Word matn muuarriri, uning
Download 1.02 Mb.
|
WORD MATN MUUARRIRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Programmi
- Masalalar paneli
- Oldingi sahifaga
- Pereplyot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” FAKULTETI “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN Mavzu: Microsoft Word 97 matn muharriri Bajardi: 115-15 gr. Omonova M.Sh. Qabul qildi: Vaxobova Z.Q. Toshkent – 2015 Microsoft Word 97 matnlarni tahrirlovchi ko`p amalli dasturdan iborat matn redaktori bo`lib, Microsoft Office 97 paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni muharrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o`zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k. Ushbu matn muharrirning imkoniyatlarini quyida keltirilgan ba’zi amallardan ham bilish mumkin: Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish; Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash; Rasm chizish; Elektron xujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir qilish va h.k.; Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi. Word 97 matn muharririni ishga tushirish uchun uning yorlig`ini, ya’ni rasmini ish stolidan toping va ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosing. Agar bu rasmchani ekrandan topa olmasangiz, quyida joylashgan masalalar panelidagi Pusk menyusi ustiga sichqoncha kursatkichini olib kelib sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Quyidagi oyna namoyon bo`ladi:
Namoyon bo`lgan ro`yxatdan Programmi qismini tanlang. O`ng tomondagi ro`yxatdan Microsoft Word qatorini tanlang va ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Bu amallarni bajargandan so`ng Word 97 matn muharriri ishga tushadi va Microsoft Word interfeysi oynasi paydo bo`ladi. Umuman, o`zimizga qulaylik yaratish uchun, bir nechta tushuncha kiritishimiz zarur. Masalan: «sichqonchaning chap tugmachasini bosamiz» jumlasini «sichqonchani bosamiz» deb aytamiz, agarda sichqonchaning o`ng tugmachasini ishlatish zaruriyati tug`ilib qolsa, bu holni alohida ta’kidlab ketamiz. Yana bir hol, buyruqni, so`zni tugmachani «aktivlashtiramiz», «faollashtiramiz» deganda ular ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosish nazarda tutiladi. 1) Eng yuqorida dastur va hujjat nomi yozilgan qator mavjud. Shu qatorning o`ng tomonida, burchakda uchta boshkaruv piktogrammasi joylashgan:
2) Ulardan birinchisi – «Svernut» (Yig`ib olish) nomli piktogramma. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi Masalalar paneli katoriga to`rtburchak tugmacha shaklida (darchadek) yig`ib olinadi. Sichqonchaning chap tugmachasini “darcha” ustida bir marta bosish oynaning oldingi o`lchovini va joylanishini tiklaydi.Ikkinchisi - «Razvernut» (Yoyish) tugmachasi. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi butun ekranga (yoki hujjat oynasi butun ilova oynasiga) yoyib tashlanadi. Shunga ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli oyna kattalashgan holda ham ko`rinib turadi. «Razvernut» piktogrammasi (rasmchasi) ustida sichqoncha bir marta bosilgandan keyin eski piktogramma o`rnida yangi, ikkita ustma-ust joylashgan kvadrat shaklidagi piktogramma paydo bo`ladi. Hosil bo`lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi. Uchinchisi - «Zakrit» «Yopish» piktogrammasi. U Ilova oynasini yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Word 97 ni yopish uchun ko`rib chiqilgan birinchi qator boshida joylashgan ilovaning sistema menyusi tugmachasini ikki marta bosish ham mumkin. 3) Oynadagi keyingi qator - Menyular qatori: Unda ko`rsatilgan menyu turlarining birortasi ustiga sichqoncha ko`rsatkichi keltirib, chap tugmachasi bosilsa, ijro etilishi mumkin bo`lgan amaliy buyruqlar ro`yxati chiqadi. Va nihoyat, tanlab olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun uning ustida sichqonchani bir marta bosish zarur.
Barcha menyu turlariga qarashli amaliy buyruqlarning tez-tez ishlatiladiganlari oson tanlanadigan piktogrammalar bilan belgilanib maxsus standart: hamda formatlash:
uskunalar panellariga joylashtirilgan. Oynaning chetlarida vertikal va gorizontal xarakatlantirish tasmalarini ko`rish mumkin. Bu tasmalar hujjatning ekranga sig`magan qismini ko`rish imkonini beradi. Gorizontal tasmada joylashgan chap tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko`rsatkichi bosilsa, hujjatning chap tomoni, o`ng tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko`rsatkichi bosilsa - hujjatning o`ng tomoni ko`rsatiladi.
Vertikal tasmadagi tepaga va pastga qaragan uchburchaklar matnning yo`nalishlariga mos qismni ko`rsatib berishadi. Tasmada joylashgan tugmachalarning ikki chetdagisi mos ravishda Oldingi sahifaga o`tish va Keyingi sahifaga o`tish amallarini bajaradi. Klaviaturada bu amalni Page Up va Page Down tugmachalari bajaradi. O`rtada joylashgan tugmacha bosilsa, ekranda quyidagi jadval namoyon bo`ladi:
Bu jadvalning har bir katakchasi ma’lum bir buyruq piktogrammasidir. Mazkur tugmacha shu buyruqlarga tez o`tish uchun ishlatiladi. Oynaning quyi qismida holat qatori (5) joylashgan bo`lib,
unda hujjat nechta sahifadan iboratligi, ekranda hujjatning nechanchi sahifasi aks ettirilganligi, kursor nechanchi qator, nechanchi o`rinda turganligi xaqida va boshqa ma’lumotlar aks ettirilgan. Word oynasi ichida hujjat oynasi joylashgan. Uning ham eng yuqorisida hujjat nomi aks etgan qator mavjud, burchakda esa sizga tanish bo`lgan piktogrammalar joylashgan. Bu oynada gorizontal va vertikal chizg`ichlar mavjud. Chizg`ichning oq qismi qog`ozdagi matn joylanishi sohasidir. Pastki ikkita «zajim» («qisqich») yordamida bu soha chegaralari o`zgartiriladi. Yuqoridagi «zajim» esa xat boshi joyini ko`rsatadi. Uning joylanishini ham o`zgartirish mumkin.
Gorizontal tasmalar qatori boshida to`rtta piktogramma joylashgan. Ular hujjat ko`rinishining bir xolatidan ikkinchisiga tez o`tish piktogrammalaridir: Birinchisi - oddiy rejim - u matnni kiritish, tahrirlash, formatlash uchun juda qulaydir. Bu rejimda matnning formatlanishi va sahifaning chegaralari soddalashtirilgan holda aks etadi, bu esa matn kiritish va tahrirlash ishlarini tez bajarishga imkon beradi. Ikkinchisi - elektron hujjat rejimi – Word 97 redaktorining yangi amali – matnni o`qish jarayonini osonlashtiradi. Bu rejimda o`zgaruvchan o`lchov sohasi namoyon bo`lib, u faqat hujjat tuzilmasini ko`rsatadi. Uchinchisi - belgilovchi rejim - hujjatga kiritilgan ob’ektlarni sahifada joylanishini yaqqol ko`rsatadi. Bu rejimda ishlash jarayonida kolontitullar, rasmlar, ramkalar va boshqa sohalarni o`zgartirish oson kechadi. To`rtinchisi, tuzilma rejimi - hujjatning tuzilmasi bilan ishlash imkonini beradi, matnni qayta joylashtirish, sarlavhalar o`rnini almashtirish vaqtida juda qo`l keladi. Bu rejimda ishlash jarayonida hujjat tuzilmasini yopib tashlab, faqat asosiy sarlavhalarni qoldirish mumkin. Qaysi piktogramma ustida sichqonchaning ko`rsatkichi bosilsa, hujjat o`shanga mos ko`rinishda ishga tushadi. Word 97 oynasining umumiy ko`rinishi bilan tanishib chiqdik. Endi hujjat yaratish jarayoniga o`tsak ham bo`ladi Hujjatni yaratish, uni saqlash va chop etish (Fayl menyusi) Mazkur matn muharririni o`rganish jarayonini soddalashtirish uchun uni oddiy yozuv mashinkasi bilan taqqoslab boramiz. Yozuv mashinkada ish boshlashdan avval qog`oz qo`yiladi. Umumiy holda Word da yangi hujjatlar yaratish usullari: 1. Standart piktogrammalar qatorida piktogrammasi ustida sichqoncha bosiladi. Ekranda «toza qog`oz» paydo bo`ladi. Yangi hujjat ochilishini oynaning sarlavha qatorida Dokument so`zi yonidagi tartib raqam o`zgarishidan bilamiz.
2. Xuddi shu amalni Fayl menyusidagi Sozdat (Yaratish) buyrug`i orqali ham amalga oshirish mumkin. Bu holda ekranda quyidagi oyna namoyon bo`ladi g’urmatli kitobxon, bunday oynalarga siz ko`p marotaba duch kelasiz. Bu oynalarni savol-javob (dialog) oynalari deb atashadi. Mazkur oynada tizim sizga bir nechta andozalarni (shablonlarni) tavsiya etmoqda. Masalan, hisobotlar shakli, fakslar, xatlar, yozuvlar va boshqa hujjatlar andozalari shuyerda jamlangan. Siz o`z hisobotingizni mavjud andozaga solib yaratishingiz mumkin. Yozuv mashinkasida qog`ozga chegara qo`yish mumkin. Ushbu chegara qo`yilgan holda, karetka ma’lum joyga kelgach qatordan qatorda avtomatik ravishda o`tadi. Shunga o`xshash amallarni Wordda bajarish uchun Fayl menyusidan o`rin olgan Parametri stranitsi buyrug`ini ishlatish lozim:
Namoyon bo`lgan oynaning Polya qismida qog`ozga chegaralar (yuqori, quyi, chap, o`ng tomonlardan) qo`yiladi. Har bir darchaning yonida tepaga va pastga qaragan uchburchaklar mavjud. Ular mos ravishda
chegara enini oshiradi va kamaytiradi. Pereplyot darchasida muqovalash uchun joy qoldiriladi. Ot kraya do kolontitula qismida saifaning chetidan to saxifaning tartib raqami yozilishi kerak bo`lgan joygacha masofa ko`rsatiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling