Viii asrda Markaziy Osiyoda etnik jarayonlar turkeshlar masalasi


Download 29.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi29.5 Kb.
#186251
Bog'liq
moxtdan oraliq


Variant 3

VIII asrda Markaziy Osiyoda etnik jarayonlar – turkeshlar masalasi.

Turkashlar davlatining paydo bo‘lishidagi shart-sharoit.

Somoniylarning etnik kelib chiqishi masalasining hozirgi kundagi talqini

Javoblar

1.Turgashlar - torgesh, turgash, turkash, turgish, turish nomlari bilan malum bolgan ilk orta asrlardagi turkiy xalqlardan biri hisoblangan. Hozirgi kunda bu nom zamonaviy oltoy xalqlari ichida tirgesh shaklida saqlanib qolgan. Turgashlar on oq elining dulu konfederatsiyasiga kiruvchi juda kuchli qabilalar ittifoqidan biri hisoblanar edi. Turgashlar sariq va qora uruglarga bolingan bolib, ular doimo urushib kelishgan. Qadimgi xitoy salnomalarida turgashlarning qora va sariq etnik guruhlardan tashkil topganligi etirof qilingan. V.V.Bartold, turgashlar asosan ikki bolimdan (az va tuxsilardan) iborat bolganligini takidlaydi.VI asrning asrning songgi choragida garbiy turk hoqonlarini on oq eli tan olmay qoygan paytda turgashlar tanila boshlagan. Turgashlar on oq elining eng kuchli uruglaridan biri bolib, ular nafaqat garbiy turk hoqonlariga qarshi kurashgan, hattoki ozlarining homiylari bolishgan Xitoydagi Tan davlatini ham tan olishmagan. VII asrning 80-yillarida turgashlar Xitoy qoshinlari bilan tez-tez toqnashib turishgan. Manbalarda 679-yilda turgashlar bilan Tan qoshinlari ortasidagi janglar haqida malumotlar uchray boshlaydi.

Turgashlarning eng xavfli dushmani 702-yilda Beshbaliqda vujudga kelgan Beytin Xitoy noibligi hisoblangan. Beshbaliqda yirik Xitoy gornizoni bilan birga Xitoy imperiyasiga qaram bolgan Ashin urugidan chiqqan sardorlar toplangan edi. Ashin urugi sardorlari on oq eli hoqonining taxtiga davo qilib chiqmoqda edilar. 704-yilda davogarlardan biri Ashin urugidan bolgan Sin Bern-shod bilan Ettisuvni kezib chiqadi. Turgashlar ularga bir nechta javob hujumlari uyushtirgan va ashina uruglarini yengan.

Uch-elik hoqoninig taxt vorisi Sakai (Soge) hoqon (706-711) edi. Uning davrida turgashlar davlatining ichki ahvoli mustahkam emas edi. Sakai davrida Tan qoshinlari qollab-quwatlab turgan qabila aslzodalari davlatga qarshi qozgalon kotarishadi. 708 yilda Sakai qozgolonni tor- mor qilib, Kucha (Axsi) da Xitoy noibi qoshinini maglubiyatga uchratadi. Shu bilan janubdan boladigan xavf-xatar biroz toxtaydi. Lekin kop otmasdan, akasining taxtiga davogar bolgan Sakalning kichik ukasi Chjenu qozgalon kotaradi. Chjenu yordam sorab 682 yilda tashkil topgan Sharqiy Turk hoqoni Kapagan (Mochjo) hoqon (691-716)ga murojaat qiladi. Bu davrda Sharqiy Turk hoqonligi taraqqiyotining yuqori choqqisiga chiqqan edi. Kapaganning Shimoliy Xitoydagi Xitoy armiyasiga qarshi muvaffaqiyatli hujumlari, kidanlaming agdarilishi (696-697), Tuvaning boysundirilishi va Enisey qirgislari davlatining qulashi (709-710) uni Markaziy Osiyoning xojayiniga aylantirib qoyadi. Turgashlar davlatidagi ichki siyosiy vazuyat Kapaganga uning ichki ishlariga aralashuviga bahona boldi. Kapagan bu vaziyatdan foydalanib, Chjenuga yordam berishga rozi boldi.

2.asrning 90-yillarida turgashlarning kuchli qabilaviy ittifoqining sardori Uch-elig Garbiy turk hoqonligigga qarshi kurashib, ulami yengadi va butun Garbiy Turk hududida oz hukmronligini omatadi va ozini hoqon deb elon qiladi. Vujudga kelgan Turgashlar davlatining asoschisi Uch-elig hoqon 699-706-yillarda mamlakatni idora qilgan. U Baga-tarhon unvonini qabul qilgan.

Uch-elig hoqon juda dono va uzoqni ko‘ra bilgan davlat arbobi, qobiliyatli diplomat bo‘lib, turk qabilalari sardorlari oldidda katta hurmatga sazovor bo‘lgan. U Xosrav Bo‘ri-shod hoqonga tobe bo‘lgan ko‘chmanchi qabilalaming aksariyatini o‘ziga og‘dira ola bilgan. Uch-elig Suyob va Ili daryosi bo‘yidagi Kungutni bosib olib, u yerlarda o‘zining qarorgohini qurgan. Demak, turgash- laming ikkita qarorgohi bolgan, biri Suyob, ikkinchisi esa Kungut. Sirdaryoning orta oqimidan to

Irtish daryosigacha bolgan yerlar Uch-elig hoqon mulkiga aylangan. U mamalakatni tepasida tutuq turgan 20 ta udelga bolib boshqargan. Har bir udel tutuqi hoqonlikka 7 ming jangchi yetkazib bergan. Jami bir yola 140 ming qoshin toplangan. Bu juda katta harbiy kuch bolib, Turgash hoqoni dushmanlari u bilan hisoblashishga majbur bolgan. Ozining haqiqiy hokimyatini yoqot- gan Xosrov-Bem-shod hoqon va uning tarafdorlari Yettisuv atroflarini jangsiz tashlab, Beshbaliqqa ketgan. Xosrov-Bem-shod qol ostidagi garbiy turk qabilalaridan taxminan 70 ming kishi u bilan ketgan.

Bu davrda turgashlarga Sharqiy turklar tomonidan kuchli xavf sezilib turardi. Malumki 630- yilda Xitoydagi Tan davlati Sharqiy Turk davlatini bosib olgan edi. 679-681-yillarda Tan davlatiga qarshi Turklaming isyoni bolib otgan. Qozgolonchilar Xitoy hukmronligini agdarib tashlagan. Natijada, 682-yili Sharqiy Turk hoqonligi qayta tiklanadi. Bu davlatni tarixchilar Ikkinchi Sharqiy Turk hoqonligi deb atashgan. Davlatga Qutlug Chor asos solgan (682-691). U Ilterish hoqon unvonini olgan. Sharqiy Turk hoqonligining yuksalish davri Ilterishning ukasi Kapagan hoqon (691-716) davriga togri keladi. U katta armiya tuzadi. 693-706-yillarda olti marta Xuanxega yurish qilib, Tan davlatining shimoliy viloyatlarini talaydi, aholisining aksariyatini asir oladi. Sharqiy Turk hoqonligining garbiy chegaralari Tarbagatay va Oltoygacha, yani turgashlar chegaralarigacha chozilgan. Kapagonning vafotidan keyin hokimyatga Ilterivning ogli Bilga hoqon (716-734) keladi. Lekin hokimyatdagi aksariyat ishlar Kultegin hoqon davrida amalga oshirilgan edi.

699-766-yillarda hukmronlik qilgan Turgashlar hoqonligi hukmdorlari mustahkam davlat tuzishga harakat qilishgan. Turgashlar hoqonligi kochmanchilar davlati edi. Davlatni hoqon unvoni bilan hukmdor idora qilgan.

3.Somoniylar davlatiga Somon qishlogi oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos solgan. Manbalaming birida ular Balx yaqinidan, boshqa manbada esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bolganligi etirof etiladi. Arab xalifasi Mamunga sodiqlik bilan qilgan xizmatlari evaziga 819-820-yillarda Somonxudotning nabiralari Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad ibn Asadni Fargonaga, Yahyoni Shosh va Ustrushonaga, Ilyosni Hirotga noib kilib tayinlandi. Shu tariqa Movaraunnahrda somoniylar sulolasi qaror topdi.Somoniylar xonadonining shajaraviy negizi turkiy qavmlarga borib taqalishini bugungi ilmiy izlanishlar ishonchli tasdiqlamoqda.

Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy hayotdagi mavqei tez osa boshlaydi. Avval Nuh, songra Ahmad Movarounnahmi birlashtirish ishiga bel bogladi. 864-yilda Ahmad vafot etgach, uning ogli Nasr sulola boshligi boldi. 873-yilda Buxoro viloyatini Tohiriylar sulolasining songgi hokimi Muhammad ibn Tohir bosib oladi va ogir soliqlar saladi. Shu yili Xurosonda hokimiyatning Safforiylarga otib qolganligidan foydalanib, amaldorlar Samarqandga Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib, somoniylar xonadonidan Buxoroga noib yuborishlarini iltimos qiladi. Bu taklifdan mamnun bolgan Nasr 874-yilda ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib jonatadi. Shunday qilib, shu vaqtdan boshlab butun Movarounnahr somoniylar tasarrufiga ota boshlaydi. Nasr ozini butun Movarounnahr hukmdori hisoblab, somoniylar tarixida birinchi marta kumush dirham zarb ettiradi. Kumush tanga zarb qilish va muomalaga kiritish davlat mustaqilligining ramzi hisoblangan. 888 yildagi Nasr va Ismoil ortasidagi songgi toqnashuvda Nasr qoshinlari tor-mor keltiriladi. Movarounnahr hukmronligi tolaligicha Ismoil qoliga otadi. 892-yilda Nasr vafot etgach Ismoil davlat boshligi boldi.

Somoniylar hokimiyatini egallagan Ismoil poytaxtni Samarqanddan Buxoroga kochiradi. U Movarounnahrda markazlashgan mustahkam davlat tuzish maqsadida harbiy qoshinga alohida etibor qaratdi. 893-yilda Taroz shahrini bosib olib, kochmanchilarga qaqshatkich zarba berdi. Shu bilan dashtlik kochmanchilarning Movarounnahr hududlariga uzluksiz hujumlariga butunlay barham berildi. Xalifa tomonidan Movarounnahrga noib etib tayinlangani togrisidagi yorliq berilgach, Amr ibn Lays 900-yilda Ismoil Somoniyga qarshi qoshin tortdi. Bolib otgan jangda Safforiylar yengiladi va ularning Xurosondagi yer-mulklari Ismoil Somoniy tasarrufiga otadi.



Somoniylar davrida markazlashgan davlatga asos solinishi oz navbatida mamlakat iqtisodiy hayotiga ijobiy tasirini korsatgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq jadal rivojlana boshlagan. Dehqonchilik asosan suniy sugorishga asoslangan. Shuning uchun mamlakat boylab sugorish inshootlarini qurish va tamirlash ishlariga alohida etibor berilgan. Jumladan, Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Dargom, Ishtixon va boshqa kanallar shahar va qishloqlami suv bilan taminlagan. Davlatda lalmikor dehqonchilikda ham katta yutuqlar qolga kiritilgan.

Dehqonchilik bilan bir qatorda mamlakatda hunarmandchilik tarmoqlari - toqimachilik, kulolchilik, shishasozlik, metal buyumlar ishlab chiqarish, qogoz ishlab chiqarish, toshtarashlik, zargarlik, duradgorlik kabi sohalari taraqqiy qilgan. Samarqand vadoriy, Buxoro zandana matolari bilan na faqat Movarounnahrda, balki Hindiston, Eron, Iraq kabi Sharqning koplab davlatlarida malum va mashhur bolgan.
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling