  hozirgi  paytda  ularning  bir  necha  mingdan  ortiq

turlari  ma’lum.  Suyuq  kristallar  elektron  hisoblash  mashinalari,

elektron soatlar, mikrokalkulatorlar, reklama shitlari va hokazolarda

keng  qo‘llaniladi. Yupqa ekranli televizorlar va monitorlarda ham

ulardan foydalaniladi.

Amorf  jismlar.  Qattiq  jismlarning  ikkinchi  ko‘rinishi  amorf

jismlardir.  Garchi  ular  qattiq  jismlar  sifatida  qaralsa  ham  aslida

sovitilgan suyuqliklardir.

Agar  amorf  jismning  biror  atomini  markaziy  atom  sifatida

qaralsa,  unga  yaqin  bo‘lgan  atomlar  ma’lum  tartib  bo‘ylab  joy-

lashadi. Lekin markaziy atomdan uzoqlashgan sari tartib buzilib,

atomlarning joylashuvi turli xil, ya’ni tasodifiyga aylanib qoladi.

Kristall jismlardan farqli o‘laroq, amorf  jismlarda qo‘shni atom-

larning o‘zaro joylashuvida yaqin tartibgina mavjud bo‘ladi. Amorf

jismlarga shisha, plastmassa va boshqalar misol bo‘ladi. Oltingugurt,

glitserin,  shakar  va  boshqa  moddalar  ham  kristall,  ham  amorf

ko‘rinishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bunga ba’zan shishasimon shakl

ham deyiladi. Amorf jismlar tabiatda kristall jismlarga nisbatan kam

tarqalgan.



Polimerlar. Keyingi paytlarda texnikada polimerlar deyiluvchi

moddalar  keng  qo‘llanilmoqda.  Ular  bir-biriga  nisbatan  kichik

molekular  massali  molekulalarni  (monomerlarni)  ulab,  katta

molekular  massali  organik  birikmalarni  hosil  qilish  yo‘li  bilan

olinadi.  Polimerlarni  hosil  qilish  jarayoni  polimerlashtirish  yoki

polimerlanish  deyiladi.  Polimer  molekulasi  tarkibiga  kiruvchi

monomerlar soni polimerlanish darajasini ko‘rsatadi. Polimerlarning

molekular massasi juda katta bo‘ladi. Monomerlarning xossalariga

bog‘liq  ravishda  polimerlanishda  ham  chiziqli,  ham  tarmoqli

molekulalar zanjirlari hosil bo‘lishi mumkin.

Polimerlar ikki sinfga ajratiladi: tabiiy va sintetik.

Òabiiy polimerlarga yuqori molekular massali birikmalar — oqsil,

kauchuk  va  hokazolar  kiradi;  sintetik  polimerlarga  esa  turli  xil

plastmassalar kiradi.

Polimerlarning mexanik xossalari ko‘p jihatdan alohida mole-

kulalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kuchlariga bog‘liq bo‘ladi. Jumla-


159

dan, polimerlarda batartib kristall sohalarning mavjudligi  uning

mustahkamligini ancha oshiradi. Shuningdek, molekulalar zanjiri-

ning uzunligi, uning tarmoqlanganligi va makromolekulada tarkibiy

elementlarning joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega.

Polimerlarning  xossalari  va  qo‘llanilishi.  Plastmassalar  juda

ko‘p ajoyib xossalarga ega: korroziyaga uchramaydi, ya’ni zangla-

maydi ham, chirimaydi ham; temperaturaning keskin o‘zgarishiga

bardosh beradi; juda katta dielektrik kirituvchanlikka ega, mustah-

kam,  zichligi  ancha  kichik,  istalgan  shaklni  berish  mumkin  va

hokazolar.

Aynan shular sababli polimerlardan xalq xo‘jaligida juda keng

foydalaniladi. Sun’iy ravishda hosil qilingan polimerlar mashinasoz-

lik va asbobsozlikda metallarning o‘rnida ishlatiladi. Ular qurilishda

yog‘och  materiallarni  almashtirmoqda.  Sun’iy  tolalardan  turli

matolar, tabiiy terini almashtiruvchi mahsulotlar hosil qilinmoqda.

Òibbiyotda ham qo‘llanish imkoniyatlari juda katta. Bugungi kunda

polimerlar ishlatilmaydigan sohaning o‘zi yo‘q.

Sinov  savollari

1. Qattiq jismlarning xususiyatlari. 2. Qattiq jismlarning turlari.

3. Anizotroplik deb nimaga aytiladi? 4. Kristall jismlarning anizotropligi

deganda nima tushuniladi? 5. Izotrop moddalarga misollar keltiring.

6. Kristallarning anizotropligiga sabab nima? 7. Kristall panjara deb

nimaga  aytiladi?  8.  Kristall  panjaraning  tuguni  deb-chi?  9.  Kristall

jismlarning turlari. 10. Monokristallar deb qanday jismlarga aytiladi?

11. Monokristallarning sanoat uchun ahamiyati bormi? Misollar kel-

tiring. 12. Polikristallar deb qanday kristallarga aytiladi? 13. Polikristall-

ning izotrop bo‘lishiga sabab nima? 14. Polimorfizm deb nimaga ay-

tiladi? 15. Amorf  jismlar qanday jismlar? Ularga misollar keltiring.

16. Polimerlar qanday hosil qilinadi? 17. Polimerlanish darajasi deb

nimaga aytiladi? 18. Polimerlarning turlari. 19. Òabiiy polimerlarga ni-

malar kiradi? 20. Sintetik polimerlarga-chi? 21. Plastmassalarning keng

qo‘llanilishiga sabab nima? 22. Polimerlarning ishlatilishiga beshta misol

keltiring.



160

40- §. Qattiq jismlarning erishi va qotishi. Faza.

Fazaviy  o‘tishlar.  Uchlanma  nuqta.

M a z m u n i : Qattiq jismlarning erishi; solishtirma erish issiqligi;

qotish;  sublimatsiya;  faza,  fazaviy  o‘tishlar;  holat  diagrammasi;

uchlanma nuqta.



Qattiq jismlarning erishi. Yuqorida qayd etilganidek, moleku-

lalarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasining eng kichik qiymati



E

p min 


molekulalarning issiqlik betartib harakat kinetik energiyasining

o‘rtacha qiymati < E

k

 > dan katta bo‘lsa (E



p min

 >> <E

k

 >), modda



qattiq holatda bo‘ladi. Qattiq jism qizitilgan sari molekulalarning

(atomlarning) kinetik energiyalari ortadi va tebranish amplitudasi

panjara doimiysiga tenglashib, panjaraning buzilishiga olib keladi.

Haroratning yanada ortishi natijasida qattiq  jismning erishi, ya’ni

moddaning  qattiq  holatdan  suyuq  holatga  o‘tishi  ro‘y  beradi.

Erish  jarayoni  izotermik  bo‘lib,  olingan  issiqlik  miqdori  kristall

panjaralarning buzilishiga sarflanadi. Modda to‘la erigandan so‘ng-

gina suyuqlikning harorati ko‘tariladi. 64- rasmda erish diagrammasi

ko‘rsatilgan. OA soha moddaning T

er

 gacha qizishini ko‘rsatsa, AB



soha erish jarayoniga mos keladi. B nuqtada modda suyuq holatga

o‘tib,  BC  soha  suyuqlik  haroratining  ortishini  ko‘rsatadi.  Erish

harorati  (T

er

)  har  bir  moddaning  tabiatiga  bog‘liq  bo‘lishi  bilan



birga, ko‘pchilik moddalar uchun bosim ortishi bilan ortadi.

Erishda  moddalarning  zichliklari  kamayadi  (vismut  va  muz

bundan istesno), lekin ichki energiyasi ortadi.

64- rasm.

 

G



F

E

D

C

 

B

 

A

 

T

er

 



TK

 

t,s



O

161

Solishtirma  erish issiqligi.  Erish  haroratidagi  1  kg  moddani

qattiq  holatdan  suyuq  holatga  o‘tkazish  uchun  zarur  bo‘ladigan

issiqlik miqdoriga solishtirma erish issiqligi deyiladi.

Ya’ni


=

,

Q



m

                      

(40.1)

yoki


.

Q

m

l

=

                      



(40.2)

SI da solishtirma erish issiqligining birligi:



l

=

=



[Q]

J

[m]



kg

[ ]


1

.

Qotish. Agar suyuqlikni qizitish to‘xtatilsa u soviy boshlaydi

(CD  soha)  va  qattiq  holatga  o‘tadi  (E¢  soha).  Bu  jarayon  ham

izotermik  bo‘lib,  issiqlik  miqdorining  ajralishi  bilan  ro‘y  beradi.

Qattiq  jismning  erishi  uchun  qancha  issiqlik  miqdori  sarflangan

bo‘lsa, qotganida ham shuncha issiqlik miqdori ajraladi. Bosim bir

xil  bo‘lganda  erish  T

er

  va  qotish  T



k

  harorati  ham  teng  bo‘ladi.

Kristallanish  jarayoni  tugagandan  keyin  (F  nuqta)  qattiq  jism

haroratining pasayishi ro‘y beradi.

Qotish  jarayoni  boshlanishi  uchun  suyuqlik  tarkibida  biror

zarracha (kristallanish markazi) bo‘lgani ma’qul. Aks holda, o‘ta

sovutilgan suyuqlik (kristallanish haroratidan past haroratli suyuqlik)

hosil bo‘ladi. (DE soha). Ammo bu holat noturg‘un bo‘lib, tezda

kristallanish markazlari vujudga keladi va suyuqlik qattiq holatga

o‘tadi.


Sublimatsiya.  Qattiq  jismlarning  bug‘lanishiga,  ya’ni  suyuq

holatga o‘tmasdan gaz holatiga o‘tishiga sublimatsiya (vozgonka)

deyiladi. Bu hol naftalin, yod, kamfora, quruq muz kabi moddalarda

kuchli ro‘y beradi.

Sublimatsiyaga teskari jarayon desublimatsiya deyiladi.

Faza. Fazaviy o‘tishlar. Faza deb moddaning, shu moddaning

boshqa  termodinamik  muvozanatdagi  holatlardan  fizik  xossalari

bilan farq qiluvchi, biror muvozanatdagi holatiga aytiladi. Masalan,

moddaning suyuq, gaz va qattiq holatlari.

Moddaning  bir  fazaviy  holatdan  boshqasiga  o‘tishi  fazaviy

o‘tishlar  deyiladi.  Bug‘lanish  va  kondensatsiya,  erish  va  qotish

tabiatda keng tarqalgan birinchi tur fazaviy o‘tishlarga misol bo‘ladi.

Bunday o‘tishlar issiqlik ajralishi bilan xarakterlanadi.

11  Fizika,  I  qism


162

Holat diagrammasi. Moddaning holati va unda ro‘y beradi-

gan fazaviy o‘tishlarni namoyon qilish uchun holat diagramma-

sidan foydalaniladi. Odatda, bunday diagramma p—T (bosim-tem-

peratura) koordinatalarida tuziladi. Diagrammaning har bir nuqtasi

moddaning  har  bir  holatini  aniqlaydi.

Misol uchun suvning holat diagrammasini ko‘raylik (65- rasm).



CMB sohada suv qattiq holatda (muz), BMA sohada suyuq holatda

(suv),  CMA sohada gaz holatda (bug‘) bo‘ladi. BM chiziq — qattiq

va suyuq (muz va suv), MA chiziq — suyuq va bug‘ (suv va bug‘),

CM — qattiq va bug‘ (muz va bug‘) muvozanat holatlarini ko‘rsatadi.

CM chizig‘iga sublimatsiya chizig‘i ham deyiladi.

Uchlanma nuqta. Muvozanat chiziqlarining har uchalasi ham

bitta M nuqtada kesishadi. Bu nuqtaga uchlamchi nuqta deyiladi.

Harorat T

m

 va bosimning p



m

 qiymatlarida suv uchta fazaviy: qattiq,

suyuq va bug‘ holatlarida bo‘ladi. Suv uchun T

m

=273,16 K ga teng.



Har  bir  modda  uchun  holat  diagrammasi  o‘ziga  xos  bo‘lib,

tajriba natijalariga asosan tuziladi.



Sinov  savollari

1. Qattiq jism qizitilganda qanday o‘zgarish bo‘ladi? 2. Erish

deb nimaga aytiladi? 3. Erish qanday jarayon? 4. Erish jarayonida

olingan issiqlik miqdori nimaga sarflanadi? 5. T

er

 nimaga bog‘liq?



6. Solishtirma erish issiqligi nima? 7. Solishtirma erish issiqligining

SI dagi birligi qanday? 8. Qotish qachon ro‘y beradi? 9. Qotish qan-



65- rasm.

 

p

 

P

m

 

B



 

A

T

m

T

 

M

 

C

 

Qattiq jism



 

Suyuqlik


 

Bug‘


163

day jarayon? 10. Qachon qattiq jismning harorati pasaya boshlaydi?

11. DE sohani tushuntiring. 12. 64- rasmdagi diagrammani tahlil

qiling. 13. Sublimatsiya nima? 14. Faza nima? 15. Fazaviy o‘tishlar-

chi? 16. Suv uchun holat diagrammasini tushuntiring. 17. Uchlanma

nuqta qanday nuqta? 18. Suv uchun uchlanma nuqta harorati nimaga

teng? 19. Turli moddalar uchun holat diagrammasi farq qiladimi?

  41- §.  Qattiq  jismlarning  mexanik  xossalari

M a z m u n i :    qattiq  jismning  deformatsiyasi;  deformatsiya

va qattiq jismning tuzilishi; materialning mustahkamligi, cho‘zi-

lish  diagrammasi,  moddaning  plastikligi;  moddaning  mo‘rtligi;

moddaning qattiqligi.

Qattiq jismning deformatsiyasi.

Òashqi kuchlar ta’sirida, qizdirilganda yoki sovitilganda jism

hajmining va shaklining o‘zgarishiga qattiq jismning deformatsiyasi

deyiladi.

Deformatsiyalovchi sabab olingandan so‘ng jism o‘zining dast-

labki holatini to‘la tiklasa, elastik deformatsiya, tiklamasa plastik

deformatsiya deyiladi. Moddalar elastiklik va plastiklik xossalariga ega

bo‘ladi. Masalan, po‘lat, rezina, teri—elastik, mis, mum—plastik mod-

dalardir.



Nisbiy  deformatsiya.  Deformatsiyalarning  aksariyati  ikki  xil:

cho‘zilish va siqilish deformatsiyalariga keltiriladi. Bu deformatsiya-

lar  bilan  tanishamiz.

Bir  jinsli  l  uzunlikli  sterjenga 

1

F

r

  va 



2

F

r

  kuchlar  qo‘yilgan.



F

1

=F



2

=F    bo‘lgani  uchun  faqat  F  kuch  qo‘yilgan  deb  olamiz.



66- rasm.

Natijada  sterjen  Dl  ga  cho‘ziladi.

Odatda, sterjen cho‘zilganda Dl mus-

bat, siqilganda — manfiy ishora bi-

lan olinadi (66- rasm).

Birlik  ko‘ndalang  kesim  yuzaga

to‘g‘ri  keluvchi  kuchga  kuchlanish

deyiladi.

s

=

F



S

.             (41.1)

Deformatsiyalanish darajasining

miqdoriy  tavsifi  sifatida  nisbiy  de-

formatsiya tushunchasi kiritilgan.


164

Bo‘ylanma (cho‘zilish) nisbiy deformatsiya



e

D

=



l

l

,                                            (41.2)

ko‘ndalang (siqilish) nisbiy deformatsiya

e'=


Dd

d

                      (41.3)

ifodalar yordamida aniqlanadi. Ular orasida quyidagi munosabat

mavjud


e

me

'



,

= -


                                            (41.4)

m — modda xususiyatiga bog‘liq bo‘lib, unga Puasson koeffitsiyenti

deyiladi.

Qattiq  jism    deformatsiyasi  uchun  Guk  qonuni.  Ingliz  fizigi

Guk kichik deformatsiyalar uchun nisbiy uzayish e va kuchlanish

s orasida quyidagi munosabat mavjudligini aniqladi:

s

  =  E  ·  e,

D

=

s



e =

1

.



l

E

l

                      (41.5)



E ga Yung moduli  deyiladi. E qancha katta bo‘lsa, jism shuncha kam

deformatsiyalanadi. 

D

= 1


l

l

 ga 


= s

E

 bo‘ladi. Demak, Yung moduli

jismning birlik nisbiy deformatsiyasini vujudga keltiruvchi kuch-

lanishga teng ekan:



e

×

=



F

E S

,                                    (41.6)

yoki oxirgi ifoda yordamida Guk qonunini boshqacha yozish mum-

kin.


.

E S

l

F

l

k

l

×

=



× D = × D

               (41.7)



Elastik deformatsiyada deformatsiya kattaligi deformatsiyalovchi

kuchga to‘g‘ri proporsional. Bu yerda  k — elastiklik koeffitsiyenti

deyiladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, qattiq jismning deformatsiyasi Guk

qonuniga ma’lum chegaragacha bo‘ysunadi.



Deformatsiya  va  qattiq  jismning  tuzilishi.  Deformatsiya  na-

tijasida kristall panjara tugunlarida joylashgan zarralarning bir-bir-

lariga nisbatan siljishlari ro‘y beradi. Bu esa zarralar o‘rtasida vujudga

kelgan o‘zaro ta’sir kuchlari muvozanatining buzilishiga olib keladi.



165

Natijada zarralarni dastlabki o‘rinlariga qaytarishga harakat qiluvchi

ichki elastiklik kuchlari F

el

 vujudga keladi.



Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday deformatsiyani amalga

oshirish uchun ish bajariladi yoki issiqlik miqdori beriladi. Demak,

deformatsiyalangan jism ichki energiyasining o‘zgarishi tashqi kuch-

lar  ta’sirida  bajarilgan  ish  yoki  berilgan  issiqlik  miqdoriga  teng

bo‘ladi. Misol uchun, elastik ravishda cho‘zilgan yoki siqilgan ster-

jenning potensial energiyasi quyidagicha o‘zgaradi:

( )

=

= ×



× D

2

1



2

,

n



ES

l

E

A

l

                            (41.8)

bu yerda: — shu deformatsiyani amalga oshirgan tashqi kuchlar

ishi; — deformatsiyalanuvchi jismning ko‘ndalang kesimi yuzasi,



—  uzunligi,  — Yung  moduli.

Ko‘rinib turibdiki, elastik ravishda cho‘zilgan sterjenning po-

tensial energiyasi deformatsiya kvadrati (Dl)

2

 ga to‘g‘ri propor-



sional.

Materialning mustahkamligi. Òurli xil qurilmalarni loyihalash-

da materiallarning mustahkamligini hisobga olish kerak. Materi-

allarning  mustahkamligi  deb,  u  buzilmasdan  chidashi  mumkin

bo‘lgan yukka (og‘irlikka) aytiladi. Mahkamlik chegarasi s

m

 deb


normal mexanik kuchlanishning yuk chidashi mumkin bo‘lgan eng

katta qiymatiga aytiladi.

Elastiklik chegarasi s

e

 deb s ning deformatsiya va unga qo‘yil-



gan kuch orasidagi proporsionallik saqlanadigan chegaradagi qiy-

matiga, ya’ni Guk qonuni bajariladigan chegaradagi qiymatiga ay-

tiladi.

Cho‘zilish diagrammasi. Endi

cho‘zilish diagrammasi deb nom

olgan kuchlanganlik s va nisbiy

deformatsiya  e  orasidagi  bog‘-

lanishni ko‘raylik (67- rasm).

Guk qonuni bajariladigan OA

qismga elastik deformatsiya mos

keladi, s

e

— elastiklik chegarasi.



U materiallarning turiga bog‘liq

bo‘lib,  po‘lat  uchun  5 · 10

8

  Pa,


mis uchun esa 1,2 · 10

8

 Pa ni tash-



kil  etadi.  ABCD  qismga  plastik

67- rasm.

O

D

s

e



166

deformatsiya mos keladi. AB qismda qattiq jismning oqishi vujudga

keladi, ya’ni nisbiy deformatsiya mexanik kuchlanishga nisbatan

tezroq o‘sadi. BC qismda esa mexanik kuchlanish o‘zgarmay qoladi,

nisbiy deformatsiya esa ortadi. Oqish chegarasi s

o

BC  qismga mos



keladi. D nuqta mahkamlik chegarasi s

m

 ga mos keladi. Po‘lat uchun



u 7,85 · 10

8

 Pa ga, mis uchun esa 2,45 · 10



8

 Pa ga teng.



Moddaning plastikligi. Juda ko‘p moddalarning plastikligi ular-

ning elastiklik chegarasidan juda katta bo‘ladi. Bunday moddalar

qayishqoq moddalar deyiladi. Ular ham elastik, ham plastik de-

formatsiyaga ega bo‘ladi. Bundaylarga mis, rux, temir va boshqalar

misol bo‘ladi.

Mum,  loy,  plastilin  kabi  elastik  deformatsiya  sohasi  mavjud

bo‘lmagan moddalar esa p l a s t i k l a r  deyiladi.

Mahsulotning sinishga qarshilik qilish xususiyati faqat modda-

ning sifatiga emas, balki mahsulotning shakliga va  ko‘rinishiga ham

bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tayoqchani cho‘zishdan ko‘ra bir tomon-

lama siqish yordamida tezroq sindirish mumkin.

Moddaning mo‘rtligi. Uncha katta bo‘lmagan deformatsiya na-

tijasida  bo‘laklanib  ketadigan  jismga  mo‘rt  jism  deyiladi.  Misol

uchun shisha, chinni idishlar mo‘rt hisoblanadi. Cho‘yan, marmar,

kahrabo judayam yuqori mo‘rtlikka ega. Po‘lat, mis, qo‘rg‘oshinlar

esa mo‘rt bo‘lmagan moddalar hisoblanadi. Mo‘rt moddalarning

elastiklik va mustahkamlik chegarasi qariyb bir xil. Shuni ta’kidlab

o‘tish lozimki, u yoki bu moddadan ma’lum maqsadda foydalanishda

uning mo‘rtligiga e’tibor beriladi.




Download 389.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling