World of Science April,Volume-6, Issue-4


Download 55.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.05.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1426051
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sulaymonov Shoirbek Bahodir o’g’li (1) (1)




World of Science

April,Volume-6, Issue-4
 
126
MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI TASHKIL QILISHNING 
HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI 
Sulaymonov Shoirbek Bahodir o‟g‟li 
Daniqulov Mirkamol Ravshan o‟g‟li 
Magistr, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‟yicha) talabalari 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida investitsion
faoliyatni tashkil qilish uning tashkiliy va huquqiy asoslarining mazmuni ularni qo‟llab 
quvvatlash va ularni O‟zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va investitsiya qonuni 
doirasida qo‟llab quvvatlash va yetarlicha shart- sharoitlar yaratib berish investitsiya va 
innovatsiyalarning asosiy maqsadlari haqida ma‟lumotlar keltirilgan. 
Davlatning investitsion faoliyati va investitsiya dasturlarini amalga oshirish o„ziga xos 
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiya kiritish muammolarini o‟rganish har doim 
iqtisodiy fanning diqqat markazida bo‟lib kelgan. Buning sababi shundaki, investitsiyalar 
iqtisodiy faoliyatning chuqur poydevorlariga ta‟sir qiladi va umuman iqtisodiy o‟sish jarayonini 
belgilaydi. Zamonaviy sharoitda ular milliy iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy inqirozni yengish, 
texnologik taraqqiyotni ta‟minlash, mikro va makro darajada iqtisodiy faoliyat sifat 
ko‟rsatkichlarini yaxshilashning muhim vositasidir. Shu bois ham hozirgi zamon bosqichida 
investitsiya fanining predmeti bo„lib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya fanini o„rganishda 
asosiy e‟tibor investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qulay muhit yaratish
investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini asoslash, investitsiyani boshqa moliyaviy 
kategoriyalar ichida tutgan o„rni, investitsiyalarni moliyalashtirishning mukammal shakllari 
bo„lgan lizing kreditlari va investitsiyalarni loyihalashni moliyalashtirish shakllariga
mamlakatda investitsiya muhitini yaratishga va hokazolarga katta e‟tibor berilishini talab etadi. 
Iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda investitsiya va unga ta‟sir etuvchi omillar, davlat 
investitsiya dasturini shakllantirish, kapital quyilmalarni mohiyati, ularni amalga oshirish va 
moliyalashtirish tartibi, investitsiya loyihalarini samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirish manbalari, ular tarkibida budjet, bank va boshqa moliyaviy institutlar 
resurslarini jalb etilishini dinamik holatini tahlil etish va ular bo„yicha talabalarga amaliy-
nazariy savollar yuzasidan bilim egallashlariga imkoniyat yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bu fanni o„rganishning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon talablaridan kelib 
chiqib investitsiyalarni jalb etilishini, iqtisodiy o„sishni ta‟minlashdagi ahamiyati doirasida 
ko„nikmalar hosil qilish bo„lib hisoblanadi. 
Investitsiya sohasida to‟plangan milliy va xorijiy tajribadan foydalanish va investitsiya 
faoliyatini tartibga solishning umumiy printsiplari, usullari va vositalarini ishlab chiqish zarur, 
bu esa ushbu faoliyatni O‟zbekistonda amalga oshirish uchun huquqiy normalar va 
qoidalarning umumiyligini tartibga soladi. Huquqiy baza yangi ilg‟or usullarni: moliyaviy lizing, 
loyihalarni kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish va boshqalarni joriy etish imkoniyatini 
yaratishi kerak. Samarali investitsiya tizimi bir vaqtning o‟zida davlat va investorlarning 




Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling