Volidamdan maktublar (Doston Elsevar baxshi tilidan) Muqaddima


Download 21.21 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi21.21 Kb.
#130298
Bog'liq
VOLIDAMDAN MAKTUBLAR


Volidamdan maktublar (Doston Elsevar baxshi tilidan)
Muqaddima (O`ziga bek el va Elsevar baxshi tarifi)
To hirsu havas xirmani barbod oʻlmas,

To nafsu havo qasri baraftod oʻlmas.

To zulmu sitam jonigʻa bedod oʻlmas,

El shod oʻlmas, mamlakat obod oʻlmas

Alisher Navoiy

Qaysiki bir omon omon

tinch va totuv zamonda

Bobo tog`li, so`lim bog`li

serquyosh yurt tomonda

O`ziga bek, o`zi to`q el

davr-u davron surarkan

Yaylovida suruv suruv

poda o`tlab yurarkan

*******


Osmonida Humo qushi

uchar giryon aylanib

O`g`lonlari yurtni qo`rir

jasoratga shaylanib

Eli ulug`, toza iymon

yuraklari o`t edi

O`ziga bek, ozod, obod

farovon bir yurt edi

*******

Odamlari juda ahil

birlashardi bir zumda

To`y-tomosha, bazmi-jamshid

to`xtamasdi qirq kunda

El holida xo`p jaydari

yaxshisi ham ko`p edi

Doston aytib nom qozongan

baxshisi ham ko`p edi

*******


Bu o`lkaning baxshilarin

yoshi edi Elsevar

Baxshilarning g`ariblarin

boshi edi Elsevar

Rost va yolg`on tarozisi

toshi edi Elsevar

Haqiqatning ham ko`zi-yu

qoshi edi Elsevar

*******

Na otasi, na onasi

suyangani tog`i yo`q

Ammo qalbi toza edi

zarracha-da dog`i yo`q

El ichida ulg`aygandi

elning dardin kuylardi

O`ylasa ham necha ming o`y

el haqida o`ylardi

*******


Qo`lidagi sozi bilan

aritardi el g`amin

Kuylaganda sho`x qushlar ham

chiqarmasdi hech damin

Ammo baxshi yigitning-da

mungli kuyi bor edi

Bu dostonni tinglash uchun

ko`p odamlar zor edi

*******

Yosh oila kechmishini

kuylaganda uzilib

Eshitganlar ul dostonni

yig`lar edi tizilib

Ikki farzand nolalari

yuraklarni ezardi

Volidasin maktublarin

ona qizi asrardi

*******


Ul kechmishni haqiqatda

bo`lganmikin bilmaymiz

Balki rostdan bo`lgan hamdir

muhokama qilmaymiz

Balki bu bir xayolotdir

o`tgazgandir dilidan

Eshitaylik voqeani

keling baxshi tilidan

*******
Chindan kelgan vabo (birinchi fasl)

Sabza dedim, sonchdi nishtar meni,

La’l dedim, o`rtadi axtar meni

Lola debon ko`ksuma ko`rdim tugan,

Gul tilabon ko`ngluma topdim

Alisher Navoiy
Behishtsaro, hur o`lkaning

tarifiga til ojiz

Sabza nomli tog` bag`rida

uy bor edi bir mujas

Ul uy mehr-u muhabbatga

sadoqatga toshgandi

Muruvvatda nomdor edi

Sabza eldan oshgandi

*******

Omon tabib bu qo`rg`onning



qo`riqchisi, egasi

Jannat aya dastyoridir

yelkadoshi, bekasi

Gulanor va Mir Alisher

oilaning erkasi

Bitta qiz-u bitta o`g`il

Muhabbatning mevasi

*******


Omon tabib kasb-u korin

bayon etsak tarifin

Sog`ligini o`ylab xalqni

xizmatdadir kun-u tun

El tilida u ham tabib

dorul ilm-u shifo edi

Tib qomusim mudarrisi

Sabzada Ibn Sino edi

********

Jannat aya xo`p fidokor

kasbi edi shifokor

Umr yo`ldoshi yoriga u

ham vafodor ham dastyor

Qizalog`in mehriboni

oftob-u nur jahoni

Mir Alisher dilbandining

tilda bo`lgan dostoni

*******


Gulanor qiz guldek yashnab

guldek kulib yurardi

Yel tegmagan yonog`i ham

gulga o`xshab turardi

Ko`p suluv va yaxshi sur’at

qo`ralay ko`z, shirin so`z

O`rta bo`yli, uzun uyli

zehni ham tez, serfahm qiz

*******

Mir Alisher sur`atiga

oy-quyosh lol qolgandi

G`azal mulki sultonining

siyratini olgandi

Hizr bobo piri edi

qo`llar edi mastonlar

Taqdiriga bitilgandi



necha yuz ming dostonlar



Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling