Windows va Linux operatsion tizimlarining yutuq va kamchiliklari


Download 9.55 Kb.
bet1/4
Sana04.09.2023
Hajmi9.55 Kb.
#1672637
  1   2   3   4
Bog'liq
Windows va Linux operatsion tizimlarining yutuq va kamchiliklari-kompy.info


Windows va Linux operatsion tizimlarining yutuq va kamchiliklari

Windows va Linux operatsion tizimlarining yutuq va kamchiliklari.

Reja: 1.Operatsion tizim haqida 2.Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi. 3.Linux operatsion tizimi 4.Linux va Windows: har bir operatsion tizimning afzalliklari va kamchiliklari Xulosa.

Operatsion tizimlar tarixi — birinchi kompyuterlarda operatsion tizimlar boʻlmagan. Oʻsha davrda birinchi kompyuterlarda ishlaydigan har bir dastur kompyuterda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kodlarni oʻz ichiga olishi, oʻrnatilgan apparat bilan aloqa qilish va dastur bajarishi kerak boʻlgan hisob-kitoblarni bajarishi kerak edi. Bu holat hatto eng oddiy dasturlarni ham juda murakkab holga keltirardi. Ushbu muammoga javoban markaziy kompyuterlar egalari kompyuterga kiritilgan dasturlarni yozish va bajarishni osonlashtiradigan tizimli dasturiy taʼminotni ishlab chiqa boshladilar va shu bilan birinchi operatsion tizimlar dunyoga keldi.

Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi. Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi. Qisqacha qilib aytganda Operatsion tizim foydalanuvchi va qurilma oʼrtasidagi muloqotnitaʼminlab beradigan vositadir

Operatsion tizim foydalanuvchidan murakkab va unga kerak bo‘lmagan tafsilotlarni yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim etadi. Tizim, shuningdek, turli yordamchi harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish yoki chop etishni ham bajaradi. Operatsion tizim tezkor xotiraga hamma dasturlarni yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan boshqarishni ularga topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni bajaradi va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan tozalaydi. Hozirgi paytda operatsion tizimlarning DOS; OS/2;UNIX; Windows oilalari keng tarkalgan. DOS oilasidagi operatsion tizimlarning birinchi vakili-MS DOS tizimi 1981 yilda IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan chikarilgan.


Download 9.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling