World of Science May,Volume-6, Issue-5


Download 487.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi487.82 Kb.
#1730881
  1   2
Bog'liq
Nasriddinova Nodira Olimjon qizi




World of Science

May,Volume-6, Issue-5
 
428
SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOHASI VA KASBGA MOSLASHISH 
Nasriddinova Nodira Olimjon qizi 
Yangiyer shahar 4-maktab psixologi 
Nasriddinov Rustam A‟zamkulovich 
Boyovut tumani 50-maktab psixologi 
Abduvoyitova Mavluda Abduazimovna 
Yangiyer shahar 8- maktab psixologi 
Annotatsiya.
Maqolada shaxsning ijtimoiy hayotidagi ichki hissiyotlar va irodasining 
roli, hissiyot va irodaning kasbiy faoliyatda tutgan o‟rni va jihatlari keltirilgan. 
Kalit so‟zlar: 
shaxs, hissiyot, iroda, kuchli hayajonlanish(stress),g‟azablanish, nafrat, 
ijtimoiy soha, kasbiy faoliyat. 
Shaxs – alohida individ,mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy va o‟zida yetuklik jihatlarini 
mujassamlashtirgan olam.Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‟z yo‟nalishi, tadqiqot obyekti va 
maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. 
Shaxs tushunchasi “yuz”, “soxta qiyofa” so‟zlaridan kelib chiqgan.Sharq tillarida (xitoy va 
yapon) shaxs tushunchasi odamning
yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan 
bog‟lanadi.Yevropa an‟analarida esa yuz va tana bilan birgalikda o‟rganiladi, chunki inson 
chehrasi ruhning timsolidir[1]. 
His-tuyg‟ular-kishining o‟z hayotida nimalar yuz berayotganiga,nimalarni bilib 
borayotganiga yoki nima bilan mashg‟ul bo‟layotganiga nisbatan o‟zicha turli xil shaklda 
bildiradigan ichki munosabatdir va bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda kasbiy faoliyatni
irodaviy boshqarish bilan birgalikda namoyon bo‟ladi. 
Iroda- bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvor tashkil etishning u 
tomonidan qo‟yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir[2]. 
Hozirgi kunda ijtimoiy hayotimizda biz oldimizga qo‟ygan maqsad va vazifalarimizga 
erishish uchun oldimizda juda ham ko‟p mashaqqatli yo‟l turganini ko‟ramiz.Va albatta shu 
ko‟zlangan maqsadlarimizga erishish uchun har bir shaxsda mavjud hissiyot va irodamiz orqali 
yetishimiz mumkin.Kundalik hayotimizda ham kasbiy faoliyatimizda ham hissiyot va iroda 
juda muhim ro‟l o‟ynaydi.Har bir insonda bu ichki munosabatlar turlicha.Ba‟zi bir shaxslarda 
ichki hissiyotlar kuchsiz va tashqi tarafdan qilinayotgan munosabatlar ularga ta‟sir etishi, 
ularning shaxsiy hayotlarida, kasbiy faoliyatlarida ham yaqqol namoyon bo‟ladi.Bunday 
insonlar shaxsiy hayotlarida ham ish faoliyatlarida biron bir natijaga erisha olmaydilar,chunki 
ular psixologik jihatidan irodasizdirlar,bu ish ular uchun foydasiz va samarasiz deb 
hisoblaydilar.Bunday toifaga oid insonlar hamisha qo‟rqoq bo‟lishadi.Ular faqat bu ish 
natijasini men bajara olmayman deb o‟ylashadi.Shaxslarning bunday hissiyotlari va irodasi 
kuchsiz bo‟lishiga ma‟lum sabablarni misol tariqasida ko‟rishimiz mumkin:yoshlik davrida 
ularni turli xil misollar bilan qo‟rqitishgan,boshqalarning ishlari yoki ularning erishayotgan 
yutuqlari bilan ruhiy sindirish tufayli bular shunday bo‟lib qolishgan. 
Irodasiz shaxslarning bunday kamchiliklari kasbiy faoliyatida ham sezilarli darajada 
bilinib 
turadi.Kasbiy 
faoliyat 
davrida 
ular 
hamkasblari 
bilan 
uzviy 
aloqada 




Download 487.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling