Viii. Televideniening jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari. Axborot uzatish vazifasi. Madaniy – Ma’rifiy vazifasi


Download 30.65 Kb.
bet1/7
Sana16.01.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1095994
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MzSGEXAubzjxsHqnx1sehlbhHoeEQj14ts44okCo


VIII. TELEVIDENIENING JAMIYATDAGI IJTIMOIY VAZIFALARI.
Axborot uzatish vazifasi.
Madaniy – Ma’rifiy vazifasi.
Integrativ Vazifasi.
Ijtimoiy - Pedagok Vazifa.
Tashkilotchilik Vazifasi.
Ta’lim Berish Vazifasi.
Rekrativ Vazifa.

Aloqa vositasi sifatida televideniening ijtimoiy vazifasini bilish jamiyatda ommaviy jurnalist uchun o’zining ma’lum o’rnini egallashi, o’z kasbiy masalalarini, o’z rolini belgilashi uchun imkon beradi. Jurnalist bir tomondan doim auditoriyaning talabini hisobga olish lozim bo’lsa, ikkinchi tomonda teleko’rsatuv tayyorlovchi tashkilot tomonidan belgilangan maqsadlarga xizmat qilish zarur. Vatanimiz jurnalistikasida an’anaviy tarzda davom etgani kabi, unisi ham bunisi ham qo’llanib kelingan. Ilgari «bir yoqlama» jamiyatda nima narsa talab qilinsa, bu talab bugungi kunda ham o’zgargani yo’q.


Ba’zi mamlakatlarda davlat organlarining tijorat telekanallari avvalgi an’analarga muvofiq ko’rsatuv uchun beriladigan litsenziyalar telestantsiya egalari oldiga qattiq talablarni ko’yadi, shu jumladan ko’rsatuv tarkibiga oid talablarni, ko’rsatuv beruvchi auditoriyaning faqatgina ko’ngil ochishini emas, balki unga axborot yetkazish va ma’naviy yuksaltirish majburiyatini ham oladi.
Yevropa ommaviy axborot vositalari instituti olimlari 1990 yili shu qarorga keldilarki, ko’rsatuv bu – milliy boylik, butun aholi uchun yagona tarbiya va muloqat vositasi bo’lib ba’zi bir guruxlar qo’lida bo’lmasdan jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi kishilar nazorati ostidagi muassasa bo’lishi kerak. Faqat eriinlik va nazorat oralig’idagi mutanosiblik shundaki, ko’rsatuvlarning maqsadga yo’naltirishdan kelib chiqqan holda, hukumat va parlament televideniening kundalik ichki ishlariga aralashmaydi. Bu narsaning quyidagi kriteriylar vositasida Buyuk Britaniya misolida ko’rish mumkin:

  • Jo’g’rofiy universallik;

  • Barchaning did va manfatlarni qondirish;

  • Milliy ozchilik manfaatlarini ham ifoda etish;

  • Milliy ruh va jamoatchilik haqida g’amxo’rlik qilish;

  • Auditoriyani kengaytirish maqsadida ko’rsatuvlar saviyasini oshirishga intilish;

  • Hukumat va shaxsiy manfatlardan voz kechish;

  • Xodimlar ijodiy erkinligini ta’min etish.




Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling