Warren Buffett Amerikalik sarmoyador va ishbilarmon Warren Edward Buffet


Download 499.77 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi499.77 Kb.
#1433421
Bog'liq
Warren Buffett


Warren Buffett
Amerikalik sarmoyador va ishbilarmon
Warren Edward Buffet (tug’. 30-avgust, 1930), Amerikalik tadbirkor, investor va saxovatpesha. U dunyodagi eng omadli investorlardan biri deb tan olingan. Ko’pincha uni „Warren Buffett – afsonaviy investor“ deb ataydilar. U Berkshire Hathaway shirkatining CEO'si va direktoridir. U dunyoning eng badavlat kishilari ro’yxatida 4-may 2019-yil
reytingida US$89.9 milliard mablag’i bilan uchinchi o’rinda turadi.[4] 2008-yil dunyoning eng boy odami deb e’tirof etilgan bo’lsa, 2011-yilga kelib dunyodagi eng boy odamlar ro’yxatining 3-o’rniga tushib qoldi. Buffettni „Omaha sehrgari“, „Omaha bashoratchisi“ yoki „Omaha donishmandi“ deb ham ataydilar. Warren o’zining falsafiy investitsiya qiymatiga ishqibozligi va o’zining ulkan boyligiga qaramasdan shaxsiy (tug’ma) qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, Buffett yana ko’zga ko’ringan sahovatpeshalardan ham biri hisoblanadi. Uning fikriga (falsafasiga) ko’ra baxtning 99%'i xayrli ishlardan kelib chiqadi. U yana Grinell Kollejining moliya boshqaruvchisi a’zosi sifatida ham
xizmat ko’rsatgan.
Biografiyasi
Buffet 1930-yili Nebraska shtatining Omaha shahrida tug’ilgan. 3 farzandning ikkinchisi va oiladagi yagona o’g’il. Buffet ilk ta’limni Omahadagi Rose Hill boshlang’ich maktabida oladi. 1942-yili uning otasi AQSh Kongressiga saylanganidan keyin ularning oilasi
Washington D.C.'ga ko’chib ketadi. Keyinchalik Warren Alice Deal 7-o’smirlar o’rta maktabiga kiradi va 1947-yilda Woodrow Wilson yuqori maktabini bitiradi. Buffet kichkinaligidayoq pul jamg’arishni boshlagan. U eshikma-eshik yurib saqich, Coca-Cola yoki haftalik jurnallarni sotish bilan shug’ullangan. Bir qancha vaqt davomida bobosining baqqollik do’konida ham ishlagan. Yuqori sinflarda o’qib yurgan kezlarida gazetalar tarqatish, golf koptoklari, markalar sotish va mashinalarni tuzatish orqali anchamuncha pul yig’adi. 1945-yilda universtitetning 2-kursdaligida Buffet va uning do’sti mahalliy sartaroshxonaga o’rnatgan pinball mashinasi uchun $25 sarflagan. Buffet bolalik paytidanoq aksiya bozori va investitsiya kiritishga qiziqqan. Shahar xizmatining imtiyozli
aksiyalaridan 11 yoshida o’zi va singlisi uchun uchtadan sotib oladi.
Universtitetda o’qish davomida biznesga pul tikadi va otasiga qarashli fermani sotib olib, ijarachi fermer sifatida faoliyat yuritadi. Kollejni bitirish arafasida Buffet $90,000 dan ko’p pul to’plagan. Buffet Omahaga qaytgach Dale Carnegie Jamiyatining notiqlik kursiga olingunga qadar birja makleri sifatida faoliyat yuritadi. Ish davomida u Omaha universtitetining kechki guruhida „Investitsiya Asoslari“ fanidan dars berishga qaror qiladi va dars o’tishni boshlaydi. Talabalarning o’rtacha yoshi uning o’zining yoshidan 2-marta katta edi o’shanda. 1954-yili Buffet Benjamin Graham bilan hamkorlik qilishga rozi
bo’ladi. Uning boshlang’ich maoshi yiliga $12,000 edi. 2008-yilda Buffet Bill Gatesni taxtdan ag’darib, dunyoning eng boy kishisi
degan nomni oladi. 2007-2008-yilgi jahon bozorlaridagi moliyaviy tanazzul ko’pchilik firmalarni ezib turgan vaqtda, Buffetning qilgan investitisyalari narxini vaqtinchalikka yuqoriga ko’tarib yuboradi. Forbes jurnalining bergan ma’lumotiga ko’ra uning boyligi $62 milliard edi. 2009- yili Bill Gates 1-o’rinni qaytarib olgan, Buffet esa 2-o’ringa tushgan. Ularning boyliklari mos ravishda $40 milliard va $37milliardda baholangan edi. Lekin Buffet 12 oy ichida $25 milliardni yo’qotadi 2008/2009. 2009-yil fevralda Buffet o’zining Procter&Gamble Co va
Johnson&Johnson kompaniyalaridagi qimmatbaho qog’ozlarini sotdi.
2006-yilda, Buffet o’zining shaxsiy Lincoln Town Car avtomobilini eBay kim oshdi savdo saytida sotadi. Sotuvdan tushgan $650,100 mablag’ni Gils Inc. xayr-sahovat fondiga taqdim etadi. 2008-yilning
27-iyunida, Pure Heart China Growth Investment Fund
kompaniyasining rahbari Zhao Danyang Warren Buffet bilan 5 kunlik „Kuch Nonushtasi“ni kim oshdi savdosida yutib oladi. Danyang bu 5 kunlik nonushtaga $2,110.100 to’lagan. Bu kim oshdi savdosidan tushgan barcha pul San Francisco Glide Foundation hayriya jamiyatiga o’tkazilgan. Keyingi yildagi Warren Buffet bilan bir kunlik tushlikka Torontoda joylashgan Salida Capital boshqaruvchilari $1.68 million miqdorida pul to’lashgan.



Warren Edward Buffet
Download 499.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling