Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search


Download 12.31 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi12.31 Kb.
#105643
Bog'liq
психика


Psixika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search

Psixika (yun. psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi. P. materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu P.ning mavjudlik usuli (P. miya xususiyati)da va uning mazmuni (P. — obʼyektiv olamning subʼyektiv obrazi)da koʻrinadi. P. materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv si-stemasining vujudga kelishi va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. P.ning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. P. — subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subʼyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda P. obʼyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obʼyektiv-dir. P. psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. P. rivojining oliy shakli — inson P.sidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson P.si faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat inson-gagina xos P. shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson P.sining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obʼyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. P.ning muhim tomoni uning ref-lektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtov-siz va qatʼiy kechishidir. Real P. faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson P.sining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs P.sining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼna-viy boyliklarni oʻzlashtirishdan ibo-ratdir. P.ni psixologiya oʻrganadi.
Download 12.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling