Buxoriylar Maktabi
Download 225.08 Kb.
|
8-sinf O`zbekiston tarixi 22-26-mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test muallifi:Azizbek Nematov Bog’lanish uchun: +998991474386 22-26 Mavzular B Variant
“Buxoriylar Maktabi” NTM Sizlarni barcha fanlardan yuqori Diqqat!!! Test Davlat Test Markazi sifatli o’quv kurslariga taklif qiladi Standarti asosida tuzilgan @Nematov_Tarix_Maktabi_official - Bilimlar ummoni 8-Sinf O’zbekiston Tarixi 22-26 Mavzular Test muallifi:Azizbek Nematov Bog’lanish uchun: +998991474386 22-26 Mavzular B Variant 1.Xorazm Shayboniyxon hujumi arafasida … A)temuriy Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo‘lgan Xuroson davlati tasarrufida edi B)Shoh Ismoil Safaviy hukmdor bo`lgan Eron davlati tasarrufida edi C)qo`ng`irot qabilasidan chiqqan Chin So`fi hukmronlik qilayotgan edi D)mustaqilligini saqlab kelayotgan yagona mamlakat edi 2.Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib olgan yilda … A)shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo`lga kiritdilar B)Tripoli ispanlar tomonidan zabt etildi C)shayboniylar Movarounnahrni ikkinchi marta egalladilar D)Bobur Mirzo Kobulda hokimiyatni qo`lga kiritdi 3.O‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan Berka Sulton o`ldirilgan yilda … A)Angliya taxtini Tyudorlar sulolasi egalladi B)Vestfal sulhi tuzildi C)Moskva Oltin O`rdaga boj-yasoq to`lashdan bosh tortadi D)”Qizil va oq gullar urushi” tugadi 4.XVI asrda Buxoro va Xiva o`rtasida sovuq munosabatlar hukm surganligining asosiy sababini toping. A)Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g`anim bo`lib qolgan xonadonlarga mansubligi B)xonliklarning bosqinchilik urushlari hisobiga o`z hududlarini kengaytirishga urinishlari C)Marv vohasi uchun kurash D)ikkala davlatning ham Amudaryoning o`ng sohilidagi yerlarda o`z hukmronligini o`rnatishga harakat qilishi 5.Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘gillari nomiga qanday laqabni qo‘shib aytishni buyurdi? A)”xon” B)”amir” C)”muluk” D)”g`ozi” 6.Xiva shayboniylari Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo'lgan kimning avlodlari edi? A)Berka Sultonning B)Arabshoh ibn Po`lodning C)Muhammad Amin inoqning D)Abulxayrxon ibn Davlatshayxning 7.Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lgan vaqtni toping. A)XV asrning 70-yillarida B)XVI asrning 70-yillarida C)XVII asrning 70-yillarida D)XV asrning 80-yillarida 8.Nechanchi yilda turkman yovmutlari hokimiyatni amalda o`z qo`liga oldilar? A)1756-yil B)1764-yil C)1775-yil D)1753-yil 9.Qaysi hukmdorning islohotlari ma’lum muddatga bo‘lsada, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko‘chmanchilar va yarim ko‘chmanchilarning o‘troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat qildi? A)Abulg`oziy Bahodirxon B)Muhammad Rahomxon I C)Olloqulixon D)Eltuzarxon 10.Buxoro xoni Ubaydullaxon nechanchi yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirdi? A)1535-1536 B)1536-1537 C)1537-1538 D)1538-1539 11.Shayboniyxon bosqin arafasida Xorazmda kim noiblik qilayotgan edi? A)Chin So`fi B)Sayid Hisomiddin qattol C)Umar qori D)Qimori inoq 12.Nechanchi yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan Berka Sulton o`ldirilgan edi? A)1480-yil B)1499-yil C)1500-yil D)1501-yil 13.Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti qaysi shahardan qaysi shaharga ko‘chirildi? A)Urganchdan Vazirga B)Vazirdan Urganchga C)Urganchdan Xivaga D)Xivadan Urganchga 14.Xorazmni Eron safaviylaridan ozod etish va mustaqil davlat tuzish uchun boshlangan kurashning tashabbuskori kim edi? A)Sayid Hisomiddin qattol B)Elbarsxon C)Umar qori D)Chin So`fi 15.Xiva xonligida xonga tegishli yerlar qanday nomlar bilan atalgan? 1.mulki xolis 2.mulki xossa 3.tarxon yerlari 4.amloki xossa 5.mulki maxsusa 6.mulki hurri xolis A)1,3,5,6 B)1,2,4,6 C)1,2,4,5 D)1,2,5,6 16.Xiva xonligida ijara olingan yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar to`lagan soliqlar miqdori mos berilgan javobni toping. 1.15 tanob yerga 2.10 tanob yerga 3.5 tanob yerga a)34 tilla tanga b)34 kumush tanga c)23 kumush tanga d)23 tilla tanga e)12 tilla tanga f)12 kumush tanga A)1-a, 2-c, 3-e B)1-b, 2-d, 3-f C)1-a, 2-b, 3-e D)1-b, 2-c, 3-f 17.Amir Ma’mun ibn Muhammad nechanchi yilda Kat shahridagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va o‘zini Xorazm hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qildi? A)995-yil B)1004-yil C)1011-yil D)959-yil 18.Xiva savdogarlari Erondan qanday mahsulotlarni olib kelishgan? 1.murch 2.imbir 3.kunjut 4.ipak mato 5.feruza 6.qand-shakar 7.kirmonshoh shollari 8.mis A)1,2,3,5,6,7 B)1,2,4,6,7,8 C)1,2,4,5,7 D)1,2,4,7,8 19.Ma’lumki, Muhammad Rahimxon I davrida soliq tizimida o‘tkazilgan islohotga ko`ra, soliqlarning muntazam undirilishi ta’minlandi. Bunga qanday omillar tufayli erishildi? 1.yerdan olinadigan soliqning mahalliy hokimlar tomonidan yig‘ilishiga chek qo'yish 2.soliqlarning xon tomonidan tayinlangan davlat amaldorlari tomonidan yig‘ilishi tartibining o‘rnatilishi 3.bojxona xizmatining tashkil etilganligi 4.oltin tangalar zarb etilib muomalaga chiqarilganligi A)1,3 B)2,4 C)1,2 D)3,4 20.XVIII asr o`rtalarida Xiva xonligida taxt uchun qabilalararo ayovsiz kurash boshlandi. Taxtga esa atayin chingiziylar avlodiga mansub xonlarni o`tqazish davom etdi va ular tez-tez almashtirib turildi. Bu hodisa tarixga qanday nom bilan kirgan edi? A)”taxtlar o`yini” B)”kurashayotgan viloyatlar davri” C)”xonlar o`yini” D)”kurashuvchi xonlar davri” 21.Xiva xonligida qaysi mansabdagi amaldor xon xonadoni a’zolari o‘rtasidagi masalalarni ко‘rib chiqqan? A)qozi xoss B)qozi kalon C)qozi o`rda D)naqib 22.Xiva xonligida 10 tanobdan ortiq yer berilgan xo‘jaliklar qancha miqdorda soliq to`laganlar? A)1 tilladan B)2 tilladan C)3 tilladan D)5 tilladan 23.Kimning hukmronligi davrida Yangi Urganch yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazildi? A)Avaneshxon B)Anushaxon C)Erengxon D)Abulg`oziy Bahodirxon 24.XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida (a) xon saroyi, (b) masjid va (c) madrasa mavjud bo‘lgan. 1)5 ta 2)3 ta 3)17 ta 4)2 ta 5)33 ta 6)22 ta 7)4 ta 8)19 ta 9)21 ta A)a-1, b-5, c-8 B)a-2, b-9, c-2 C)a-4, b-3, c-6 D)a-3, b-5, c-7 25.Quyidagi atamalarni mos keluvchi javob variant bilan belgilang. 1.koranda 2.bevatan 3.buxorochi 4.vaqfchi 5. otliq a)davlat yerini ijaraga oluvchi b)xususiy yerlarni ijaraga oluvchi c)Xiva xonligining Buxoro, Eron va Afg‘oniston bilan savdo qiluvchi savdogarlari d)vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar e)harbiy yurishlar chog`larida yer egaligining vaqtincha shakli A)1a,2c,3b,4e,5d B)1b,2c,3d,4e,5a C)1c,2d,3e,4a,5b D)1b,2a,3c,4d,5e 26.Qachon O‘rta Osiyoda ikkinchi o‘zbek davlati – keyinchalik Xiva xonligi deb atalgan davlat tashkil topdi? A)1510-yil B)1511-yil C)1512-yil D)1770-yil 27.Xiva xonligida faoliyat yuritgan Oliy Kengash majlislari qancha muddatda o‘tkazilgan? A)oyiga uch marta B)haftasiga bir marta C)oyiga bir marta D)haftasiga ikki marta 28.Qachondan boshlab Xiva xonlari davlat hayotiga oid har bir masalani qabila boshliqlarisiz mustaqil hal eta olmaydigan bo`lib qoldilar? A)XVI asrdan B)XVII asrdan C)XVIII asrdan D)XIX asrdan 29.Qaysi hukmdor markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga harakat qilgan turkman va qoraqalpoqlarning qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi? A)Muhammad Rahimxon I B)Eltuzarxon C)Olloqulixon D)Rahimqulixon 30.Xiva xonligida tilla tangalarni zarb qilish nechanchi yilda yo`lga qo`yildi? A)1805-yil B)1819-yil C)1811-yil D)1809-yil 31.1844-yilda Xiva Rossiyaga necha rublli tovar eksport qildi? A)137 ming B)1,5 mln C)270 ming D)486 ming 32.Qaysi Xiva xoni davrida Karvonsaroy majmuasi bunyod etilgan? A)Elbarsxon B)Abulg’oziy Bahodirxon C)Olloqulixon D)Muhammad Rahimxon I 33.Quyidagi qaysi hukmdor davridadan boshlab yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog’langan? A)Muhammad Rahimxon I B)Olloqulixon C)Muhammad Amin D)Muhammad Rahimxon II 34.Yangi Urganch shahriga kim asos solgan? A)Eshmuhammadxon B)Abulxayrxon C)Abulg’oziyxon D)Elbarsxon 35.Safaviylar hukmronligiga qarshi kurash boshlagan xorazmliklarning kurashiga boshchilik qilgan tabaqani ko’rsating. A)mahalliy aslzodalar B)Dashti Qipchoq hukmdorlari C)qabila oqsoqollari D)mahalliy beklar 36.Xiva xonligida muftiylar bergan xulosani ko’rib chiqib uni tasdiqlagan, yo qaytargan mansabdor nomini belgilang. A)naqib B)qozi C)sadr D)a’lam 37.Xiva xonligida muntazam va nomuntazam qo’shin soni qanchani tashkil etganini aniqlang. A)2,5 ming va 9-10 ming B)2 ming va 8-10 ming C)2,5 ming va 8-10 ming D)2 ming va 9-10 ming 38.Xiva xonligining parokandaligi, ayniqsa, kimning hukmronligi davriad yaqqol namoyon bo’lganini aniqlang. A)Arab Muhammadxon B)Sherg’ozixon C)Asfandiyorxon D)Avaneshxon 39.Xiva xonligidan Rossiyaga qanday mahsulotlar chiqarilgan? A)gilam, sholcha, namat B)paxta, jun, namat C)ipak, jun, paxta D)kunjut, gilam, movut 40.Ichan qal’a me’moriy yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olinib, muzey-qo’riqxonaga aylantirilgan (a) va muzey qo’riqxona “Ichan qal’a muzey-qo’riqxonasi” deb atalgan (b), shuningdek Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan (c) yillarni belgilang. 1.1960 2.1961 3.1969 4.1968 5.1990 6.1991 A) a – 2; b – 4; c – 5 B) a – 1; b – 3; c – 6 C) a – 2; b – 3; c – 5 D) a – 1; b – 3; c – 6 41.Xiva xonligida kimlar ta’lim sohasi ishlari uchun ham javobgar edi? A)naqiblar B)raislar C)qozilar D)muftiylar 42.Xiva xonligida XIX asr o`rtalarida nomuntazam qo`shin soni qancha kishini tashkil etgan? A)2 ming B) 5 ming C)6 – 7 ming D)9 – 10 ming 43.Xiva xonligida 5 tanobgacha yer berilgan xo‘jaliklar yiliga qancha miqdorda soliq to`laganlar? A)1 tilladan B)2 tilladan C)3 tilladan D)5 tilladan 44.XIX asrning o`rtalarida Xivani jahon bozori bilan bog`lay oladigan tayanchiga aylangan davlatni toping. A)Buxoro amirligi B)Eron C)Usmonli davlati D)Rossiya 45.Bir-biri bilan o’zaro nizo qiluvchi urug’lar boshliqlari o’rtasidagi to’qnashvlarning oldini olish uchun Abulg’oziy Bahodirxon ... A)qurol yordamida ularning barchasini markaziy hokimiyatga bo’ysundirdi B)barcha urug’lar boshliqlarini qatl ettirib, ularning o’rniga mahalliy hokimlarni tayinladi C)yovmut ko’chmanchilari yordamida barcha urug’lardagi nizolarni bartaraf etish choralarini ko’rdi D)Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to’rtta birlashmaga bo’ldi 46.Subhonqulixon tomonidan Anushaxon o’rniga Xivada noib etib tayinlangan Shohniyoz kim edi? A)shayxulislom B)parvonachi C)inoq D)eshikog’aboshi 47.Xivada qaysi xon hukmronlik qilib turgan davrda Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshlagan edi? A)Asfandiyorxon B)Arab Muhammadxon C)Anushaxon D)Sherg’ozixon 48.Ma’lumki, XVIII asrga kelib Xiva xonligida qabilalar o’rtasidagi kelishmovchiliklardan so’ng Qozoq xonligidan chingiziy hukmdorlarni chiqarish boshlangan edi. Ulardan birinchi bo’lib kim va qachon Xiva taxtiga o’tirgan? A)Muhammad Amin, 1761-yil B)Tavakkal, 1720-yil C)Eltuzar, 1713-yil D)Elbarsxon, 1728-yil 49.Turkman yovmutlari Xivada hokimiyatni amalda o’z qo’liga olganida Buxoro hukmdori kim edi? A)Muhammad Rahim B)Doniyolbiy C)Nasrullo D)Shohmurod 50.Mehnatkash xalq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini juda og‘ir tabiiy sharoitda yetishtirganlari uchun adolat yuzasidan ijaradorlarning ulushi yetishtirilgan hosilning necha foizini tashkil etgan? A)65 foizini B)75 foizini C)50 foizini D)67 foizini 51.Quyidagi jadvalda harflar bilan berilgan kataklarni mos javoblar bilan to`ldiring.
Download 225.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling